Belda turuvchi kiyim – bel chizig‘ida mahkamlanib,
bo‘ksa lar sirtiga tayanuvchi kiyimlar. Bunday kiyim odam
gavdasining quyi qismi va oyoqlarini qisman yoki to‘liq qoplab
turadi. Belda turuvchi kiyimlarga yubkalar, shimlar va yubka-
shimlar kiradi.
Beldik – kumush taqinchoqlar bilan bezatilgan kamar.
Belyo uslubi – retro uslubining ko‘rinishlaridan biri. Yuqa
och rang shoyi va paxta matosidan kishilik uchun tikilgan
ko‘ylak, bluzka va sarafanlar. Ular tagdo‘zi, gulduzi kashta
yoki oddiy to‘rdo‘z, ko‘z-ko‘z gul, ingichka gul chok bilan
hashamlangan. Ayollar ich ko‘ylagini qadimdan shunday
bezaganlari uchun uslubning nomi ham shundan tarqagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |