2.6-chizma. V simon sakkiz silindrli ЗШ1-130 dvigatelining tirsakli vali:
7-pcsangi; 2-tiqin (zaglushka); 3-ho‘yin bo'shligi; 4-maxovik mahknmlanadigan teshik; 5-bo‘yinlarga moy jo'natiladigan parmalangan kanal.
Agar shatun bo'ynining ikki tomonida ham o'zak ho‘yni joylashgan bo'lsa, bunday vallar to‘la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To'la tayanchli val ( 3M3-24, 3M3-53, ЗИЛ-130, КамАЗ-740) kam egiladi, shu bois podshipniklaming ishlash sharoiti yaxshilanadi hamda xizmal muddati ortadi.
Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chas- totasi 3000 - 4000 min 1(yuk avtomobillarida) va 4500 - 6000 min-1 (yengil avtomobillarda) boiadi. Shutting uchun shatun boyinlariga, jag'larga va shatunning pastki kallagiga ta’sir etuvchi katta miqdordagi inersiya kuchlari hosil boMadi. Bu kuchlar podshipniklarga ta'sir etib, ularning yeyilishini tezlashtiradi. O'zak podshipniklarini markazdan qochma kuchlar ta’siridan bo'shatish uchun tirsakli valning shatun bo'yinlari qarshisidagi jag'larda joylashgan pnsangilar (7) (2.2-chizmaga qarang) xizmat qiladi.
Valning o'zak va shatun bo'yinlari bir-biri bilan o'zak podshipnik- laridan shatun podshipniklariga шоуyuborish uchun xizmat qiluvchi jag'larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo'yinlarining ichi kovak ho'ladi yoki bo'lmasa ularni parmalab bo'shliq- kirtutgich hosil qilinadi. Moydagi og'ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo'lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta'sirida moydan ajralib, kirtutgicb devorlariga yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin (6) sug'urib olinib, kirtutgich tozalanadi.
Tirsakli val issiqlikdan erkin kengayishi uchun (karterga nisbatan) uning o'q bo'ylah siljishi nazarda tutiladi. Bu siljishni chegaralash uchun po'lat tirak shayba (16) (2.2-chizmaga qarang) va oldingi o'zak podshipnigining ikki tomoniga joylashtirilgan, bir yoniga babbit yoki COC-6-6 qotishmasi qoplangan po'lat shaybalar (17) ishlatiladi.
O'zak podshipniklari ichqo'ymalarining konstruksiyalari (2) ham xuddi shatun podshipniklari ichqo'ymalariga o'xshash bo'ladi. Yuqorigi ichqo'yma karterning yuqori qismidagi taglikka, pastki ichqo'yma esa o'zak podshipnigining qopqog'iga (5, 9, 11) o'matiladi.
O'zak podshipniklari qopqoqlari silindrlar bloki bilan birgalikda yo'naladi. Shuning uchun dvigatelni yig'ish paytida ular faqat o'z joyiga, holatini o'zgartirmasdan mahkamlanadi.
Karterdan moy chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy qaytargich va salniklar (7) (2.1-chizmaga qarang) o'rnatilgan. Moy qaytargichlar tirsakli val bilan yaxlit holda yoki alohida detal ko'rinishida tayyorlanadi. Masalan, ЭИЛ-130 dvigatelida tirsakli valning old qismiga rezina salnik o'rnatilgan, orqa qismi esa ketingi o'zak podshipnigi (moy to'kish uchun teshigi bolgan) ichqo'y- masida joylashgan drenaj ariqchaga (28) (2.2-chizmaga qarang), moy tashlovchi taroqqa (27), moy haydovchi spiralsimon ariqchaga (26), asbestga to‘ldirilgan salnikka (25) va orqa oLzak podshipnigi qopqog‘i (5) ostidagi rezina zichlagichlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |