Korxona valyutasi mablaglari taxlili


Korxona valyutasi mablaglari taxlili



Download 59,83 Kb.
bet5/7
Sana05.04.2022
Hajmi59,83 Kb.
#530274
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KORXONA VALYUTASI MABLAGLARI TAXLILI

3. Korxona valyutasi mablaglari taxlili

Keyingi yillarda valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


Maqbul miqdorda tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan siyosat O‘zbekistonning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan ishonchli, to‘lovga layoqatli xalqaro sherik sifatidagi imidjini ta’minladi, keyinchalik valyuta kursini liberallashtirish uchun zarur oltin-valyuta zaxirasini shakllantirish, valyuta resurslarini real iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va diversifikatsiya qilishning ustuvor sohalariga yo‘naltirish, jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini bermoqda.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, valyuta bozorini yanada liberallashtirishga muhim ahamiyat qaratilgan va uning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasiga muvofiq “Valyuta boyliklari” qatoriga quyidagilar kiradi:
- chet el valyutasi;
- qimmatli qog‘ozlar – chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
- chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
- qimmatbaho metallar – har qanday ko‘rinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
- tabiiy qimmatbaho toshlar – sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, la’l, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek‚ marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.
Chet el valyutasiga tegishli ajnabiy davlatda muomalada bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknot ko‘rinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek‚ muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo O‘zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, schyotlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar kiradi.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan hujjatlaridir75.
Globallashgan iqtisodiyot, shuningdek‚ dunyo iqtisodiyotining yagonalashuvi bilan davlatlar o‘rtasidagi savdo iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida har bitta xo‘jalik yurituvchi subyektni eksport-import operatsiyalariga undamoqda. Eksport-import operatsiyalarida ijobiy farqlanishga erishish albatta korxonalar oldiga ham bir qadar murakkab vazifalarni hal etishni va uning mustahkam zaminini yo‘lga qo‘yishni talab etadi.
Bir mamlakat doirasida ko‘p turdagi raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyati cheklangan. Tashqi bozor mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari uchun ustun bo‘lgan faoliyat turlari bilan keng doirada shug‘ullanishlariga imkon beradi, ularning faoliyat doirasini kengaytiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat nafaqat ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshiradi, balki erkin xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini, shuningdek‚ aholining turmush farovonligini oshirishning ham zaruriy sharti hisoblanadi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakliga ilova sifatida xorijiy valyutada pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Unda hisobot davrida xorijiy valyutada pul mablag‘larining to‘liq harakati ko‘rsatiladi.
Valyuta mablag‘lari operatsiyalarni amalga oshirish paytida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, valyuta mablag‘lari qoldig‘i esa – hisobot davrining oxirgi sanasida aks ettiriladi. Ushbu ma’lumotnomaga asosan korxonaning valyuta mablag‘larini harakati tahlil qilinadi.
Korxona tomonidan kirimga olingan valyuta mablag‘lari qatorida: korxona tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi; sotib olingan xorijiy valyuta summasi; moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablag‘lari summasi; korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi aks etadi. Korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablag‘larining qatoriga: mol-mulkni olishga, bajarilgan ishlarga va ko‘rsatilgan xizmatlarga sarflangan valyuta mablag‘lari summasi; moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflangan valyuta mablag‘lari summasi; boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi aks etadi.
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qayta baholashdan yuzaga kelgan musbat yoki manfiy kurs farqlari, hisobot yili boshiga va oxiriga korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo‘lgan valyuta mablag‘lari alohida qatorlar bo‘yicha aks ettiriladi.
Tahlil etishda valyuta mablag‘lari balansiga muhim ahamiyat qaratiladi. Valyuta balansi quyidagi birliklar ifodasini jamlashni xarakterlaydi.
Vb+Vk=Vch+Vo
Bu yerda:
Vb – valyuta mablag‘lari davr boshiga;
Vk – valyuta mablag‘lari kirimi (mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni sotishdan va boshqa tushumlardan);
Vch – valyuta malbag‘lari chiqimi (mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni sotib olishdan va boshqa chiqimlar);
Vo – valyuta mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i.
Valyuta mablag‘lari bo‘yicha o‘z-o‘zini moliyalashtirish masalasi xo‘jalik subyektlarining oldidagi eng muhim masala hisoblanadi. Negaki, ba’zan import tovarlari yuzasidan valyuta mablag‘lariga bo‘lgan extiyoj turli qiyinchiliklar tufayli doimo ham hal etilmasligining sababi ham shundan kelib chiqadi. Shu sababli ham eksport-import operatsiyalaridagi ijobiy qoldiqqa chiqish talab etiladi.
Valyuta mablag‘lari bilan moliyalashtirish samaradorligini baholash moliyaviy koeffitsiyentlar orqali baholanadi. Ushbu koeffitsiyent quyidagi formula asosida aniqlanadi.
Kvm=F+A/K+V
Bu yerda:
Kvm – valyuta mablag‘lari bilan moliyalashtirish koeffitsiyenti;
F – valyuta mablag‘larida ishlab chiqarishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan foyda summasi;
A – valyuta mablag‘lari hisobiga olib kelingan asosiy vositalarning amortizatsiyasi;
K – valyuta krediti;
V – banklardan va birjadan sotib olingan valyuta.
Koeffitsiyent qancha yuqori bo‘lsa, o‘z-o‘zini moliyalashtirish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Valyuta mablag‘lari bilan qoplanish koeffitsiyenti (Kqk) quyidagi formula asosida topiladi.
Kqk=Vb+Vk/Vch
Vb – valyuta mablag‘lari davr boshiga qoldig‘i; Vk – hisobot davrida valyuta mablag‘lari kirimi; Vch – hisobot davrida valyuta mablag‘lari chiqimi.
Kqk>1,0 dan yuqori bo‘lishi o‘z-o‘zini moliyalashtirish shartlarining bajarilganligini bildiradi.
2017-yilning sentyabr oyidan boshlab valyuta kursi shakllanishining bozor mexanizmlariga o‘tilishi va ichki valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi nafaqat pul-kredit sohasida, balki butun iqtisodiyotda ijobiy tomonga tub o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratdi.
O‘z navbatida, valyuta kursining bozor mexanizmlariga o‘tilishi ya’ni, joriy talab va taklif asosida shakllanishi iqtisodiyotdagi valyuta resurslarining samarali taqsimlash mexanizmi yaratilishiga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida amalga oshirilishini inobatga olib, so‘mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‘ljal sifatida so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanilmoqda.


Download 59,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish