Korporativ boshqaruv


O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishni jadallashtirishga mo’ljallangan strategiyani amalga oshirish to’g’risida chora-tadbirlar



Download 41,14 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi41,14 Kb.
#218520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot Kurs ishi

2.1. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishni jadallashtirishga mo’ljallangan strategiyani amalga oshirish to’g’risida chora-tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijro etilishini ta’minlash maqsadida:



1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-

yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

2.Shu belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2020-yilda: 1)“oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish” yo‘nalishida 2020-yil 1-oktabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

2) “qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish” yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar 2021-yil hosilidan boshlab bozor konyunkturasi tahlili va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish xarajatlarning prognoz hisob-kitobi asosida paxta-to‘qimachilik klastyerlari uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning shartlarini aniqlashda minimal narxlarni belgilash yo‘li bilan paxta xomashyosi narxlarini shakllantirish, xarid qilish va sotishning bozor tamoyillariga o‘tishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;3) “sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish” ; 4) “tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasini ta’minlash tizimini takomillashtirish”; 5) “boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish” yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning vakolat va faoliyat yo‘nalishlari funksional baholash mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2020-yil 1-mayga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv tizimini funksional baholash asosida sohada davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi.

6) “fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash” yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin: a) 2020-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

b) 2020-yil 1-iyulga qadar agrosanoat majmuini o‘rta muddatli dasturiy moliyalashtirish tamoyillariga o‘tkazish.

7) “ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish” yo‘nalishida 2020-yil 1-martdan boshlab agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba muassasalarining bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirish shartlariga o‘tkaziladi.

Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:


  • aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;

  • qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;

  • soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;

  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash;

  • davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;

  • tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish;

  • qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;

  • qishloq hududlarini rivojlantirish;

  • tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish.

Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat. Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM), shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi.Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi natijasida yangidan-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ishga tushirildi. Xo'jalik yuritishning zamonaviy uslublari va ilg'or shakllari, jumladan, turli ixtisoslashuvdagi klasterlar, qishloq xo'jaligi birlashmalari (kooperatsiya) tashkil etildi. SHu bilan birga, hududlarda jami 51,9 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:

1)aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash;

2)boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;

3)sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish;

4)xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;

5)ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

6)chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.

Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi sohasini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:

-yer ajratish va uni olib qo‘yishda shaffof tizim yaratiladi, korrupsiya va boshqa subyektiv holatlarning oldi olinadi, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini kafolatlaydigan tizim yaratiladi;

-yerlarni noqonuniy ajratish, ulardan xo‘jasizlarcha foydalanish holatlari keskin kamayishiga erishiladi;

-1,1 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zlashtiriladi, 535,6 ming gektar lalmi, yaylov va boshqa yerlardan foydalanish samaradorligi ortadi;

-qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;

-yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning haqiqiy bozor narxi shakllanadi, bu huquqdan garov ta’minoti sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi, tadbirkorlar va aholi qo‘lidagi kapital qiymati o‘z o‘zidan ortadi, yer solig‘i solinadigan bazani kengaytirish imkoniyati yaratiladi;

-respublika hududlarida sug‘orishning suv tejovchi tizimlaridan foydalanilish maydonlari kengaytiriladi va ushbu tizimlarni joriy qilishni rag‘batlantirish mexanizmlari takomillashtiriladi;

-suv iste’molchilari va suv yetkazib beruvchilar o‘rtasida hisob-kitoblar iste’mol qilingan suvni yetkazib berish uchun qilingan haqiqiy xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda va bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi;

-hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir xil mahsulotlarni yetishtirish, agroinnovatsion g‘oyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi;

-paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan qabul qiluvchilar o‘rtasida mahsulot hajmiga qarab shartnoma tuzish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

-qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatishning shaffoflik va raqobatga asoslangan bozor xizmatlari rivojlanadi;

-qishloq xo‘jaligida o‘rtacha mehnat unumdorligi 1,7 barobar oshadi;

-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha 3,4 mln tonna quvvat yaratiladi;



-mahsulotlarni qayta ishlash ko‘rsatkichi 30 foizga yetkaziladi (2030-yilga qadar eksport hajmi 20 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi).


Download 41,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish