Korporativ boshqaruv



Download 41,14 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi41,14 Kb.
#218520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot Kurs ishi

I BOB

1.1. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi fanining predmeti, vazifasi, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati.
Qishloq xo’jaligi – O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq xo'jaligining muhim vazifalaridan biri mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan, qayta ishlash sanoatini esa zarur qishloq xo'jalik xom-ashyosi bilan ta’minlashdan iboratdir. Xo'jalik yuritishning ilmiy asoslanganlik darajasini yuksaltirish, ishlab chiqarishni boshqarishda tashabbuskorlik va faollikni kuchaytirishning asosiy sharti bo'lib qishloq xo'jaligi mutaxassislarini iqtisodiy jihatdan tayyorlash hisoblanadi.Shu sababdan, "Qishloq xo'jaligi infratuzilmasi" fanining asosiy maqsadi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning faoliyat ko'rsatish hamda ularning qishloq xo'jaligida amal qilish shakllarini o'rganishdir.Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi- tarmoqdagi korxonalarning samarali faoliyatini ta'minlash,qishloq xo'jaligining pirovard mahsulotini ko'paytirish va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan sohalar majmui hisoblanadi.Qishloq xo'jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari, jumladan elektr energiyasi ta'minoti, transport xizmati, aloqa xizmati, ta'mirlash va texnik xizmat, moddiy-texnika ta'minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlami iste'molchiga yetkazib berishni ta'minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilaming rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Infratuzilma so‘zi lotincha «infrastructure» so'zidan olingan bo‘lib, «infra» - quyi, asos va «structure» - tuzilish, joylashish kabi ma'nolarni anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor «zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi» sifatida muomalaga kiritilgan bo‘lsa, 1940-yillarga kelib g‘arb davlatlarida infratuzilma «ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zamriy shart-sharoitlar yaratuvchi subyektlaming yaxlit bir tarkibi» sifatida qo‘llanila boshlandi.Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi davrida infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy, institutsional, ekologik va bozor subyektlari sifatida alohida faoliyat ko‘rsatsada, ular o‘zaro munosabatlarda bir-biriga bog'liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular tomonidan mahsulotlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish, ta'minot, ta'mirlash va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Mazkur infratuzilma subyektlari korxonalarda ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.

Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolaming madaniy, maishiy, ma'naviy, ma'rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining tunnush farovonligiga ijobiy ta’sir etuvchi sohalami o‘z ichiga olgan va bog'lovchi tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan bog'liq tashkiliy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari darajasida iqtisodiyotning hududiy,tarmoq va alohida ishlab chiqarish qismlariga bo‘linadi.

Bozor infratuzilmasi - jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va iming rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo'lishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini biijalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa shu kabilar tashkil etadi.

Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit, atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, fuqarolaming tabiat va atrof-muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari, shuningdek ekologiya bilan shug‘ullanadigan xalqaro va ijtimoiy tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlarni kamaytirish asosida tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurgizishni o‘z ichiga oladi.



Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini,takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta'minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ulami hayotga joriy etish masalalarini, tarmoqda mavjud resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlami tejash hamda samaradorlikni oshirish yo'llarini o'rgatish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi hisoblanadi. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rgatishi lozim:

• qishloq xo'jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni, ahamiyati, uning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini;

• tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrariqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ularni rivojlantirish yo'llarini;

• qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning

faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo'llari;

• tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish tartibini o'rganish, ulami takomillashtirish va rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish;

• qishloq xo'jaligida qilinadigan doimiy va o‘zgaruvchan, o‘rtacha

xarajatlarni, ulaming tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o'rgatish;

• tarmoqda iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishda foydalanilayotgan baholar tizimini, daromad va foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish;

• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini va boshqa masalalarini o‘rganish.

«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘z predmetini o‘rganishda

quyidagi usullardan foydalanadi:

a) dialektika usuli. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani o‘zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektika qonuniga asoslangan holda tadqiq etadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro bog'liqlikda va doimiy rivojlanishda deb qaraladi;

b) deduksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi nazariy g‘oyalarga asoslangan holda ulami amaliyotga tatbiq qilish mexanizmini o‘rganish deduksiya usulining mohiyatidir;

d) induksiya usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘rganib, shular asosida nazariy g'oyalami yaratish jarayoni induksiya

usulining mohiyatidir;

e) analiz usuli. Ko'zlangan maqsadga erishish maqsadida biror iqtisodiy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumotni qismlarga ajratib o‘rganish usulidir;

f) sintez usuli. Iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlami umumlashtirib, tegishli xulosalar chiqarish usulidir;

g) iqtisodiy-statistik usul. Ushbu usul qishloq xo'jaligidagi keng ko'lamli iqtisodiy jarayonlami o'rganishda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-statistik usul tegishli xulosalar chiqarish maqsadida ma'lum yo‘nalishdagi ma'lumotlami to‘plash, guruhlash, tahlil qilish va ulardan foydalanishni anglatadi;

h) monografik usul. O'rganilayotgan mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish maqsadida mazkur yo'nalishdagi ilg‘or mintaqalar va xo‘jaliklar faoliyatini chuqur o'rganish va taqqoslash mazkur usulning mohiyatidir;

i) iqtisodiy-matematik usul. Mazkur usul bir qancha omillar ta'sir etuvchi murakkab iqtisodiy jarayonlarai o‘rganishda qo‘llaniladi. Ma'lum ishlab chiqarish omillari mavjud bo'lganda biror natijaga erishish uchun turli muqobil variantlarni o'zaro taqqoslab, ular orasidan eng ma'qulini tanlab olishda iqtisodiy-matematik usullarning ahamiyati kattadir. Bunda kompyuter texnologiyalaridan ham keng foydalaniladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi. Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Qishloq xo‘jaligida xususiy mulkning mohiyati shundan iboratki, moddiy sharoitlarda ishlab chiqarish natijalari ayrim shaxslarga qarashli bo‘ladi. Bu turdagi mulkda mehnat natijalari o‘zlashtirishning xususiy mulkchilik qonuniga muvofiq, mulkdoming o‘ziniki hisoblanadi va u mustaqil xo'jalik yuritib unga egalik qiladi. Xususiy mulk fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, ijara, jamoa, korporativ korxonalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, xo‘jalik assotsiatsiyalari (birlashmalari) mulklarini o‘z ichiga oladi. Xususiy mulk davlat mulki tarkibiga kirmagan barcha mulklardir.

1998 yilga nisbatan 2009 yilda fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlari hajmi 11,0 martaga o‘sib, har bir fermerga to‘g‘ri keladigan o'rtacha yer maydoni 1998 yil 19,4 gektardan 2009 yilda 60,7 gektarga yetdi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning jadallashuvi birinchidan iqlimga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan albatta, mehnat resurslari bilan zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarga bog‘Hq. Qishloq xo‘jaligida resurslar ishlab chiqarish tarkibiga turli materiallar, ishchilar, mashina va inventarlar tayyorlash, texnika vositalarini yangilash, alohida ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnika va uskunalami kompleks ishlatish, yemxashak ishlab chiqarish, urug‘liklar, ko‘chatlar, shuningdek ko‘p yillik daraxtzorlar yaratish, bog‘ va tokzorlar yaratish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, parrandachilik va baliqchilikda, o‘rmon xo‘jaligida yangiliklar yaratish va ishlab chiqarish jarayonini yanada intensivlashtirish kabilar kiritiladi. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarini ishlab chiqarish ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida olib boriladi.




Download 41,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish