Boshqaruv tamoyillari
Boshqaruv maqsadi
Boshqaruv vazifalari
Boshqaruv usullari
Boshqaruv texnologiyasi
Boshqaruv obyektlari
2-chizma. Boshqaruv tushunchalari va kategoriyalarining o`zaro aloqalari
Ichki omillarga korxona hajmi, resurslarni taqsimlash, texnologik qurollanish darajasi, mehnatni tashkil etish usullari, ishlab chiqarish xarajatlari va narx siyosati kabi dastaklar kiradi. Bu omillarni ma’lum darajada oldindan rejalashtirish va nazorat qilish mumkin.
Tashqi omillar korxonadan tashqaridagi muhit ta’sirida vujudga keladi. Ular qatoriga bozor konyunkturasi va raqobat muhiti, mol yuboruvchi va iste’molchilarning xatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-me’yoriy baza va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi.
Boshqaruvga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyati natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |