Moddiy va ma‟naviy rag`batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi.
Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlantirishining qisqa va uzoq muddatlarga mo`ljallangan yo`nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.
Tejamlilik va samaradorlik korxona faoliyatida moddiy-texnikaviy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali eng kam xarajatlar evaziga maksimal foyda olish muhimligini anglatadi.
Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o`z faoliyati natijalari uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo`lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik (risk) elementlarini ham hisobga olishi lozim.
Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo`lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |