Shorti, short – ingl. (short – qisqa, kalta) – aslida erkaklarning
trusiksimon kalta shimi, bu yerda tizzadan yuqori darajagacha
qisqartirilgan shim ma’nosida. Umuman olganda, eng kalta shim –
bu shorti.
96
bo‘rttirib ko‘rsatuvchi geometrik – katak-katak va yo‘l-yo‘l rasmlar
ommabop bo‘lgan. 1934-yillarda esa E.Moline, Meynboxer
va Nyu-yorklik mo delyer Valentinalar sharofati bilan modaga
Uzoq Sharq uslubi – kimono yenglar, bambukdan yasalgan
tugmachalar, konussimon poxol shlyapachalar kirib keldi.
1930-yillar ikkinchi yarmining yozgi modellarida «alpiycha»
(«Bavarcha» yoki «Tirolcha» degan nom bilan ham atalgan)
va «Lotin Amerikacha» mavzudagi folklor uslubi ommalashdi.
Yozgi modada bunday ko‘ylaklar 1950-yillar oxirigacha
saqlanib kelgan.
«Bavarcha» moda o‘rniga ba’zi mamlakatlarda «Lotin
Amerikacha» uslubdagi yorqin rangli, keng, qo‘shetak yubkali
ko‘ylaklar, keng soyaboni gullar bilan bezatilgan poxol
shlyapachalar taklif etilgan.
1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab esa modada
istorizm
1
(neoviktorian uslubi yoki neoromantik uslub) ustun
kela boshladi.
1939-yilda Ikkinchi jahon urushining boshlanishi nafaqat
dunyoning qiyofasini, dunyo bilan birga modaning ko‘rinishini
ham o‘zgartirib yubordi. Ayollar ishlay boshlashdi, moda esa
amaliy jihatdan qulaylik tomonga yuz tutdi. Harbiy forma kirib
kelishi bilan bu jihat, ayniqsa, kuchaydi.
Matolar va kiyim taqchilligi ko‘pchilikni tikish bilan
shug‘ullanishga majbur etdi. Urush paytida eski kiyimdan
qanday qilib boshqa kiyim tikish, shlyapani qanday yangilash,
sviterni qanday to‘qish haqida – «Boricha epla va tuzat»
shiori ostidagi tavsiyalar ko‘plab broshyura va jurnallarda
berib borildi. Kiyimlarni sochiqlardan yostiq jildlaridan, mebel
chexol (qoplama)laridan, gardinlardan tayyorlandi.
1
Istorizm – 1) tarixiylik prinsipi (har bir narsa yoki hodisaga
tarix nuqtayi nazaridan, tarixiy jihatdan yondashish; 2) san’atda:
o‘tmishga (tarixga) berilish.
97
«Utiliti»ga o‘xshash rejalar qator boshqa mamlakatlarda
ham qabul qilingan va ulardagi ba’zi bandlar Ikkinchi jahon
urushi tugagandan so‘ng ham 4–5 yilgacha bekor qilinmagan.
Nemis armiyasi Parijni ishg‘ol qilgandan keyin amerikalik
modelyerlar Yevropa modasidan o‘zlarini (alohida) mustaqil
his eta boshladilar, chunki taslim bo‘lgan Parijning modasi
ommabop bo‘lmay qolgan, Britaniya bilan esa bog‘lanish,
aloqa qilish qiyin edi. 1940-yil iyundan 1941-yil dekabrgacha
amerikalik model yerlar (masalan: «Valentina» modalar uyi,
Charlz Djeyms, X. Karnegi) go‘zal va o‘ziga xos to‘plamlar
yaratdilar
Urush yillarida modada amerikacha uslub shakllandi.
Amerikalik modelyerlar o‘z an’analariga suyanib ajoyib shakllar
yaratishga harakat qildilar. Jurnallar kovboylar, yovvoyi g‘arb
pionerlari kiyimlari va (lotin) janubiy amerikacha «kantri
end vestrn», «quyoshli Kaliforniya modasi», «gavay uslubi»,
«kaktuskantri», «meksikacha uslub» kabi amerikacha uslublarni
reklama qilardilar. Jinsi, kovboylar ko‘ylaklari, futbolkalar
yoshlarbop kiyimga aylandi. Shu bilan birga AQSHdagi
urushdan so‘nggi davr yoshlari modasiga urush paytida asos
solindi.
Urush paytida birinchi yoshlar antimodasi vujudga keldi.
AQSHda uni qoratanli va lotinamerikalik o‘smirlar yaratishdi,
ular o‘zlarini «Oq Amerika» qatnashayotgan urushga daxlsiz
deb hisoblashgan. Bu antimoda ularning irqchilik jamiyatiga
qarshi noroziligini ifodalardi. Nyu-Yorkdagi Garlem yoshlari
esa «zut» kostumi – uzunligi tizzagacha bo‘lgan keng
pidjaklar, beli burma shimlar kiyib, och rangdagi bo‘yinbog‘lar
taqib, sochlarini uzun qilib yurishgan (askarlarning kalta soch
uslubiga teskari). «Zut» uslubi jazmenlar orasida keng yoyildi,
uni Lui Armstrong va Dizzi Gillespi ham kiygan. Bu antimoda
1943-yilda avj oldi. AQSHda «zut» kostumi 1950-yilgacha
saqlanib qoldi.
98
«Moda teatri». Ikkinchi Jahon urishi paytida Parij modasiga
yana e’tiborni jalb etish maqsadida «Moda teatri» loyihasi
amalga oshirildi, unda barcha moda uylari qatnashdilar. To‘liq
kolleksiya (to‘plam) yaratish uchun gazlamalar yetishmas edi.
Shunda qo‘g‘irchoqlar o‘lchamida kolleksiya qilish g‘oyasi
paydo bo‘ldi. Bu loyiha – «Moda teatri» deb nomlandi.
1945-yilda bahor – yoz kolleksiyasi 68,5 sm balandlikdagi
200 ta qo‘g‘irchoq orqali ko‘rsatildi. Bu qo‘g‘irchoqlar uchun
moda uylarining har biri palto, kostum, kunduzgi va oqshom
ko‘ylaklari modellarini tayyorlashdi, oldingi kolleksiyalardan
qolgan gazlamalar ham ishlatildi va maxsus gazlamalar
to‘qildi. Har bir qo‘g‘irchoq uchun ipakdan ichki kiyimlar,
shlyapalar, oyoq kiyimlari, sumkalar, taqinchoqlar tayyorlandi.
1945-yil 17-martda ochilgan bu ko‘rgazmani 100 mingdan
ortiq odam kelib ko‘rdi, keyin ko‘rgazma Yevropa va AQSH
bo‘ylab turnega jo‘nab ketdi. Bu ajoyib g‘oya urush vaqtida
o‘z ta’sirini yo‘qotgan fransuz modasiga yana e’tiborni jalb
etdi.
Lekin haqiqiy o‘zgarishlar faqat 1947-yil fevralida sodir
bo‘ldi, aynan shu paytda urushdan so‘nggi moda yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |