Korxonalarini



Download 317,64 Kb.
bet2/7
Sana26.02.2022
Hajmi317,64 Kb.
#471543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligini kreditlash(2)

1. Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlashning tartibi va o’ziga xos jihatlari
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi korxonalarini kreditlash bosqichlariga to`xtaladigan bo`lsak bu bosqich 4 –bosqichni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlar o`z ichiga: birinchi davr 1991 – 2001 yillarni o`z ichiga oladi, ikkinchi davr 2002-2003 yillarni, uchinchi davr 2004 yildan 2006 yilgacha bo`lgan davrni va to`rtinchi davr esa 2007 yildan to hozirgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Dehqon va fermer xo'jaliklariga mikrokreditlar O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to'g`risida”, “Bankrotlik to'g`risida”, “Buxgalteriya hisobi to'g`risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash to'g`risida”, “O'zbekiston Respublikasining mikromoliyalash to'g`risida”gi qonunlari, Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari va yo'riqnomalari hamda tijorat banklarining ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq beriladi.
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash, mulk shaklidan qat'iy nazar, shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Kreditlar korxonalarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisob raqami joylashgan bank filialidan beriladi. Zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega, bank oldida muddati o'tgan ssuda va foiz qarzlari mavjud korxonalarni kreditlash man etiladi. Bunday korxonalardan avval berilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni belgilangan tartibda undirib olish choralari ko'riladi.
Kredit resurslarining uzoq muddatga mo'ljallangan keskin moliyaviy o'zgarishlar, xo'jalikning zararlarni qoplash uchun ishlatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Kreditlar foydalanish muddatiga ko'ra qisqa va uzoq muddatli bo'lib, kredit shartnomalarida qayd etilgan maqsadlar uchun ishlatish, ta'minlanganlik hamda foiz to'lash, qaytarish shartlari asosida beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalariga berilayotgan kreditlarning muddati ular hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarning qoplanish davriga mutanosib bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi korxonasining kredit yig`ma jildini shakllantirish va uni tahlil etish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
qarz oluvchining kredit buyurtmasini ko'rib chiqib, u bilan suhbat o'tkazish;
qarz oluvchining kreditga layoqatliligini, ssuda berish bilan bog`liq tavakkalchilikni, shuningdek, kredit samaradorligini baholash;
v) qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit ta'minotining likvidliligini, uning bahosini aniqlash;
g) kredit bahosini, ya'ni unga belgilanadigan foizni aniqlash
d) kredit yig`ma-jildining xulosasi, kredit shartnomasi yoki rad etish to'g`risidagi yozma javob xatini tayyorlashdan iborat. Salohiyatli qarz oluvchi o'zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilib, quyidagi bo'limlardan iborat biznes-reja ishlab chiqishi lozim:
o'tgan davr (yil, chorak, oy) uchun moliya-xo'jalik faoliyati tahlili;
ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot, ish yoki hizmatlar bozoriga tavsif (bozorda bu mhsulot, ish yoki xizmatlar uchun talab va taklif, raqobat darajasi);
v) kreditga bo'lgan ehtiyojning hisob-kitobi va kreditlanayotgan tadbir samaradorligi (xarajat va daromadlar tarkibini aks ettiruvchi bo'lim-asosiy bo'lim);
g) o'tgan davr va kreditdan foydalanish davri uchun pul mablag`larining kirim-chiqimi;
kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo'yicha to'lovlar hisob-kitobi;
kredit hisobidan harid qilinishi mo'ljallangan tovar-moddiy boyliklari yoki asosiy vositalar bo'yicha mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar.
Qarz oluvchi yuqoridagilardan kelib chiqib, so'rovnoma va kredit buyurtmasini tayyorlaydi. Buyurtmada kredit olish zaruriyati, uning samaradorligi, ta'minlanishi, qaytarilishi va unga foiz to'lash, o'z kapitalining tarkibiy tuzilishi hamda uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki qisqacha sharhlab beriladi. Kredit xodimi bir hafta ichida qarz oluvchining kreditga layoqatliligi, ssuda berish bilan bog`liq tavakkalchilik va kredit samaradorligini baholaydi. Bunda, qarz oluvchining kredit tarixi, undagi rahbar mavqeyi (oldingi kreditlar va ularga hisoblangan foizlarning o'z vaqtida so'ndirilganligi yoki so'ndirilmaganligi, rahbarning soha bo'yicha bilimdonligi, iqtisodiy sohaga oid jinoyatlarga aloqador yoki aloqador emasligi va boshqa shu kabilar) ham hisobga olinishi zarur.
Bank xodimi qarz oluvchining reyting bahosi, kredit samaradorligi va ta'minot turini aniqlab chiqib, kredit berish mumkinligi yoki mumkin emasligi to'g`risida xulosa rasmiylashtiradi. Mazkur xulosa bankning kredit bo'limi boshlig`i tomonidan imzolanib, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Kredit qo'mitasiga taqdim etiladi. Kredit qo'mitasi esa bank boshqaruvi yoki Markaziy ofis Kredit qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan vakolat hamda bir qarzdorga kredit berishning belgilangan me'yoridan kelib chiqib, uch ish kuni davomida ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi. Kredit xodimi bank va qarz oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuzilganidan so'ng hisob va hisob-kitob bo'limiga muddati va foiz stavkasini ko'rsatgan holda, ssuda hisob raqami ochish to'g`risida farmoyish beradi. Ssuda berish to'g`risida qaror qabul qilinib, kredit shartnomasi tuzilishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi.
Bu kartochka asosida kredit ustidan nazorat o'rnatiladi. Kredit bo'yicha foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o'rtasidagi o'zaro kelishuv asosida, jalb etilgan resurslar qiymati va Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi dinamikasini hisobga olgan holda belgilanadi. Shuni aytib o'tish kerakki, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi tijorat banklari o'zlarining kredit resurslari hisobidan to'lov qobiliyatiga ega bo'lgan xo'jaliklarga yoqilg`i-moylash materiallari, energiya manbaalari, mineral o'g`itlar, qishloq xo'jaligi tehnikasi va boshqa moddiy tehnika resurslarini olish uchun maqsadli kreditlar ajratilishi bilan birga, tijorat asosida samaradorlik bilan ishlaydigan xo'jaliklarga xosilning 50-80 foizi qiymati doirasida ishlab chiqarish me`yorlariga rioya qilgan holda “biznes reja” asosida to'g`ridan-to'g`ri kredit mablag`lari beriladi.
Bundan tashqari, qishloqda tadbirkorlikni, qayta ishlash kichik korxonalarni yanada rivojlantirish maqsadida, tijorat banklari tomonidan dehqon-fermer va shirkat xo'jaliklariga texnika, texnologiya, uskunalar va mexanizmlar sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratilishi yo'lga qo'yilgan. Ammo bu xo'jaliklar moliyaviy ahvolining yomonlashuvi natijasida ularning banklardan katta miqdordagi muddati o'tgan qarzlari saqlanib qolmoqda. Qarz oluvchining to'lovga qurbi yetmasligi tufayli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdagi ssudalar berish qiyinlashib bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalari iqtisodiy nochorligining mazkur uch tarkibiy qismi qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash bo'yicha mavjud tizimni yanada takomillashtirishni zarur qilib qo'ymoqda. Qishloq xo'jaligini moliyalash bo'yicha mavjud tizimning qoniqarsiz ahvoli va qishloq xo'jalik korxonalarining to'lovga noqobilligi, kreditga qobiliyatsizligi sabablarini ochib tashlab, uni yaxshilash bo'yicha Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari chiqdi.
O'z faoliyatini yuridik shahsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi dehqon xo'jaliklari mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
so'ralayotgan kredit summasi, foizi, foydalanish muddati, kredit ta'minoti ko'rsatilgan holda kredit buyurtmanomasi;
olinayotgan kreditdan foydalanish maqsadlari albatta ko'rsatiladigan biznes-reja;
v) kredit ta'minoti.
Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligining rahbari pasportini shaxsan ko'rsatadi, uning ko'chirma nusxasi kredit yig`majildiga tikib qo'yiladi.
Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz;
Mevali daraxtlar va uzum ko`chatlari sotib olish uchun –bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Qoramol, qo`y, echki, quyon boqish va yetishtirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
Urug`liklar, minerallar o`g`itlar va o`simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko'rsatuvchi dehqon xo'jaliklariga, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklari va fermer xo'jaliklariga mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko'chat, uruqlik va yem xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruhsat beriladi.
“Qishloq xo'jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to'g`risida”gi nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g`alla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xo'jaligi korxonalariga tatbiq etiladi. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom-ashyosi va g`alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo'nak tariqasida yetkazib berilgan urug`lik qiymatini inobatga olgan holda) miqdorida beriladi.

  • har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori qishloq va suv xo'jaligi vazirligi taklifiga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o'zgartirilishi mumkin. Kredit miqdori qishloq xo'jaligi korxonasining «O'zpaxtasanoat» uyushmasi va «O'zdonmahsulot» AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda - tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kredit miqdorini aniqlash uchunamaldagi o'rtacha xarid narx asos qilib olinadi.

Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:

  • ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to'lash uchun mineral o'g`it va o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;

  • yoqilg`i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;

  • MTPlar, muqobil MTPlar va qishloq xo'jalik texnikasi mavjud bo'lgan boshqa xo'jalik sub'ektlarining xizmatlari uchun to'lovlarga;

  • lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan tehnika vositalarining lizing to'lovlariga;

  • yagona er soliqi to'lovlariga;

  • elektr energiya to'lovlariga;

  • urug`lik uchun to'lovlarga;

  • qishloq xo'jaligi korxonalarining paxta va g`alla yetishtirish bilan bog`liq bo'lgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham to'lovlar amalga oshirilishi mumkin.

Kreditlar tegishli qishloq xo'jalik mahsuloti bo'yicha qishloq xo'jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g`alla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 12 oydan va paxta xom-ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 18 oydan ko'p bo'lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.17 Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to'liq so'ndirilgandan so'ng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqiga hizmat ko'rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi.
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so'ng, bank qishloq xo'jaligi korxonasining arizasini ko'rib chiqishi va 3 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim. Bank kredit qo'mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to'g`risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so'ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qishloq xo'jaligi korxonasiga ssuda hisobvaraqi ochiladi. Joriy yil hosili uchun yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 2-kartotekaga kirim qilingan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan akseptlangan to'lov talabnomalariga muvofiq to'lovlar amalga oshiriladi.
Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor - qishloq xo'jaligi korxonasining mablag`i yetarli bo'lmaganda, tijorat banklari sug`urta polisi asosida sug`urta tashkilotlariga sug`urta hodisasi ro'y berganligi to'g`risida murojaat qiladilar. Sug`urta tovoni, tijorat banklari va sug`urta tashkilotlari o'rtasida tuzilgan bosh polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda to'lab beriladi.
Mamlakatimizda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tijorat banklari orqali fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda:

  • fermer xo'jaliklarida davlat ehtiyojlari bo'yicha yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kreditlash;

  • fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga kreditlar ajratish.

Bugungi kunda fermer va dehqon xo'jaliklariga banklarning o'z resurslari hisobidan 2 turdagi, ya'ni, tijorat va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo'jaliklarining aksariyat qismi yangi tashkil etilgan va ularda tijorat kreditlari uchun 120 foiz miqdorida garovga qo'yiladigan mol-mulk mavjud emas. Shuningdek, ularning rentabellik darajasi
past bo'lib, kreditni foizlarini qoplagan qolda o'z vaqtida qaytarish imkoni yo'q.



Download 317,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish