Jilvirlash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Mashina-mexanizmlarning detallarida yuqori aniqlikdagi yuzalar
liosil qilish va bundan oldingi ishlov berishda yuzaga kelgan mayda
notekisliklami - taroqchalami kesib tashlash uchun ishlov berish usuli
pardozlash deb ataladi.
Ishlov berishning pardozlash usullari aniq shaklli detallar hosil
qilishga, yuzalar tozaligini 7 dan 14-sinfga yetkazishga, 1 va 2-aniqlik
sinfdagi o‘lchamlar hosil qilishga imkon beradi. Pardozlab ishlov
berishning: ishqalab moslash (pritirlash), xoninglash, superfinishlash
va jilolash kabi usullari keng qo'llaniladi.
Ishqalab moslash (yoki o‘lchamiga yetkazish) shundan iboratki,
bunda pritir va mayda donali erkin abraziv yordamida suyuq moy muhitida tanavoming ishlov beriladigan yuzasidan metall zarrachalari qirqib tashlanadi. Pritirlar: kulrang cho‘yan, rangli metall va ulaming
qotishmalari, plastmassalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Ishqalab moslash uchun ishlatiladigan abraziv materiallar: tabiiy
korund, elektr-korund, donadorligi 5-16 mk bo‘lgan kremniy karbidi,
GIO pastasi (76 % xrom oksid, 22 % stearin, 2 % kerosin), olmos
kukuni, bor karbidining kukuni. Ishqalab moslash (o‘lchamiga
yetkazish) uchun abraziv donalari o‘lchami detallaming ishlov beriladigan yuzalari g‘adir-budurligi va aniqligiga nisbatan qo‘yiladigan
talablarga qarab tanlanadi. Ishqalab moslash yo‘li bilan silindrik, yassi
va boshqa yuzalarga ishlov beriladi. Ishqalab moslash yuzaga
oldindan botirilgan abrazivli pritir yordamida, suyuq moy muhitidagi
erkin abraziv yordamida pritir bilan biriktirilgan juft detallaming
ishlov beriladigan yuzasi orasida kichikroq bosim hosil qilib, birbiriga ishqalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin; bu holda ikki
detaining bir-biriga tegib turadigan yuzalari orasiga abraziv kukuni
surtilib, ular o‘zaro ishqalanadi (masalan, klapan osti konuslarini
ishqalab moslash) va yuzalaming talab etilgan tozaligi hosil qilinadi.
Xoninglash usulida ochiq va berk silindrik va konussimon teshiklar
donadorlik raqamlari 4-6 bo‘lgan standart qayroq toshlar yordamida
pardozlanadi. Amalda xoninglash usulidan aylanish jismlarining
tashqi silindrik va konussimon yuzalariga, masalan, tirsakli val
bo‘yinlariga, shuningdek, tekis va shakldor yuzalarga pardoz berishda
foydalaniladi. Xoninglashda xon deb ataladigan maxsus asbob
korpusiga abraziv brusoklar joylanadi. Ishlov beriladigan yuzalarga
qarab, brusoklar xoninglash kallagining tashqi yoki ichki yuzalariga
o‘matiladi va mahkamlanadi. Xoninglashda elektr-korund brusoklar
(po‘latga ishlov berishda) va kremniy-karbid brusoklari (cho‘yanga va rangli metallaming qotishmalariga ishlov berishda) ishlatiladi.
Xoninglash bmsoklari metall bog‘lovchili mayda olmoslardan ham tayyorlanadi. Olmos brusoklaming turg‘unligi abraziv brusoklamikiga
qaraganda 1 0 0 - 1 2 0 baravar yuqori bo‘ladi va ular yuqori unumli,
ishlov berilgan yuzaning aniq va toza chiqishini ta’minlaydi.
Xoninglash jarayonida xon ishlov berilayotgan tanavor o‘qi
bo‘ylab bir vaqtning o‘zida ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytar
harakat qiladi. Xon 45-65 m/min tezlik bilan aylanadi, ilgarilanma qaytar harakat tezligi esa 10-20 m/min bo‘ladi. Xoninglash uchun
qoldiriladigan qo‘yimning qalinligi ishlov beriladigan materialga
qarab 0,01-0,08 mm ni tashkil etadi.
Xoninglangan yuzaning tozaligi 12, hatto 13-sinfga, aniqligi esa 1 va 2-sinfga to‘g‘ri keladi. Xoninglash vaqtida sovutish suyuqligi ko‘p
(50 //min gacha) berib turiladi. Sovitish suyuqligi sifatida 80-90% kerosin va 2 0 - 1 0 % mashina moyidan iborat aralashma ishlatiladi.
Superfinishlash - ishlov beriladigan detalda juda toza yuza hosil
qilish uchun maxsus golovka yordamida mayin abraziv bilan o‘lchamiga yetkazishning bir turidir. Buning uchun oq elektr-korunddan,
yashil kremniy karbididan keramik yoki bakelit bog‘lovchi asosida tayyorlangan abraziv brusoklar ishlatiladi. Brusoklaming donadorligi,
standartga ko‘ra, 3-5 mk bo‘ladi. Ushbu usuldan toblangan po‘lat, toblanmagan po‘lat, cho‘yan, rangli metallar va ulaming qotishmalaridan tayyorlangan detallarning doirasimon, yassi, konussimon
(ko‘pincha tashqi); yuzalariga ishlov berishda foydalaniladi. Tanavor superfmishlanishdan oldin jilvirlanishi kerak. Superfinishlashning
mohiyati shundan iboratki, bunda abraziv brusoklar aylanayotgan
tanavor yuzasi yoki golovka bo‘ylab minutiga 5-15 m tezlik bilan
ilgarilanma-qaytar harakatlanadi, shu bilan birga, chastotasi minutiga
2 0 0 dan 2 0 0 0 ta gacha qo‘sh yurish va amplitudasi 1 - 6 mm bo‘lgan
tebranma harakatda bo‘ladi, brusoklaming siljish tezligi
0 , 1- 1,1 m/min ga teng.
Superfinishlashda ishlov berilayotgan yuza ozgina kuch bilan
siqiladi, buning natijasida tanavor qizimaydi va uning yuza qatlami
juda oz darajada deformatsiyalanadi.
Detaining ishlov berilgan yuzasi pardozlangandan keyin tozaligi
14-sinfga to‘g‘ri keladigan ko‘zgudek yaltiroq yoki xiraroq chiqadi.
Moylash-sovitish suyuqligi sifatida 5-10 % mashina moyi
aralashtirilgan kerosin ishlatiladi.
Jilolash dastgohlari. Jilolash dastgohlari ham sanoat korxonalarida turli jarayonlami bajarish uchun ishlatiladi, jilolash dastgohlari
detallar oichamlarining aniqligiga rioya qilmay, chiroyli, yaltiroq
yuza hosil qilish; detallarni pardozlash, shuningdek, xromlangan,
nikellangan va boshqa materiallar bilan qoplangan yuzalami
yaltiratish uchun ishlatiladi.
Jilolashda har xil ip gazlama, namat, fetr va kigiz qoplangan
yumshoq doiralardan foydalaniladi. Jilolovchi material doira sirtiga jilolash pastasi (vena ohagi yoki xrom oksidi aralash pastalar, shuningdek GOI pastalari tarzida surtiladi). Jilolashda jilo beruvchi doiraning tezligi 35 m/s ga yetadi.
Detallami abraziv donalari aralashtirilgan suyuqlik bilan ham
jilolash mumkin. Bu holda suyuqlikka yaxshilab aralashtirilgan mayda
abraziv donalari ishlov beriladigan yuzaga 80 kN/m2 bosim ostida
purkaladi, bunda abraziv donalari yuzani tekislaydi va g‘adirbudurligini kamaytiradi. Bu usul istalgan shakl va o‘lchamdagi
shakldor yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llanilishi mumkin. Odatda,
suyuqlik (suv) dagi abraziv donalari miqdori massa bo‘yicha 30-40 %
Do'stlaringiz bilan baham: |