XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI 20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari. 20.2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimi. 20.3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni. erkin almashinadigan valyutalar. Xalqaro zaxira valyutalar. 20.4. Valyuta kursi rejimlari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. 20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.
Xalqaro valyuta munosabatlari-bu valyutalarning davlatlararo
harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir.
Valyuta davlatlararo harakatlanishi uchun u xalqaro to`lov vositasi
vazifasini bajara olishi va xalqaro valyuta bozorlarida oldi-sotdi
qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 %
dan ortiq)xalqaro rezerv valyuta maqomiga ega bo`lgan etakchi
valyutalar orqali amalga oshiriladi. Bu maqomni Xalqaro Valyuta
Fondi(XVF) beradi. Hozirgacha 5 ta valyuta rezerv maqomga ega.
XVF valyutaga Xalqaro rezerv maqomni berish uchun 4 ta
omilni hisobga oladi:
1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga
ega bo`lishi kerak. 320
2. Bu valyuta xalqaro bozorlarda kotirovka(oldi-sotdi) qilinishi
kerak.
3. Dunyo mamlakatlarining xorijiy valyutalardagi
zahiralarining bir qismi mana shu valyutada shakillantirilishi kerak.
4. XVF bu valyutada kreditlar berishi kerak.
Xalqaro valyuta munosabatlarining asosi bo`lib quydagilar
hisoblanadi:
1. eksport-import operatsiyalarining mavjudligi.
2.Investitsiyalarning davlatlararo oqimining mavjudligi.
To`g’ridan to`g’ri investitsiyalar- bunda xorijiy investitsiyalar yangi
ob`ektlarni qurish yoki texnikalarni sotib olish uchun jalb qilinadi.
Portfelli investitsiyalar-bunda xorijiy investitsiyalar qimmatli
qog’ozlarni sotish yo`li bilan jalb qilinadi.
3. Xalqaro kreditlarning mavjudligi.
4. Davlatlararo pul o`tkazmalarining mavjudligi.
5. Davlatlararo siyosiy va madaniy aloqalarning mavjudligi.
Milliy valyuta tizimi bu mamlakatda valyuta munosabatlarini
tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Milliy valyuta tizimi
quydagi elementlardan tashkil topgan:
1. Milly valyuta nomi (USD, UZS, eURO)
2.Milly valyuta almashuv kursining rejimi. Amalyotda 3 xil
kurs rejimi mavjud: 1) erkin suzish rejimi-bunda milly valyutaning
kursi xorijiy valyutaga bo`lgan talab va taklifga qarab erkin
shakillanadi. Markaziy Bank milly valyuta kursining ma`lum darajada
tebranishi uchun javob bermaydi. 2)Qat`iy belgilangan kurs rejimibunda milly valyuta kursi xorijiy valyutaga yoki valyuta savatiga
nisbatan ma`lum nisbatlarda belgilab qo`yiladi. Markaziy Bank ana
shu kursni ushlab turishi uchun javobgar hisoblanadi. 3)
Boshqariladigan suzish rejimi-bu mamlakatlar valyuta qonunchiligida
erkin suzish rejimi yozilgan bo`ladi lekin Markaziy Bank milliy
valyuta kursiga ta`sir qilish uchun tez-tez valyuta intervensiyasini
o`tkazadi. Valyuta intervensiyasi-bu milly valyuta kursining
kutilmaganda yuzaga keladigan tebranishlariga barham berish uchun
Markaziy Bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi yoki sotib
olinishi.
3.Mamlakat valyutaviy cheklashlarining mavjudligi yoki
yo`qligi. O`zbekiston 08.10.2003 da XVF nizomining 8-moddasi
bo`yicha majburiyatlarni qabul qildi. SHu tariqa joriy valyuta 321
operatsiyalari bo`yicha cheklovlar bekor qilindi. Lekin, O`zbekiston
kapitallar va kreditlarning harakati bo`yicha valyutaviy cheklovlar
mavjud.
4. Milly valyuta kursi
5.Milly valyuta pariteti. Bu milliy valyuta qiymating xorijiy
valyuta qiymatiga nisbatidir. Valyuta pariteti milly va xorijiy
valyutaning harid qobilyatini taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.
6.Mamlakatning xalqaro valyutaviy to`lovga qobilligi. 1)Agar
mamlakat 3 oylik importni to`lashga etadigan oltin zahiralariga ega
bo`lsa u xalqaro valyutaviy to`lovga qobil hisoblanadi. 2) oltin
zahiralari + xorijiy valyutadagi zahiralar / 1yillik tovar importi X
100%. Agar bu 50% va undan yuqori bo`lsa mamlakat xalqaro
valyutaviy to`lovga qobil bo`ladi.
7. Milly valyuta bozorining mavjudligi.
8. Milliy oltin bozorining rejimi.
9. Mamlakat xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
10. Valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va nazorat
qiluvchi davlat organlari. O`zbekistonda Markaziy Bank Valyutani
tartibga soluchi organ hisoblanadi. 4ta valyutani nazorat qiluvchi
organ mavjud:
1. Markaziy Bank
2. Moliya Vazirligi
3. Davlat Bojhona Qo`mitasi
4. Davlat Soliq Q`omitsi
Davlatlararo valyuta munosabatlarini XVF tartibga soladi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad xalqaro valyuta tizimida uzluksiz
faoliyat ko`rsatishni ta`minlash orqali xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni rivojlanishiga ko`maklashish hisoblanadi.
Valyuta munosabatlarining ba`zi bir elementlari qadimiy Rimda
veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir
mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan.
Valyuta munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi qadimiy
London va boshqa G’arbiy evropa mamlakatlarida o`tkaziladigan
tratta operatsiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi, jahon bozorining barpo bo`lishi, xalqaro
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo`jalik tizimining
rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining
asosidir.Valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir 322
bo`lagi hisoblanib, uning holati milliy va jahon iqtisodiyotining
rivojlanish darajasiga, siyosiy ahvolga, mamlakatning iqtisodiy
potentsialiga, uning jahondagi o`rniga va boshqa omillarga bog’liq
bo`ladi.
Valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga
muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish
shakllarini o`z ichiga oladi. Valyuta tizimining quyidagi turlari
mavjud. Bular – milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta
tizimlaridir.
Sanoati rivojlangan davlatlar iqtisodiyotlari o`rtasidagi
integratsiyaning chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo`jalik
aloqalarida muhim va mustaqil o`rin tuta boshlayapti. Valyuta tizimi
mamlakatning iqtisodiy holatiga bevosita ta`sir etadi (ya`ni ishlab
chiqarish omillari, sur`atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga).
Milliy, jahon va xalqaro (mintaqaviy) valyuta tizimlari
tushunchalari birbiridan farqlanadi.