Korxonalarini


Qishloq xo’jaligi sub’ektlarini kreditlashning xorij tajribasi



Download 317,64 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2022
Hajmi317,64 Kb.
#471543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligini kreditlash(2)

4.Qishloq xo’jaligi sub’ektlarini kreditlashning xorij tajribasi
Qishloq xo’jaligini kreditlash sohasida AQSh tajribasiga e‘tibor qaratadigan bo’lsak, banklar tomonidan qishloq xo’jalik subyektlariga turli xil kreditlar ajratiladi. Kreditlash jarayonida bank xodimlari nafaqat bank faoliyatini, balki qishloq xo’jaligi xususiyatlarini, bu sohada maxsus marketing tayyorgarlikka ega bo’lishi, fermer xo’jaliklari faoliyatini, uning mavsumiylik bilan bog’liqligini va boshqa jihatlarini har tomonlama mukammal bilishlari, muomala madaniyati yuqori bo’lishi asosiy shartlardan hisoblanadi. Barcha banklar yalpi aktivlarining 1 foizga yaqini qishloq xo’jaligiga ajratilgan kreditlarga to’g’ri kelsada, ushbu sohaga kreditlar ajratish AQSh mayda banklarining ustivor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Kichik bank (100 mln dollardan ortiq aktivga ega bo’lgan bank)lar tomonidan berilgan kreditlarning 50 foizdan ortig’i qishloq xo’jaligi kreditlari hisoblanadi. AQShda qishloq xo’jaligini kreditlash banklar va nobank tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Banklar odatda bergan kreditlarining to’g’ri va maqsadli ishlatilishi ustidan fermer xo’jaliklariga borib, ko’zdan kechirish orqali nazorat olib boradilar. Banklar tomonidan fermerlar, ayniqsa, yangi faoliyat boshlayotgan fermerlar uchun o’quvlar maslahat xizmatlari tashkil etiladi. AQShda qishloq xo’jaligini kreditlashga jamiyat rivojlanishiga hissa qo’shish tariqasida qaraladi, chunki agrobiznesning rivojlanishi kichik shahar va hududlar infratuzilmasining rivojlanishiga, agrofirmalar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning paydo bo’lishiga olib keladi. AQShda banklar tomonidan qishloq xo’jaligi subyektlariga berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan kreditlar salmog’i 0,5 foizni tashkil qiladi. Amerika banklaridan kredit olish uchun fermer bankka quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim: -federal soliqni to’laganligini tasdiqlovchi hujjat va biznes reja; -sotib olinayotgan texnika yoki mulk bo’yicha boshlang’ich badal. Boshlang’ich badal miqdori olinayotgan kredit summasi va maqsadiga bog’liq (masalan, ko’chmas mulk uchun 20 %, qora mollar uchun 25 % ni tashkil etadi) ;
- kredit tarixi;
- daromadlari to’g’risida deklaratsiya;
-ta‘minotning mavjudligi v.b.
- taqdim qilingan hujjatlar asosida banklar mijozlarning moliyaviy holatini, ularning kreditga va to’lovga layoqatliligini tekshirib chiqqandan keyin mijoz bilan kredit shartnomasi imzolanadi. AQSh shtatlari va okruglarida banklar va ularning assotsiatsiyalari oborotdagi bo’sh mablag’larni 3-5 foiz stavkada jalb qilib, 6-9 foiz bilan kreditlashga yo’naltiradi. AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarda kredit tashkilotlari qishloq xo’jaligi sohasiga o’zgarmas va o’zgaruvchan foiz stavkalarda, o’zgaruvchan foiz stavka o’zgarmas muddat bo’yicha yoki aralash foiz stavka (o’zgaruvchan va o’zgarmas)da kreditlar ajratadi. Kreditlarni o’zgarmas foiz stavkalarida taqdim etganda, kredit bo’yicha foiz stavkalariga inflyatsiya darajasi va boshqa omillar ta‘sir ko’rsatmaydi. O’zgaruvchan foiz stavkada beriladigan kreditlar bo’yicha foiz stavkasi moliya bozorining holatidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin.
Odatda, uzoq muddatli kreditlar bo’yicha o’zgaruvchan foiz stavkalar o’rnatiladi. Kredit va uning foiziga oid munosabatlar qishloq xo’jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o’rtasida tuzilgan shartnomada aks ettiriladi.
AQShda qishloq xo’jaligi subyektlariga kreditlar turli muddatlarga beriladi. Masalan, fermalar uchun bino-inshootlar sotib olishga 20 yilga, yem-xashaklarni saqlash joylarini olish uchun 15 yilga, texnikatexnologiyalar uchun 10 yilga, omborxonalar uchun 8 yilga kreditlar ajratiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ham AQSh banklari qishloq xo’jaligi sub‘ektlarini kreditlash masalalariga ustuvorlik berilishi va kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining oshirilmaganligining sababi, qishloq xo’jaligida iste‘mol tovarlarining asosiy qismining yaratilishida. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozigacha Amerika banklari tomonidan qishloq xo’jaligi subyektlari, fermerlarga berilgan kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkalar yillik 8 foizni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligi subyektlari faoliyatiga inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida tijorat banklari Federal rezerv tizimidan pul mablag’larini iqtisodiyotga yo’naltirish sharti bilan foizsiz qarzlar olib, ularning aksariyat qismini fermer xo’jaliklari faoliyatini qo’llabquvvatlashga yo’naltirdi. Shu bois, 2011-yildan boshlab kreditlar bo’yicha foiz stavkalari 4 foizni tashkil qilmoqda. AQShda 1916-yildan boshlab qishloq xo’jaligini kreditlashni muvofiqlashtirish masalalariga davlat siyosatining bir qismi sifatida e‘tibor berila boshlangan.
Shu vaqtdan boshlab AQSh Kongressi fermerlarni kreditlar tizimining asosi bo’lgan federal yerlar banklari tizimi (Federal Land Banks - FLBs)ni tashkil etgan.1923-yildan boshlab o’rta muddatli kreditlash bo’yicha federal banklar tashkil etilgan.1933- yilda qishloq xo’jaligi kooperativlarini kreditlash sohasida banklar tashkil etilgan. Qishloq xo’jalik sohasiga davlatning aralashuvi past foizlarda kreditlar berish yoki fermerlar faoliyatini rivojlantirishga grantlar ajratishda namoyon bo’lgan. AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligi tarkibida tashkil etilgan Fermerlar faoliyati bo’yicha ma‘muriyat (FFM) va Tovarkredit kooperatsiyasi qishloq xo’jaligiga kreditlar ajratuvchi nobank tashkilot bo’lib, kredit olish imkoniyatiga ega bo’lmagan, faoliyatini endi boshlagan, moliyaviy ahvoli nobarqaror bo’lgan fermerlarga kreditlar berish bilan shug’ullanadi. Fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun maqsadli dasturlarga kongress har yili fermerlar oladigan kreditlarning 8-10 foizi miqdorida resurslar ajratadi. Kreditlar fermerlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta‘minlashga, ko’p bolali oilalarni qo’llab-quvvatlashga, qishloq joylarida uy-joylar qurishga, fermerlarning ba‘zi majburiyatlarini to’lashga yo’naltiriladi.
AQShda qishloq xo’jaligi sohasiga operatsion xarajatlar uchun qisqa muddatli kreditlar – chorva mollari, mineral o’g’itlar, urug’lik va boshqalar uchun 1 yildan 5 yilgacha muddatga, 5-5,5 foiz bilan, texnika sotib olishga 7 yilgacha, yer sotib olishga 40 yilgacha, o’rtacha 6-6,5 foiz stavkasi bilan ajratiladi. Uzoq muddatli kreditlashda fermerlarning moliyaviy ahvoli doimiy ravishda monitoring qilib boriladi va uning ahvolidan kelib chiqib kredit bo’yicha foiz stavkalar qayta ko’rib chiqiladi. Agar uning moliyaviy ahvoli yaxshilanadigan bo’lsa, u kreditlashning odatdagi tizimiga o’tkaziladi.
AQSh va qator rivojlangan davlatlarda agrar sohani davlat tomonidan boshqarishning muhim dastagi – imtiyozli kreditlash hisoblanadi. Imtiyozli kreditlarni ajratish davlat dasturlari va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Imtiyozli kreditlashning asosiy tamoyili kreditning amaldagi foiz stavkasini yoki uning bir qismini byudjet mablag’lari hisobidan qoplab berishdan iborat. Davlat iqtisodiyotning joriy talablaridan kelib chiqib istiqbolli tarmoqlar va ustivor yo’nalishlar rivojlanishini rag’batlantirnish uchun imtiyozli kreditlash mexanizmidan foydalanadi. Bunday mexanizm qishloq xo’jaligining barcha sohalarini qamrab olishi bilan birgalikda ularning rivojlanishiga sharoit yaratadi va tarmoq rivojini rag’batlantiradi.
AQSh davlati iqtisodiy siyosatning joriy holatidan kelib chiqib imtiyozli kreditlash shartlarini o’zgartirib boradi. Kooperativ tashkilotlar, yangi texnika, texnologiyalar, ixtirolarni qo’llaydigan xo’jaliklar, yosh fermerlarga juda ko’p imtiyozlar asosida kreditlar beriladi. Bunday kreditlarni oluvchi xo’jaliklar davlat tomonidan qo’yilgan talablar va mezonlarga javob bera olishi lozim. Masalan, fermer xo’jaligining faoliyat ko’lami, qiymati, daromadlilik darajasi, imtiyozli kredit olishga talabgorning yoshi, uning kasbiy malakasi va tayyorgarligi va boshqalarga e‘tibor qaratiladi. Fermer krediti federal tizimi AQShda fermer xo’jaliklarini kreditlashtiruvchi asosiy bo’g’inlardan bo’lib qolmoqda. Qator vositachilar orqali fermerlarga kreditlar berish va boshqa moliyaviy xizmatlarni ko’rsatish amalga oshirilmoqda. Bular: · aholi mablag’larini depozit shaklida akkumulyasiya qiluvchi tijorat banklari; · pul bozorining bo’sh pul fondlarini jalb qiluvchi, qishloq xo’jalik kredit kooperatsiyalari;
· davlat byudjetining mablag’lari hisobidan amalga oshiriluvchi okrug, mintaqa, federal darajadagi maxsus davlat dasturlari;
· a‘zolarining jamoaviy majburiyatiga asoslangan kredit uyushmalar;
· tovar kreditlarini beruvchi yirik agrobiznes korxonalari;
· trast funksiyalarini bajaruvchi sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari va boshqa iqtisodiy institutlar;
· ko’p sonli yakka tartibdagi kreditorlar. Bu manbalarning barchasi AQSh Fermer krediti tizimi (FKT) va Fermerlarga xizmat ko’rsatish agentligi (USDA Farm Service Agency) tarkibiga kiradi. Yirik tijorat banklari qishloq joylarida joylashgan o’z filiallari va kichik banklar orqali fermerlarga kreditlar ajratadi. Amerika bankirlari assotsiatsiyasi (American Bankers Association) baholashicha 8681 turdagi banklar qishloq xo’jaligini kreditlash bilan shug’ullanadi.
Qishloq xo’jaligini kreditlashda Farm Credit Systemning roli katta bo’lib, bu o’ziga xos nodavlat tashkiloti bo’lsadak, faoliyati davlat (Government-Sponsored Enterprise - GSE) tomonidan qo’llabquvvatlanadi, ammo u davlat tomonidan kafolatlangan kreditlarni ajratmaydi. Fermer krediti tizimi tijorat tashkiloti bo’lib, uning maqsadi o’z faoliyatida foyda olishdan iborat. Shu bilan birgalikda, qonunlar bu tashkilotga, birinchi navbatda, qishloq joylaridagi korxona, tashkilotlar va fermerlarga xizmat ko’rsatish majburiyatini yuklaydi. Federal qonunchilikka muvofiq Fermer kredit tizimi soliqlar bo’yicha imtiyozlarga ega va bu, o’z navbatida, ularga kredit resurslar bozoridan arzon kreditlar olish imkonini beradi. Bugungi kunda AQShda fermerlar va rancho egalariga beriladigan kreditlarning uchdan bir qismi Fermer krediti tizimi tomonidan ta‘minlanadi. Fermer krediti tizimi AQSh hukumatining tarkibiy qismi bo’lgan Fermer krediti bo’yicha ma‘muriyat (Farm Credit Administration - FCA) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Farm Credit Administration – FCA FKT barqaror faoliyat olib borishi, uning boshqa moliya institutlari bilan raqobatdoshligini ta‘minlash bo’yicha faoliyat olib boradi. Fermerlarga xizmat ko’rsatish agentligi (USDA Farm Service Agency)ning muhim funksiyalaridan biri fermerlar tijorat banklaridan yoki FKTdan kredit ola olmagan sharoitda, ularga kreditlar berishi mumkin. Odatda, bunday kreditlar fermerlarning moliyaviy ahvoli yomonlashganda, tabiiy ofat va bozor konyunkturasi o’zgarishi natijasida fermerlar yo’qotishlar hamda talofat ko’rgan hollarda amalga oshiriladi.
Ba‘zi kreditlar subsidilashtiirilgan kreditlar deyilib, ular bo’yicha foiz stavkalari moliya bozorlaridagi foiz stavkalardan juda past miqdorda bo’ladi. Bunday kreditlar olish uchun: -fermer moliyaviy holati to’g’risida to’liq va ishonchli ma‘lumot taqdim etishi; - olinadigan kredit va u bo’yicha foizlarni shartnomada kelishilgan muddatda va summada qaytarib to’lashi mumkinligini asoslashi lozim

Download 317,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish