4-bo‘g‘in. Unga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, jumladan, paxta tozalash, donni, kanopni, qand lavlagini, go‘sht va sutni, tamakini, sabzavot va poliz mahsulotlarini, meva, uzumni qayta ishlash, yengil va boshqa sanoat tarmoqlari; bozor talabini e’tiborga olgan holda tayyor mahsulotlami ulgurji va chakana holda yetkazib beradigan savdo tarmoqlari kiradi.20 foizi, ishchi xizmatchilaming 40 foizi to‘g‘ri keladi.
0’zbekiston ASM hududiy agrosanoat majmui (respublika va viloyat) va mikrokomplekslarga (assotsiatsiyalar, agrofirmalar, agrosanoat korxonalari) bo‘linadi. Agrosanoat korxonasi ixtisoslashgan tashkilot bo‘lib, ishlab chiqarish sanoati, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan. Agrar qayta tashkil etilishga qadar bunday shakllanishlar agrozavodlar deb atalgan. Ammo tarkibida mahsulotlami qayta ishlash va saqlash bo‘linmalari bo‘lgan hamma xo‘jaliklar ham o‘zida bunday 60 korxonani ifodalayvermaydi. Agrosanoat korxonasi shtatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, joylashtirish (upakovka) va saqlash bilan shug‘ullanuvchi va ixtisoslashgan tarmoqlardan birining kamida 25% mahsulotini qayta ishlab berish bilan band bo'lgan ishchilari bo‘lgan xo‘jalik (ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxona xo‘jalik jamiyatlari va boshqalar) lar kiradi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi integratsiyasining eng murakkab shakli agrosanoat kombinatidir. Bu mahsulot ishlab chiqarish, sanoat ishlab chiqarishi, saqlash, qadoqlash va realizatsiya qilish bo'yicha ishlab chiqarish majmuidir. Kombinat tarmoqlar va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash, integratsiyalash va qo‘shish asosida shakllanadi.Hozirgi davrda 0‘zbekistonda agrosanoat kombinatlari va birlashmalari shaklida yaratilgan integratsiyalashgan tuzilmalar holding kompaniyalari deb yuritiladi. Bunda mulkiy integratsiya bosh korxona aktsiyalari-nazorat paketlari vositasida qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlami tashkiliy-mohyaviy birlashtirish asosida yagona tizim yaratish yuz beradi.
Holding kompaniyalari - bu qator qishloq xo‘jaligi, sanoat korxonalari hamda muzlatgichli saqlash, transport, hattoki savdo xo‘jaliklari yig‘indisi bo‘Hb, ular ayniqsa, meva-sabzavot, konserva, uzumchilik, vinochilik va boshqa ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil etishning yana bir shakli - ishlab chiqarish (ilmiy-ishlab chiqarish) tizimlari. Ular o‘zlarida ma’lum tur mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash bosh tashkilotning tashkiliy va texnologik rahbarligi ostida o‘zaro mas‘uhyat va manfaatdorlik tamoyillari bilan ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalar asosida faoliyatining boshqa turlari bilan ham shug‘ullanishini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar guruhining shartnomaviy munosabatlarini ko‘rsatadi.
Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy o ‘zaro bog‘lanishi, ya’ni integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Bu hol agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan, cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishni ta’minlashga, texnika va texnologiyalam rivojlantirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga, avtomatlashtirishga, elektrlashtirishga, kompyuterlashtirishga hamda tarmoqlami boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Ularning talab darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, raqobatbardosh oziq-ovqat hamda xalq iste’m oli mollari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Ular iste’m olchilarga sifatli va qulay usullar bilan yetkazib borilishi natijasida aholining shu mahsulotlar bilan ta‘minlanish darajasi ortib, majmua tarkibidagi tarmoqlarning foydalari ko‘payadi. Natijada agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligi yuksaladi. Agrosanoat majmuasining tarmoqlari bo‘yicha mamlakat eksportidagi, ya’ni valyuta tushumidagi salohiyati, ulushi. Buni bilish uchun agrosanoat majmuasi tarmoqlaridagi korxonalarning eksport qilgan mahsulotlariga, xizmatlariga olingan valyuta shaklidagi haq tushumlarining bir yillik yig‘indisini aniqlash zarur. Uni yagona valyuta birligida ko‘rsatish uchun AQSH dollarida davlat kursiga binoan aniqlash lozim , kelajakda o‘z mavqesini oshirib borayotgan yevroda ham hisoblash maqsadga muvofiqdir. Agrosanoat majmuasi barcha valyuta tushumining respublika jami valyuta tushumiga nisbati bilan majmuaning salmog‘ini aniqlash mumkin. Hozirgi davrda bu ko‘rsatkichning salmog‘i 60 foizga yaqinlashib qolgan. Shundan 24-26 foizini paxta tolasini sotishdan olinayotgan valyuta tashkil etmoqda. Hozirgacha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 95,3 foizi chetga eksport qilinmoqda. Shuning natijasida sezilarli miqdordagi valyuta respublikaga olib kelinmoqda. Masalan, 2001-yili ishlab chiqarilgan 1250,8 ming tonna paxta tolasining 829,4 m ing tonnasi chetga sotilib, 912,4 mln AQSH dollari miqdoridagi chet el valyutasi respublika g‘aznasiga tushgan. Har bir tonna paxta tolasi 1100 AQSH dollariga sotilgan. Demak, mamlakat eksport salohiyatini belgilovchi muhim ko‘rsatkich bo‘yicha qishloq xo‘jaligi bilan «0‘zpaxtasanoat» uyushmasining salmog‘i katta.Mamlakat agrar sektori ertapishar va kechpishar meva hamda sabzavot, poliz, yong‘oq,kabi mahsulotlami ishlab chiqarishda katta salohiyatga ega. Takliflar ichki talabdan yuqori bo‘lib, eksport hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Shu bois, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish maqsadida dehqon va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olish, ichki va tashqi bozorga olib chiqish va qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fermerlaming agrofirma kabi ixtiyoriy uyushmalari yana qaytadan tashkil qilindi. Agrofirmalar xorijiy davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmlarining ko‘payishiga muayyan hissa qo‘shmoqda. Masalan, birgina 2007 yilning o‘zida mavjud 195 ta agrofirmaning 64 tasi yil davomida 6 ming tonnaga yaqin mahsulot eksport qilishga erishdi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tashkil qilish jarayonida qishloqda xususiy mulkchilik shakllandi. Bundan tashqari, sho'rolar davrida iste’molining 80 foizi import hisobidan ta‘minlab kelingan mamlakatimiz o‘ta qisqa fursat ichida g‘alla mustaqilligiga erisha oldi. Natijada, g‘alla yetishtiriladigan maydonlar salkam ikki baravar yoki 82 703,6 ming gektarga, sug‘oriladigan yerlarda esa bevosita 2,8 baravar yoki 875,6 ming gektarga oshdi. Paxta ekin maydonlari 268,1 ming gektarga qisqardi. Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarim yetishtirish ilmiy asoslangan parametrlarga yaqinlashtirildi: ekin maydonlari tarkibida g‘alla ekinining ulushi 40,6 foizga, paxta maydonining ulushi esa 43,6 foizga yetkazildi.
Qishloq xo'jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi — yerning miqdori va sifatini tabiatning o'zi cheklab qo'ygan, uni inson ko'paytirishga qodir emas. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to'g'ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo'lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilaming liech qanday aralashuvisiz, tabiiy o'zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o'simlik «oziqlanishi» mumkin boMgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilaming tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yoM bilan, masalan, yerni organik va kimyoviy o'g'itlash. ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, ilmiy asoslangan sug‘orish, irrigasiya va meliorasiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yoMlar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, unumdorligi turlicha bo‘lgan yerlardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish, qishloq xo‘jalik korxonalarini moliyalashtiruvchi maxsus jamg‘armalarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligi korxonasini soliqqa tortish va soliq tolash mexanizmini soddalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining Farmoni bilan, fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan to‘qqizta soliq turi o ‘rniga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yagona yer solig‘i joriy qilindi. Soliqqa tortishda soliq miqdorini yerning sifatiga qarab hisoblash va bu jarayonga tabaqalashtirilgan ravishda yondoshish muhim ijtimoiy-iqtisodiy masala bo‘lib, xo‘jaliklarga bir xil iqtisodiy sharoit yaratib berishni ta’minlash imkoniyatini yaratdi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham to'rt omil — yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, ya'ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.
II BOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |