Kirish Bit – bu har biri 0 yoki 1 qiymatiga ega bo’luvchi ikkilik sonlaridir. Kompyuterda ularga pereklyuchatelning vaziyati (yoqilgan/o‘chirilgan) yoki elektr signalining, yorug‘lik impulsining yoki radio to‘lqinining mavjudligi/yo‘qligi mos keladi.
Ikkilik noli elektr kuchlanishi 0 V (Volt) bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
Ikkilik biri elektr kuchlanishi +5 V bo‘lgan ko’rinishda taqdim etilishi mumkin.
Asosiy qism Kompyuterlar 8 bitdan iborat bo’lgan ikkilik sanoq sistemasiga tegishli bo’lgan guruhdan foydalanadi. 8 bitdan iborat bo‘lgan bunday guruh bayt deb ataladi. Kompyuterda 1 bayt xotira qurilmasining minimal adreslanuvchi yacheykasi hisoblanadi.
Sakkizta raqamdan iborat bo‘lgan kombinatsiyani o‘zgartirish orqali 256 (yoki 28) ta son hosil qilish mumkin. Shu sababli bayt qiymatining diapazoni 0 dan 255 oraliqda yotadi (1-jadval).
1-jadval. Axborotbirliklari
O‘lchov birliklari
Baytlar
Bitlar
Bit (b, yoki bit)
1/8
1
Bayt (B, yoki bayt)
1
8
Kilobayt (KB, yoki Kbayt)
1 024
(≈ 1000 bayt)
8 096
(≈ 8000 bit)
Megabayt (MB, yokiMbayt)
1 048 576
(≈ 1 million)
8 388 603
(≈ 8 million)
Gigabayt (GB, yokiGbayt)
1 073 741 824
(≈ 1 milliard)
8 589 934 592
(≈ 8 milliard)
Terabayt (TB, yoki Tbayt)
1 099 511 627 776
(≈ 1 trillion)
8 796 093 022 208
(≈ 8 trillion)
Ko‘p ishlatiladigan kompyuter o‘lchov birliklarini ko‘rib chiqamiz.
Bit deb kompyuterdagi eng kichik ma’lumot blokiga aytiladi. Bit 1 yoki 0 qiymatinin qabul qiladi va kompyuter tomonidan ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan ma’lumotlarning ikkilik format raqami hisoblanadi.
Bayt deb tarmoq orqali uzatilgan ma’lumotlar sonini tavsiflashda kompyuterning qattiq diskida yoki boshqa axborot tashuvchidagi ma‘lumotlar faylini o‘lchamini tavsifash uchun ishlatiladigan o‘lchov birligiga aytiladi. 1 bayt 8 bitga teng.
Kilobit (Kbit) – bu 1024 bit bo’lib, hisoblarni baholashda 1000 bit qiymatidan foydalaniladi.
Kilobayt (Kbayt) 1024 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1000 bayt qiymatidan foydalaniladi.
Megabit (Mbit) tahminan 1 million bitga teng.
Megabayt (Mbayt) 1 048 576 baytga teng bo‘lib, hisoblarni baholashda 1 million bayt qiymatidan foydalaniladi. Ba’zida megabayt qisqartirilib “meg” deb ham ataladi. Ko‘pchilik kompyuterlarning operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi. Katta fayllar bir necha megabayt tartibidagi o‘lchamga ega bo’ladi.
Gigabayt (Gbayt) taxminan 1 milliard baytga teng. Ba’zan qisqa “gig” nomi ishlatiladi. Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlarning qattiq disklarining hajmi gigabaytlarda o‘lchanadi.
Terabayt (Tbayt) taxminan 1 trillion baytga teng. Yuqori ishlab chiqaruvchi sistemalarning qattiq disklarining hajmi terabaytlarda o‘lchanadi.
Ishni bajarilishiga misol Bizga ma’lumki, fayl yoki papkaning o‘lchami foydalanilayotgan baytlar soni bilan aniqlanadi.
Masalan:
Fayl o‘lchami – 20 KB:
1 Kbayt = 1 024 bayt.
20 * 1024 = 20 480 bayt faylda yoki – 20 KB.
Ish natijalarining taxlili Bu ma’lumot saqlanishi mumkin bo‘lgan umumiy baytlar sonini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Masalan, agar 20 Kbayt o’lchamga ega fayl 1 Mbayt o‘lchamdagi papkada saqlangan bo‘lsa (1 Mbayt = 1 048 576 bayt), u holda shu papkaga taxminan xuddi shunday o‘lchamdagi 50 ta qo‘shimcha fayllarni joylashtirish mumkin, fayllarning umumiy miqdori – 51 (1 048 576 / 20 480).
Xulosa Xisoblash tizimlarining turli bosqichlarida va turli qurilmalaridagi axborotlarning xajmini xisoblash usullari bilan tanishildi.