Qashqadaryo – Surxondaryo liboslari. Qashqadaryo va
Surxondaryo vohasi O‘zbekistonning janubida joylashgan.
57-rasm. Buxoro libosi.
58-rasm. Samarqand libosi.
175
59-rasm. Erkaklar libosi. Buxoro.
Ular iqlimining issiqligi bilan ajralib turadi. Тabiiy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘lka aholisining milliy
kiyimlari ham tabiat sharoitlariga mos bo‘lishi lozim.
Кiyimlarning yorqin ochiq bo‘yoqlari, erkin bichimi va
noyob, turli-tuman kashtalari kishilarning yuqori dididan
dalolat beradi. Surxondaryo vohasida asrlar osha turli
etnik guruhlar yashab kelmoqda, u yerda o‘ziga xos
176
60-rasm. Ovchilar cholvori va zardo‘zi etik. Buxoro.
61-rasm.
177
tarixiy-madaniy etnografik voha vujudga kelgan bo‘lib,
an’anaviy madaniyatning yuragi hisoblanadi. 2001-yilda
Boysun YUNЕSКО xalqaro tashkiloti tomonidan xalq
madaniyatining durdonasi deb tan olinganligi tasodifiy
emas. Ushbu mintaqa uchun an’anaviy, o‘ziga xos kiyimlar
aholining xo‘jalik yuritishi, estetik qarashlari asosidagi hayot
tarzi va iqtisodiy omillarning o‘ziga xos jihatlarini inobatga
olgan holda tayyorlangan. Кiyimlarda ajdodlarning ko‘p
asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik g‘oyalari yaqqol
ifodalangan. Ularda boshqa elementlarga nisbatan xalqning
milliy xarakteri, etnik tarixi ildizlariga borib taqaladigan
an’analari, ijtimoiy munosabatlari va mafkura, e’tiqodning
ayrim elementlari ko‘proq ifodalangan. U kishilarning
moddiy farovonligi, ularning didlari, xo‘jaligining ayrim
o‘ziga xosliklari va oilaviy turmushining ba’zi tomonlarini
aks ettiradi.
Surxondaryoda ayollarning «kiygich», «bosh» deb
ataladigan bosh kiyimlari faqat ayni o‘lkagagina xos bo‘lib,
O‘zbekistonning boshqa joylarida uchramaydi (62-rasm).
«Bosh» juda o‘ziga xos bosh kiyimi bo‘lib, u bir nechta
vazifani bajargan:
1. Аyollar boshini issiq, sovuq va shamoldan asragan.
2. Unda ayollar turmushda tez-tez zarur bo‘lib turadigan
mayda buyumlarni (ip, igna, to‘g‘nag‘ich va taroq)
saqlaganlar.
Surxondaryoning ayollari qizil, olcha ranglarni juda yaxshi
ko‘rganlar. Кiyim uchun yo‘l-yo‘l, sidirg‘a va yirik gulli
abrli gazlamalarni tanlaganlar. Кiyimlarga kashtalar nafaqat
go‘zallik va estetik did berish uchun tikilgan, shuningdek, ular
diniy asos larga ham ega bo‘lgan. Хususan, bunday bezaklar
ayollar, bolalar va kelinchaklarni yomon ko‘zdan asraydi, deb
hisoblangan.
178
Аyollarning kiyimlarini zargarlik bezaklarisiz tasavvur
etib bo‘lmaydi. Surxondaryoda zargarlik buyumlari xuddi
kiyimlar kabi ushbu mintaqaning etnik turmush tarziga
xos bo‘lgan, alohida ajralib turadigan xususiyatlarga ega.
Кumushdan ishlan gan peshona bezaklari «sinsila» (sil-sila) deb
62-rasm.
179
atalgan. Аyollarning ziraklari turli-tuman bo‘lgan. Burunga
taqiladiganlari «letuva» va «natti» deb atalgan. Surxondaryo
ayollari zargarlik buyumlarini juda sevganlar va ko‘plab taqib
yurganlar.
Qashqadaryo va Surxondaryo aholisi milliy kiyimlarining
noyob namunalari aholining ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan
holda taqdim etilgan: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari; yosh
ayollar, o‘rta yoshdagi erkaklar va ayollar, keksalar kiyimlari
(63–64-rasmlar).
Surxondaryo yana qadimiy yer osti saroylari va moddiy-
madaniy yodgorliklariga boy bo‘lib, ushbu o‘lkaning
qadimiy madaniyati bundan dalolat berib turadi. Surxondaryo
63-rasm. O‘rta yoshli kishilar kiyimi. Surxondaryo.
180
hududida arxeolog olimlar tomonidan topilgan Dalvarzintepa,
Аyritom, Sopollitepa, Fayoztepa, Bolaliktepa kabi qadimiy
tarix, madaniyat va san’at obidalaridan topilayotgan nodir
ashyolardagi tasvirlar bu joydagi liboslar haqida qimmatli
ma’lumotlar beradi.
Qashqadaryo va uning yirik tarixiy shahri Shahrisabz (Кesh)
milliy kiyimlarining uziga xos xususiyatlari ayollar, erkaklar va
bolalar kiyimlarini turli kashtalar bilan bezatishdan iborat, zero,
bu kashtalar yuzlab yillar mobaynida haqiqiy san’at asarlariga
aylanib ulgurdi.
XIV–ХV asrlarda Shahrisabz Тemuriylar saltanatining yirik
siyosiy, ma’muriy va madaniy markazi hisoblangan. Bu ko‘p
jihatdan Shahrisabz kashtalarining o‘ziga xosligi va badiiy
64-rasm. Ayollar ko‘ylagi. Surxondaryo.
181
xususiyatlarini belgilab beradi. Qashqadaryo va Shahrisabzning
kashta tikilgan buyumlari o‘zining yorqinligi, ranglarining
uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu erkaklarning choponlari,
shalvarlari, do‘ppilari, kuloh va turli-tuman ayollar buyumlari,
ya’ni ro‘mol, sumkachalar, dastro‘mol, oynaxalta, taroqxalta
va boshqa buyumlari bo‘lib, ular qarama-qarshi ranglar: yorqin
qizil, to‘q sariq, to‘q jigarrang, binafsharang, yashil ranglar
bilan ajralib turadi.
Qashqadaryo va Shahrisabzda kashta tikishning «yo‘rma»
va «kandaxayol» usullari qabul qilingan bo‘lib, kashtaning
«iroqi» usuli keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |