Birinchi jahon urushi davrida liboslardagi o‘zgarishlar.
XX asr ommaviy modadagi tub o‘zgarishlar Birinchi jahon
urushi (1914–1918) davriga to‘g‘ri keldi. Shu vaqt mobaynida
Avstriya – Vengriya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Fransiya,
Angliya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Amerika
Qo‘shma Shtatlari o‘zaro urushishgan. Bu urush yangicha
tarixdagi burilish nuqtasi bo‘lib, nafaqat Yevropaning siyosiy
xaritasini, balki hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborgan.
Urushda qatnashayotgan mamlakat lardagi 74 mln. dan ziyodroq
harbiy xizmatga chaqirilgan erkaklar harbiy forma kiygan.
Xaki
1
rangi urush timsoli bo‘lib qolgan. Uniforma nafaqat o‘sha
davrning ommaviy liboslariga, balki butun XX asr modasiga
1
Xaki – hind.< fors. (zahil, tuproq rang < hak – tuproq, yer) –
qo‘ng‘imtir-yashil rang (himoya rangi deb ham nom olgan) yoki shu
rangdagi mato. Harbiylarning shu rangdagi formasini ham ba’zan
xaki deyishadi.
90
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan – harbiylar kiyimidagi ko‘p elementlar
kundalik liboslariga kirib kelgan.
Urush paytida erkaklar jang qilayotgan bo‘lsa, ayollar
frontga ketgan erkaklarning o‘rnini bosishga majbur edi. Tarixda
birinchi marta ayollar gospital, fabrika, harbiy zavodlarda ishlay
boshlashgan, tramvay haydovchi, xat tashuvchi, chiptachi
bo‘lib xizmat qilishgan. Xayr-ehson maqsadida oqsuyak
xonimlar (yuqori tabaqadagi ayollar) muhtojlarga yordam
berib, kasalxonalarda hamshiralik qilganlar, ularning oqsochlari
esa ish haqi kattaroq bo‘lgani va hech bo‘lmaganda maxsus
kiyim berilgani sababli harbiy zavodlarga ishga kirgan.
Ayollar birinchi marta uniforma: xizmatchilar – kombinezon,
pochtachi va chiptachilar – kaltalashtirilgan etagi keng yubka,
forma kurtkalari bilan furajka, hamshiralar – qizil xoch chizilgan
oq ro‘mol bilan oq yoki kulrang xalat kiyganlar.
Serharakat hayot tarzi, oziq-ovqat, yoqilg‘i va mato
tanqisligi nisbatan qulay kiyim kiyishni taqozo etar edi. Aynan
Birinchi jahon urushi davrida shakllangan libos ayollarning
XX asrda kiyiladigan libosi qanday bo‘lishini belgilab
berdi. Ya’ni, yubkalar kaltalashdi; korset va «bedanaqadam»
yubkalardan voz kechildi; murakkab soch turmaklari, katta
hajmdor shlyapalar barham topdi. Ularning o‘rniga harbiylar
forma kiyimidan olingan funksional detallar – frenchlarnikiga
o‘xshash qay tarmali yoqalar, «stoyka aviatora» deb atalgan
baland tik yoqalar, qoplama cho‘ntaklar keng rusum bo‘la
boshladi. Asr boshi modasidagi ayollar libosi uchun odatiy
bezaklar (kashta, applikatsiya, nafis to‘rlar) esa kundalik
kiyimdan yo‘qolib ketdi. Sovun yetishmasligi va tif
kasalligining tarqalishi sochlarni kalta qirqishga majbur qildi.
Deyarli barcha korxonalar harbiy buyurtmalarni bajargani
sababli tinch aholi uchun gazlama, poyabzal va shu kabilar
yetishmas edi. Ko‘pchilik harbiy formani o‘zgartirib, o‘ziga
libos tikishga majbur edi.
91
Qo‘lda to‘qilgan trikotajdan jaket, kardigan, jemper, sharf
va qalpoqlar modaga kirib keldi. Erkaklar libosidagi boshqa
elementlar – getralar, fetr shlyapalar, kashne – sharflar ham
keng tarqaldi. Ichki kiyim ham ancha soddalashdi: byustgalter
va uzun paypoq uchun belbog‘lar korsetlar o‘rnini tamomila
egalladi. Korsetlardan voz kechilishi beo‘xshov keng ko‘ylak
va jaketlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Oliy moda ham urush davri talabiga bo‘ysunishga majbur
bo‘lgan, hatto P. Puare ham harbiy buyurtmalar bo‘yicha
ishlagan. Boshqa Moda Uylari – «Paken», «Vort», «Doye»,
«Lyusil» kabilar taklif qilgan kundalik liboslarda harbiy kiyim
ta’siri sezilib tursa-da, ammo bashang liboslarda urushgacha
moda bo‘lgan kiyim elementlarini – jig‘ali sallasimon bosh
kiyimlar, sharqona uslubdagi (bel chizig‘i ko‘tarilgan, lekin
avvalgiga nisbatan kengroq va kaltaroq yubkali) ko‘ylaklarni
ko‘rish mumkin edi.
Urush davriga Koko Shanelning ham modali kiyim
yaratuvchisi sifatida ilk yutuqlari to‘g‘ri kelgan. Boshqa
kutyuryelar mato tanqisligini sezayotgan bir paytda u o‘z
korxonasini yana ham kengaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Shanel
1913-yili Dovill kurort shahrida ochilgan korxonasida dam olish
uchun sport uslubidagi liboslarni yarata boshladi. U yaratgan
sodda bichimli oddiygina ko‘ylak va kostumlar urush paytida
xaridorgir bo‘lgan. Birozdan so‘ng Shanel o‘z korxonasini
Byaritss shahriga ko‘chirib, oliy Modalar Uyini ochadi va
mijozlariga o‘sha davrda ustki kiyim uchun g‘ayrioddiy
material – trikotajdan tikilgan liboslarni taklif etadi.
Birinchi jahon urushi tugagandan so‘ng qulayroq kiyimga
bo‘lgan ehtiyoj yubkalarning yanada kaltalashuviga olib keldi.
1925-yilga kelib yubkalar qisqarib tizzagacha, 1927-yilda esa undan
ham balandroq ko‘tarilgan. Erkaklar shimi ayollar garderobiga
asta-sekin o‘rnasha boshladi. 20-yillar iqtisodiy rivojlanish davri
bo‘lib, Yevropa urush qiyinchiliklaridan so‘ng o‘ziga kelayotgan,
92
g‘olib mamlakatlar g‘alaba nashidasini surayotgan davr edi. Kalta
kechki ko‘ylaklar tong otguncha raqs tushishga xalaqit bermagan,
ularning etagidagi mayda ipak yoki munchoq-biser
1
lardan terilgan
shokilalari modali raqslarning o‘ziga xos plastikasi va ritmini
ta’kidlagan, mustahkam poshnali va qulay tasmali poyabzal
charchamasdan raqs tushishga xizmat qilgan.
Korsetlardan voz kechilishi orqa qismi ochiq ko‘ylaklarning
(1918-yilda P.Puare birinchi bo‘lib namoyish etgan) moda
bo‘lishiga olib kelgan bo‘lsa, yubkalarning kaltalashuvi tana
rangidagi paypoqlarning ommalashuviga olib keldi.
1920-yillarda sportga qiziqish ham o‘sib bordi. Tex-
nikaga sig‘inish modabop libosga avtomobil va samolyot
haydovchilarining professional kiyimlaridan olingan funksional
elementlarning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. 1919-yilda aynan
sport kiyimi va faol dam olish uchun mo‘ljallangan liboslarga
ixtisoslashgan «Jan Patu» nomli Oliy Modalar uyi ochildi.
Sport libosi elementlari ham kundalik kiyimlarga kirib kela
boshladi. Norasmiy sharoitda erkaklar pidjak o‘rniga trikotaj
kardigan va pulover kiyishni boshladilar. O‘rtacha kenglikdagi
mumtoz bichimli shim o‘rniga esa «golf-shimlar» yoki paxmoq
«oksford shimlari» kiyilardi. Umuman olganda, kiyinishdagi
avvalgi qat’iy talablardan voz kechish boshlandi – silindr
va «kotelok»lar kepi yoki yumshoq shaklli shlyapa bilan
almashtirildi, issiq kunda norasmiy sharoitda pidjaksiz yolg‘iz
ko‘ylakda yurish mumkin bo‘ldi. Erkaklarning bashang kiyimi
sifatida smoking
2
kirib keldi.
1
Biser – arabcha – mayda don, donacha, zarracha; kashtachilikda
qo‘llaniladigan shisha yoki metalldan yasalgan, igna yoki ip o‘tishi
uchun o‘rtasi teshilgan munchoqlar.
2
Smoking – ingl. [smoking – jacket] – dastlab uy ichida kiyish
uchun, aniqrog‘i, tamaki chekish paytida kiyishga mo‘ljallangan
shoyi xalat. Uning uzun adip qaytarmali yoqasi sirti silliq atlasdan
bo‘lgan. Keyinchalik shakli va matosidagi o‘zgartirishlar hisobiga
erkaklarning oqshom libosi sifatida kiyilishni boshladi.
93
Trikotaj kundalik kiyimlar uchun eng modabop ashyoga
aylandi. Jun yoki ipak trikotajdan jemper va puloverlarni,
trikotaj kardiganlarni, to‘qilgan shapkacha va sharflarni
nafaqat erkaklar, ayollar ham kiyar edilar. Bunday buyumlar
hozirgi kungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi uchun,
ularni libosdagi o‘ziga xos klassika darajasiga ko‘tarish
mumkin.
Bu orada tayyor liboslar ishlab chiqarishning faol rivojlanishi
boshlandi. Bu esa, o‘z navbatida, murakkab bo‘lgan tikish
texnologiyasi va libos konstruksiyasining soddalashtirilishini
talab qilardi.
Tikuv korxonalarining tayyor kiyim mahsulotlari ommalashib
borishiga qaramay, modani Parijdagi yuksak Modalar Uyi
shakllantirar edi. Aksariyat kutyuryelarning modellari shu
davrda eng zamonaviy hisoblangan «ar-deko» uslubiga
monand bejamdorlik, serhashamlik bilan ajralib turardi. Faqat
ikkita modelyer prinsipial o‘zgacha g‘oyani taklif etdi. Ilk bor
rassom-modelyerlar oldida «modadan tashqari» libos yaratish
vazifasi turar edi. Bunday g‘oyalarni libos modellashtirishdagi
o‘ziga xos inqilob desa bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak,
aynan ayol modelyerlar bu g‘oyani ilgari surdilar. Bular Madlen
Vionne va Koko Shanel edi.
1929-yilning oktabrida Amerikada ro‘y bergan bank tizimi
inqirozi tufayli butun dunyo iqtisodiy inqirozi boshlandi.
Shu sababli boshlangan «Buyuk (Katta) depressiya» XX asr
1930-yillarining birinchi yarmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi: pul
qadrsizlandi; hissadorlik jamiyatlari kasodga uchradi; ko‘p
korxonalar yopilishi evaziga ishsizlik o‘sdi. 1930-yillar modasi
amaliy, bosiq, vazmin va demokratik bo‘lishga majbur edi.
O‘zining boyligini ko‘z-ko‘z qilish salkam beadablik hisoblana
boshlandi.
Elegant oddiylik, o‘ziga xos bilinar-bilinmas «shik»,
avvalo, elitar mijozlar uchun yaratilar edi. Bir paytning
94
o‘zida 1930-yillar libos dizaynining rivojlanishida o‘ta muhim
va sermahsul davr bo‘ldi – kiyim modellashtirishda yangi
g‘oya va konsepsiyalar paydo bo‘la boshladi. Inqirozga
qaramay yangi Moda uylari ochildi: 1930-yilda «Meynboxer»,
1932-yilda «Nina Richchi», 1933-yilda «Rober Pige» va
«Aliks», 1935-yilda «Elza Skyaparelli», 1937-yilda «Jak Fat»,
«Jan Dusse», «Kristobal Balensiaga». Ba’zi kutyuryelar ilk
bor tayyor kiyim kolleksiyalarini yaratishga urinib ko‘rishdi.
Jumladan, Koko Shanel tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi firma
bilan hamkorlik qilgan; 1933-yilda J. Xeyn; 1934-yilda esa
L. Lelong kabilar tayyor ko‘ylak termalarini chiqarishgan.
Bichimi say
qallanishi va murakkablashuvi evaziga tayyor
kiyimning sifati orta boshladi. Bu narsa, ayniqsa, ommaviy
modani shakllantiruvchi Gollivud va pochta orqali kataloglar
yordamida millionlab modellarni sotuvchi firmalar faoliyati
tufayli, AQSHda sezilarli edi.
1930-yilda modaning demokratlashuvi davom etdi: oddiylik,
qulaylik va ratsionallik – bu sifatlarni ommaviy moda eng ko‘p
baholar edi.
Ayollar libosiga erkaklar kostumining ta’siri hamon sezilib
turardi. Ayollar shimi sport va uy ichi kiyimi sifatida keng
tarqalib ommaviylashgan.
Libosdagi demokratlashuv ansambl tushunchasiga tegishli
edi: u haqidagi avvalgi tasavvur xarajattalab bo‘lgani uchun
inqiroz davri uchun noo‘rin edi. 30-yillar modasidagi
ansambl uni tashkil etuvchi kostum barcha elementlari
rangining o‘xshashligi (mushtarakligi) bilan emas, balki
aksessuarlar: shlyapa, sumkacha, poyabzal, qo‘lqoplar hisobiga
mujassamlangan. Iloji boricha bu to‘ldiruvchilarning bir xil
rangda bo‘lishi nazarda tutilgan. Bunday garniturni (odatda,
qora yoki jigarrangda, yozda esa – oq) ixtiyoriy ko‘ylak yoki
kostum bilan kiyish mumkin edi.
95
Moddiy qiyinchiliklar tufayli qimmatbaho ziynatlarni hech
kim sotib olmagani uchun, modada arzon bijuteriya keng
tarqaldi.
Erkaklar modasiga aksincha, konservativlik – asr boshidagiga
o‘xshash fraklar qaytib keldi. Gollivudda esa fraklar o‘sha davr
kinoaktyorlaridan eng eleganti hisoblangan Fred Astor tufayli
urf bo‘ldi. Ommaviy modada erkaklar uchun belga yopishib
turuvchi keng yelkali pidjak va qaytarma pochali shimdan
tashkil topgan standart kostumlar keng yoyildi.
Sport kiyimi haqiqiy dam olish kiyimiga aylandi. Tennis
va yelkan ostida suzish kabi yozgi sport turlarining rangi –
oq rang 1930-yillarning birinchi yarmida eng ko‘p urf bo‘lgan
ranglardan edi. Sport kiyimining o‘zida ham o‘zgarishlar ro‘y
berdi: u kaltalashdi va nisbatan qulaylashdi. Ham ayollar, ham
erkaklarning sport bilan shug‘ullanish uchun kiyimi sifatida
shorti
1
lar keng tarqaldi.
Trikotaj va undan tikilgan buyumlar: sviter, kardigan,
jemper, puloverlar o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan edi. Kundalik
libosga yozgi oyoq kiyimni sport kiyimidan olingan kalta oq
paypoqchalar bilan kiyish usuli kirib keldi.
Ilk bor yoz paytida norasmiy sharoitda ayollar chulki
(kapron paypoq) kiymasliklari mumkin bo‘ldi.
Yangi urushga tayyorgarlik ko‘rilishi shu davrdagi
zamonaviy libosda harbiylar kiyimi ta’sirining kuchayishiga
olib keldi: jaketlarda charm belbog‘lar paydo bo‘ldi, charm
palto va trenchkotlar, to‘ldiruvchilar sifatida hatto oqshom
liboslarida ham pilotkalar modaga kirib kela boshladi.
1930-yillarning birinchi yarmidagi kundalik liboslarda, ay-
niqsa, ko‘ylaklarda, qiyalama bichimning konstruktiv chiziq larini
1
Do'stlaringiz bilan baham: |