Joma – hind erkaklari yelka kiyimi.
Jubba – arab erkaklari ustki kiyimi.
Kavsh – ayollarning tovonsiz oyoq kiyim.
Kaku obi – Yaponiyada tantanali marosimlar uchun bog‘la-
nadigan belbog‘.
Kalaziris – ayollar libosi tananing ko‘krak qismidan to
boldirgacha qismini bekitib turadigan chodirsimon matodan
iborat bo‘lib, u bir yoki ikki tasma bilan yelkadan o‘tkazilib
kiyilgan. Kalaziris deb ataluvchi ushbu sarafanni eslatuvchi
kiyim Qadimgi Misr ayollarining ijtimoiy kelib chiqishidan
qat’i nazar, u xoh malika bo‘lsin, xoh kanizak, barcha ayollar
uchun bir xil shaklda bo‘lgan. Ayollar kiyimi faqat matoning
sifati va qimmati bilan farqlangan.
Kamarband – baxmalga zar iplar bilan kashta yoki iroqi
tikilgan toj‘ik keng belbog‘i.
195
Kamis – rangli, naqshli ipak matodan tikilgan hind yelka
kiyimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |