Oldin qabul qilingan qarorlar bilan muvofiqlashtirish talabi boshqaruv qarorlarining mantiqiy bog`langanligini va birini ikkinchisi inkor etmasligini ta’minlash uchun zarur. Agar korxonada qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari bir- birini to`ldirib, mazmunan boyitib bormasa, aksincha birini ikkinchisi inkor etsa, bu holat noto`g`ri rivojlanish va past darajadagi boshqaruv madaniyati mavjudligini ko`rsatadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish rahbar xodimlardan yuksak mahorat va ma’lum darajadagi ijtimoiy-psixologik sifatlarni talab etadi. Ammo, kasbiy ma’lumotga ega hamma boshqaruv xodimlari ham kerakli mahorat va shaxsiy xususiyatlarga ega bo`lavermaydi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida uchta holatni ajratib ko`rsatish mumkin: faxmlash (intuitsiya), mulohaza, ratsionallik.
Do'stlaringiz bilan baham: |