Korxonalar faoliyatini boshqarishning nazariy asoslari


Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish



Download 191 Kb.
bet7/32
Sana31.12.2021
Hajmi191 Kb.
#242409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Faxriddin

Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxonani sinmasligi uchun boshqaruvchilar doimo o`z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o`zgarishlarga moslashishlari kerak.

Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish jarayonida bu umumiy qonuniyat va tamoyillar bilan birga tarmoqning o`ziga xos bo`lgan tabiiy-iqlimiy va texnik-texnologik omillarini ham e’tiborga olmoq joizdir. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jonli organizmlar – o`simliklar va chorva mollari bilan bog`liq bo`lib, boshqaruv jarayonida ularning biologik va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni tabiiy jarayonlar bilan qo`shilib ketgan, ish vaqti ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. Mavsumiylik va tabiiy-iqlimiy sharoitlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida bir maromda foydalanish imkonini bermaydi. Tarmoqqa xos bo`lgan bu xususiyatlar qishloq xo`jaligi korxonalarining boshqaruvchilari oldiga yanada ko`proq mas’uliyat yuklaydi va uning xususiyatlarini chuqur o`zlashtirib, boshqaruv faoliyatida hisobga olishni taqozo etadi.

Boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichi uning maqsadlarini shakllantirish va tanlashdan boshlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv maqsadlari ham obyektiv xarakterga egadir. Shu bilan birga, maqsadlar insonlar tomonidan ishlab chiqilishi tufayli uning subyektiv xususiyatlari ham mavjud.

Korxona miqyosida boshqarishning asosiy maqsadi korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyatlarini oqilona tashkil etish hamda xodimlar salohiyatidan unumli foydalanish orqali foydani maksimallashtirishga erishishdir. Foydaning turli zaxira jamg`armalari tarzida to`planib borishi korxonaning kelgusida faoliyat ko`rsatishi uchun zamin yaratadi, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli tavakkalchilik (risk) elementlarini oldini olish va pasaytirishga imkon beradi.

Bozor sharoiti konyunkturasi, raqobatchilar salohiyati, moliyalashtirish manbalari va sharoitlari, tijorat muhiti, texnologik taraqqiyot tez o`zgarib turadigan sharoitda korxonalar doimiy ravishda tavakkalchilik elementlari bilan to`qnash keladilar. Boshqarishning asosiy maqsadlaridan biri mavjud iqtisodiy, tashkiliy- texnikaviy va huquqiy dastaklardan oqilona foydalangan holda tavakkalchilik (risk) darajasini chegaralab turish, raqobat muhitida samarali faoliyat ko`rsatishga imkon yaratish hamda bankrotlikka yo`l qo`ymaslikdir.

Qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim bo`ladi. Vazifalar boshqaruv funksiyalari orqali amalga oshiriladi.


Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish