Korxonalarini


Banklar tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning nazariy, huquqiy asoslari



Download 317,64 Kb.
bet3/7
Sana26.02.2022
Hajmi317,64 Kb.
#471543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligini kreditlash(2)

2.Banklar tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning nazariy, huquqiy asoslari
Agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirishda ishlatiladigan moliyaviy manbalar nafaqat respublikamizda balki dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Respublikamizdagi mavjud va xorij tajribasi asosida qishloq xo`jaligini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjudligini e`tirof etish mumkin.
Qishloq xo`jaligi korxonalarining o`z mablag`lari
Tijorat banklarining kreditlari
Davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar
Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan olingan mablag`lar
Qishloq xo`jalik korxonalarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan olingan mablag`lar.
Qishloq xo`jalik tuzilmalarining ishlab chiqarish jarayonida quyidagi xarajatlar uchun mablag`lar zarur bo`ladi:
Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash xarajatlari
Ekin maydonlariga texnik ishlov berish uchun (haydash, kultivatsiya va boshqa) xarajatlar
Ekin ekish uchun urug`lik yoki ko`chat olish xarajatlari
Xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan asosiy vositalarni (bino, inshoot, texnika va qurilmalar) saqlash xarajatlari
Mineral o`g`it uchun xarajatlar
Xo`jalik ishchi va xodimlarining ish haqi xarajatlari
Bu sanab o`tilgan xarajatlari moliyaviy mablag`lar hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy ko`rinishda qishloq xo`jalik korxonalari uchun zarur mablag`lar manbalarini 2 turkumga bo`lib o`rganish mumkin:
1.Xo`jaliklarning o`z mablag`lari 2.Jalb qilingan mablag`lar
Korxonaning o`z mablag`lari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi:
Qishloq xo`jaligi korxonasining asosiy mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar
Qishloq xo`jaligi korxonasining asosiy bo`lmagan faoliyati natijasida olingan foyda (moliyaviy operatsiyalar, asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushumlar, malakaviy-tadqiqod ishlarini bajarishdan olingan foyda va boshqalar)
Ta`sischilar va aksionerlarning mablag`lari
Foyda hisobidan shakllantirilgan har xil kapital va fondlar(qo`shimcha va zaxira kapitali, jamg`arma va ijtimoiy soha fondlari)
Amortizatisya ajratmalari (asosiy vositalarni eskirish summasi)
Kutilmagan daromadlar (asosiy vositalarni qayta baholash natijasida olingan daromad, zararni qoplash uchun sug`urta to`lovlari)
Yuqori tashkilotlardan berilgan moliyaviy mablag`lar
Budjet ajratmalari va davlat grantlari (dotatsiya, subvensiya, subsidiyalar) Qishloq xo`jaligi tuzilmalarining moliyaviy ahvolini o`rganib chiqish shuni ko`rsatadiki, ularning o`z mablag`lari doimiy ravishda yetishmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish jarayoning uzoqligi (yerni ekish uchun tayyorlashdan to mahsulotni yig`ib olgungacha bo`lgan vaqt); ikkinchidan, iqtisodiyotning o`tish davrida qishloq xo`jalik korxonalari aosiy
qismining zarar bilan ishlayotganligidir.
Hozirgi davrda qishloq xo`jaligi korxonlari faoliyatini moliyalashtirish uchun jalb qilingan mablag`larni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
Bank mablag`lari;
Har xil budjetdan tashqari fondlar mablag`lari (masalan, bandlik jamg`armasi);
Fond bozori mablag`lari;
Qishloq xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba bank mablag`lari hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli kreditlash, shu jumladan, lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni jalb qila oladi.
Buni bajarish uchun bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bank faoliyatini umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyati bilan keng ko`lamda muvofiqlashtirishni talab etmoqda.Bunga erishish maqsadida Markaziy Bank, Moliya Vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda banklarning kapital bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda xususiy banklar va minibanklar sonini ko`paytirish chora-tadbirlari ko`rildi.
Hozirgi kunda kichik va xususiy biznes subyektlarini, dehqon hamda fermerxo`jaliklarini moliyalashtirishda tijorat banklarining tajribasi asta-sekin takomillashdi va takomillashib bormoqda.
Davr talabi esa ilgari qabul qilingan me`yoriy xujjatlarni bugungi kun talabiga moslashtirish, yangilash hamda kreditlashning yangi mexanizmlarini tadbiq etish orqali hozirgi mavjud resurslarni yo`naltirishdan iborat.
O`zbekiston qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish asosan fermer xo`jaliklar, dehqon xo`jaliklari hamda boshqa qishloq xo`jalik korxonlalari shakllarida tashkil etilgan.
Qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti erkin xususiy mulksiz rivojlanishi mumkin emasligiga e`tibor kuchaytirildi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, iqtisodiyotning qishloq xo`jaligi tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida kichik tadbirkorlik subyektlari 98-99% ulushni egallaydi, bu shundan dalolat beradiki davlatimiz qishloq xo`jaligi sohasida ishlab chiqarilgan deyarli barcha mahsulotlar aynan kichik biznes subyektlari faoliyati natijasidir.
O`zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning rag`batlantirilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri hisoblanadi. Xukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlar natijasida boshlangan kichik biznes va tadbirkorlikni tashkil etish va uni rag`batalantirish jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotimizda muhim o`zgarishlarga olib keldi. O`zbekistonda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalardan tashkil topgan.
Xususiy tadbirkorlik - kichik biznesning eng ko`p sonli qismidir. Respublika qonunchiligiga muvofiq, yuridik shaxs maqomidan xoli va ishchilarni yollash xuquqisiz mustaqil mehnat faoliyati bilan shugo’ullanayotgan jismoniy shaxslar, shuningdek, hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan oilaviy tadbirkorlik, dexqon xo’jaliklari va oddiy shirkat ishtirokchilari xususiy tadbirkor deb yuritiladi. O`zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 39-moddasigamuvofiq: “O`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol- mullka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o`z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan,sudda da`vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi” . Yuridik shaxslarning foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko`nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potensial samarali vositadir. Fuqarolarga nafaqat o`z ishchi kuchi, balki o`z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo`ljallangan mulk egasi bo`lishga imkon yaratib, u o’rta sinf - jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikda manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan kichik biznes subyektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Mikrofirmalar – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan xodimlarining yillik o’rtacha soni 20 kishidan, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan tarmoqlarda10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.
Kichik korxona – yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida band bo’lgan xodimlarining yillik o’rtacha soni 100 kishidan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan sohalarda 25 kishidan oshmagan korxonalar.
Dehqon xo’jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo`jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo`jaligi a`zolarining istagiga ko`ra yuridik shaxs tsahkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo`jaligi o`z faoliyatida yollanma mehnatga doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovari ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt10. Fermer xo`jaligining boshlig`i shu xo`jalikning muassisi – fermerdir. O`n sakkiz yoshga to`lgan, qishloq xo`jaligida tegishli malaka yoki tajribasiga ega bo`lgan shaxs fermer bo`lishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xo`jaligi nomidan ana shu xo`jalik boshlig`i ish ko`radi. Fermer xo`jaligini tashkil etishda muayyan shartlar bajarilishi talab etiladi. Fermer xo`jaligini tashkil etish shartlari: Fermer xo`jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo`lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo`lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo`jaligiga ijara beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va Xorazm viloyatlaridagi sug`oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog`iston Respublikasidagi sug`oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug`orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo`jaligi o`z zimmasiga qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o`rtacha hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo`lmasligini ta`minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo`yiladi.
Oilaviy tadbirkorlik – jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyat turi bo`lib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan umumiy mol- mulk negizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinning va ularga ko`maklashadigan oila a`zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik subyekti qonun xujjatlarida belgilangan tartibda er-xotindan qaysisining nomiga ro`yxatga olingan bo`lsa, u oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ishni olib boradi. Yakka tartibdagi tadbirorni davlat ro`yxatiga olish vaaqtida beriladigan guvohnomada yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi ko`rsatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro`yhatiga olinganligi haqidagi guvohnomada tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik shaklida yuritilishi to`g`risida yozuv bo`lmagan hollarda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshlig`i ro`yhatga oluvchi organga ushbu guvohnomaning “Izohlar” grafasiga bu haqda belgi qo`yish uchun murojaat qilishi mumkin. Ushbu belgini qo`yish ariza asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy yordamchi xo`jalik – shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida
sotish bilan shug`ullanadigan oilaviy xo`jalik tushuniladi.
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligi tarmog`ini kreditlashning huquqiy asoslari:
O’zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to’g’risida”gi Qonun.
O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati haqida”gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risidagi” Qonuni
“Kichik tadbirkorlik subyektlarni milliy valutada kreditlash tartibi to`grisida” gi Nizom
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ- 1047 sonli “Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish bo’yicha qo’shimcha choralari to’g’risida”gi Qarori
“Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklarini er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to’g’risida”gi Nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazildi .
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 16 aprelda 1337-son bilan davlat ro’yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga bo’lg’usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to’g’risida”gi Nizom
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 14 aprelda 1675- son bilan ro’yxatga olingan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2007 yil 13 martda 288-V-son bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g’alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to’grisida”gi.
Shu bilan birga yana bir qator hujjatlarni keltirish mumkin. Yangi chiqarilayotgan prezident farmonlari, fermer hamda dehqon xo`jaliklari to`grisidagi qonunlar shular jumlasidan. Banklar kredit salohiyatini oshirish hamda ularni bunda qo`llab quvvatlash maqsadida ko`plab reja va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, bank tizimini isloh qilish 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438- sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora- tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirildi.
Bunda asosiy e’tibor:
tijorat banklarining kapitallashuv va resurs bazasini yanada oshirish, mazkur sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish, aktivlar sifatini yaxshilash hamda banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada mustahkamlash;
respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining yangi (Bazel III) talablari asosida takomillashtirish ishlarini davom ettirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy qo’llab- quvvatlash, aholi bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
bank sohasida qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalar joriy qilish hisobiga tadbirkorlik sub’ektlariga bank xizmatlarini ko’rsatish borasida eng qulay shart- sharoitlarni yaratish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
bank sohasida qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalar joriy qilish hisobiga tadbirkorlik sub’ektlariga bank xizmatlarini ko’rsatish borasida eng qulay shart-sharoitlarni yaratish;
mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatining etakchi xalqaro reyting tashkilotlari yuqori reyting baholariga erishilishini ta’minlash va muntazam ravishda yangilab borishga qaratilgan.

Download 317,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish