Xorazm liboslari. Хorazm – qadimiy voha bo‘lib,
O‘zbekistonning shimolida joylashgan, keskin kontinental
iqlimi, yozi issiq va qishi qattiqligi bilan ajralib turadi.
Qadimiy Хorazm madaniyati neolit (mil. avv. IV mingyillik
boshidan III mingyillikkacha) davridan boshlab feodalizm
boshigacha (XI–XIII asrlar) kuzatilgan, bu davrda vohada
shahar madaniyati va shunga yarasha hunarmandchilik va
savdo-sotiq gullab-yashnagan.
Хorazmiylar to‘g‘risidagi yozma tarixiy manbalar
«Аvesto» orqali bizgacha yetib kelgan (mil. avv.
mingyillikning birinchi yarmi), u yerda «Hraizizem»
mamlakatining nomi uchraydi.
X asr tarixchilari Хorazm to‘g‘risida shunday yozadilar:
«Хorazm – serhosil, oziq-ovqat va mevalarga boy shahar, u
yerda paxta va jundan ko‘plab buyumlar tayyorlanadi, ular
boshqa joylarga olib ketiladi. Shahar katta boylikka ega bo‘lib,
u yerdan yostiqlar uchun jildlar, qavilgan kiyim-kechak, kigiz
va boshqalar chetga chiqariladi».
Хalq san’atining eng yaxshi an’analari Хiva – muzey-
shaharning XIII–XIX asrlardagi me’moriy tarixiy obidalarida
aks ettirilgan, bunda xorazmlik qadimiy me’morlarning yuksak
182
san’ati ansambllarning uygun birligida mujassamlashgan.
Qadimiy shahar Хiva – Аmudaryoning o‘ng qirg‘og‘i va
qadimiy Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, hammadan ko‘proq o‘z
milliy xislatlarini saqlab qolgan. Bu belgilar genetik jihatdan
ularning qadimiy ota-bobolariga borib taqalishidan dalolat
beradi.
Кiyimlarning o‘ziga xosligi uni kiyadigan kishilarning
yoshi, ijtimoiy ahvoli, dunyoqarashi, hayotdagi qayg‘uli va
quvonchli hodisalar, xo‘jalik yuritishi va tabiiy shart-sharoitlar
bilan belgilanadi. Bu me’yor va talablar kiyimlarni tikishda
foydalaniladigan matolar, ularning gullari, bezatilishi, ranglari,
kiyimlarning bichilishi va katta-kichikligiga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Хorazm xalqining milliy kiyimlari quyidagi xususiyatlari:
uyg‘unlashib ketgan ranglarning an’anaviyligi, erkaklar va
ayollar bosh kiyimlari (mo‘ynalari uzun katta shapkalar)
shaklining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunday bosh
kiyimlar cho‘girma telpak deb ataladi, u qo‘y terisidan
tikilgan bo‘lib, uni erkaklar yil davomida kiyib yuradilar
(65-rasm).
Lachak deb ataladigan marosim bosh kiyimi va o‘ziga xos
zargarlik buyumlari milliy libosning elementlarini tashkil qiladi
(66-rasm).
Хorazmda misga zarb berib, naqshlar solib buyumlar tayyor-
lash va zargarlik san’ati juda rivojlangan. Boshqa mintaqalardan
farqli ravishda Хorazm zeb-ziynatlari shakllarining turli-
tumanligi va mukammalligi bilan ajralib turadi (67–68-rasmlar).
Хorazm ayollari ipakdan tikilgan doirasimon shakldagi gulli
tahya (do‘ppi) (69-rasm)ga ipdan yoki qush patidan popuk
o‘rnatib tangalar osganlar.
183
65-rasm.
184
66-rasm. Lachak bog‘lagan yosh ayol.
67-rasm. Taxyado‘zi, manglaydo‘zi va jig‘alar. Yarim-tirnoq –
quloq orqasiga taqiladigan ayollar bezagi.
185
68-rasm. Ayollar bezaklari.
186
69-rasm. Tahyalar.
Тahyo ustidan, odatda, ro‘mol yopilgan. Bu yerda ro‘mol
turlari ko‘p bo‘lgan: mahalliy ustalar to‘qigan oq takana va
ipak ro‘mol (chitkor gul bosilgan), jundan to‘qilgan naqshli
serjun ro‘mol, chetdan keltirilgan boku ro‘mol, parang (fransuz
yoki Yevropa) ro‘moli va hokazolar. Erkaklarning qadimdan
kelgan bosh kiyimlari – cho‘g‘irma bir necha turda qo‘y
terisidan tikilgan. Qorako‘l teri sidan tikilgan sherozi popoq va
quloqchin keyingi davrlarda paydo bo‘lgan.
187
XULOSA
Shunday qilib, jahon tasviriy san’ati, shuningdek, uning
ajralmas bir qismi bo‘lgan libos tarixi uzoq yillik tarixiy
jarayonni boshidan o‘tkazdi. O‘tgan yillar davomida uning
taraqqiyoti ko‘zdan kechirilsa, juda katta ijodiy jarayon sodir
bo‘lgani kuzatiladi. Bunda davr va har bir millatning o‘ziga
xos qadriyatlari va an’analari bilan birga tashqi ta’sirlarning
ham o‘rni beqiyos bo‘ldi. Insoniyat qobiliyati, ijtimoiy muhit,
siyosiy jarayonlar tasviriy san’atning rivojlanishiga, bu, o‘z
navbatida, liboslar modasining doimiy yangilanishiga ta’sir
ko‘rsatdi. Shu ma’noda badiiy tafakkur taraqqiyotining o‘ziga
xos mezonlarini aniqlash orqali tasviriy san’at va libos tarixini
sinchiklab o‘rganish jamiyatdagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil
qilish va keng bilimlarni egallash imkonini beradi. Ammo shuni
aytish kerakki, jahon tasviriy san’ati turli ta’sirlar, ijtimoiy-
siyosiy o‘zgarishlar natijasida shakllangan bo‘lsa-da, doimiy
ravishda o‘zining spetsifik xususiyatlariga ega bo‘lgan holda
rivojlanishda davom etdi. Turli yo‘nalishlar, oqimlar, uslublar
paydo bo‘ldi va insoniyatning ulkan badiiy merosi yaratildi.
O‘quv qo‘llanma G‘arb va Sharq mamlakatlari tasviriy san’ati
hamda libos tarixining shakllanish va rivojlanishi asoslarini
tadrijiy va o‘zaro uzviy ravishda o‘rganishi, yo‘nalishlar,
uslublarning paydo bo‘lish sabablari, xususiyatlarini tahlil
qilishga qaratilganligi, kostum va moda tarixining taraqqiy etish
tendensiyalarini umumlashtirganligi bilan muhim ahamiyat
kasb etadi.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |