Korporativ boshqaruv


Qishloq xo’jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalar



Download 41,14 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi41,14 Kb.
#218520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot Kurs ishi

2.2. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalar.
Qishloq xo’jaligidagi muammolarni hal qilishning muhim omili va shart-sharoitlaridan biri, bu investitsiya faolligini yanada kuchaytirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulot sifatida eksport qilish uchun faqat institutsional o’zgarishlarni amalga oshiribgina qolmay, balki bu sohaga keng qamrovli investitsiyalarni olib kirish lozim. Investitsiyalar qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishda muhim omil bo’lib, u kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi sohasida samaradorlikka erishish, mehnat unumdorligini oshirish, qo’l mehnatini qisqartirish, mahsulot tannarhini kamaytirish, qishloq aholisi turmush darajasini yanada oshirishda, qolaversa, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini oshirishda, mamlakatning oziq-ovqat ta’minotida investitsiyalarning o’rni va ahamiyati juda katta. Mamlakatimiz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat. Shu borada ichki imkoniyat va zaxiralarimizni ishga solishning eng muhim yo‘nalishi bizning zaminimizdagi boy mineral xomashyo va o‘simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, shuningdek, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirishdan iborat bo‘lishi kerak. Texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik toza to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2020– yilning yanvar –dekabr oylarida qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 260,3 trln. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 251,8 trln. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 6,7 trln. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1,8 trln. so‘mni tashkil qildi.

So‘nggi yillarda mamnuniyat bilan aytish joizki, mamlakatimizda oziq-ovqat

xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston dunyoda egallagan o‘rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o‘z mavqeyini yaxshilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan “mo‘tadil” darajaga erishdi. Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o‘zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo‘lgan muammolardan bo’lib hisoblanadi.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi ham — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat. Ustuvor yo‘nalish aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish maqsadlariga , shu jumladan BMTning 2-BRM “Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iste’molni yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish”da belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi. Buning yaqqol natijasi o’laroq, bu soha aholining salmoqli qismining bandligini ta’minlab kelmoqda. Xususan, paxta, va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartishish, bo’shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensive bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini optimallashtirishga katta e’tibor berilmoqda.Prezidentimiz 2018-yil Sirdaryo viloyati faollari yig’ilishida paxtachilik masalasiga to’xtalib, “Bo’lsa-bo’lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xom-ashyo sifatida sotish — iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz”, deya alohida ta’kidladi. Qishloq xo’jaligi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, oxirgi uch yilda paxta ekiladigan maydonlar qariyb 215 ming gektar qisqartirilgani agrar sohani diversifikatsiyalashda ulkan qadam bo’ldi. Butun boshli tumanlarda esa umuman chigit ekilmayotgani, ta’bir joiz bo’lsa, tarmoqda chinakam yangilanishlar davri kechayotganidan dalolat. Darhaqiqat, ayni paytda Kitob, Asaka, Urgut, Bulung’ur, Jomboy, Zangiota, Bo‘stonliq, Qibray, Parkent singari 30 dan ziyod tumanlar paxta yetishtirishdan xalos etilgan. Tabiati, iqlimi meva-sabzavotchilik uchun juda mos bo’lgan mazkur hududlarda uzum, meva-sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirilib, ichki bozor servitamin ne’matlar bilan to‘ldirilayapti, katta qismi esa eksportga chiqarilmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur tashrifidan so‘ng birgina Sirdaryo viloyatida paxta maydonlari 20 ming gektar qisqartirilganini alohida qayd etish zarur. Bundan tashqari, salkam 1,5 ming gektarda anorzor, 118 gektar intensiv bog‘, 1,9 ming gektarda tokzor barpo qilinmoqda. Qolgan qismida esa kartoshka, poliz, ozuqa va boshqa ekinlar parvarishlanishi belgilangan. Bu esa aholi dasturxonini noz-ne’matlar bilan to‘ldirish barobarida, hudud eksport salohiyatini oshirishda ayni muddaodir. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori tarmoqdagi bunday o‘zgarishlarning huquqiy kafolatidir. Unda tuproq unumdorligi past bo‘lgan, oxirgi 3 yil mobaynida kam hosil olingan yerlarda paxta yetishtirilmasligi aniq-tiniq belgilab qo’yildi.Meva-sabzavotchilik qishloq xo’jaligining eng asosiy tarmoqlaridan hisoblanib, ushbu yo’nalishni rivojlantirishda bir qator ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlar to’g’risida»gi «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi, «2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida»gi, «2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, «2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risida»gi qarorlari, «2011-2015 yilar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash choratadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari kabi huquqiy hujjatlar ushbu tarmoqni yanada isloh qilish va rivojlantirish uchun xizmat qilmoqda. Qishloq xo’jaligini isloh etishda olib borilayotgan yo’nalishlardan biri sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash masalasidir. O’tgan yillarda bu borada amalga oshirilgan choralar natijasida 1 million 700 ming gektar sug’oriladigan yerning meliorativ holatini yaxshilanganligi, melioratsiya tadbirlari amalga oshirilgan ekin maydonlarida xosildorlik bir necha sentnerga oshgani bilan baholash mumkin. Qishloq xo’jaligi yer fondini qo’llab-quvvatlash va sifatini yaxshilash, paxta ekiladigan yerlarni optimallashtirish, boshoqli don ekinlari, sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik uchun ajratilgan maydonlarni kengaytirish hisobidan ekin amyydonlari tarkibida o’zgarishlarni amalga oshirilgan islohotlarning yana bir 38 yo’nalishidir. Buning natijasida O’zbekistonning g’alla mustaqilligiga erishganligi, aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – go’sht, sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga erishganligi bilan to’liq ta’minlashga erishilganli bilan izohlash mumkin. Mamlakatimiz kelgusidagi meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo’yicha ulkan imkoniyatlar mavjud. O’zbekiston noyob tuproq-iqtim sharoiti, quyoshli kunlar bir yilda 320 kun bo’lishi, barcha to’rt faslining izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli meva va sabzavotlarning asosiy navlarini yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Ekin maydonlari tarkibi optimallashtirish natijasida, ―Andijon, Kosonsoy, Chortoq, O’rta Chirchiq, O’zbekiston va Buvayda tumanlarida paxta ekin maydonlari qisman qisqartiriladi, Asaka, Yangiyo’l va Jomboy tumanlarida paxta ekishdan butunlay voz kechildi. Shu asosda paxtadan bo’shagan 30 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerdan don ekinlari, sabzovot, kartoshka yetishtirish yo’lga qo’yildi, bog’ va uzumzorlar barpo etildi. Bog’dorchilik sohasining o’ziga oslik jihatlari shundaki, u nafaqat bog’dorchilik sohasidagi muammolarga bog’liq, balki bevosita fermer xo’jaliklari faoliyati bilan ham bog’liqdir.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish - bu qo‘l mehnatini mashina mehnatiga, kam samarali mashinalami o'ta mukammallashganlariga, buzilgan mashinalami yangi mashinalar tizimiga almashtirish jarayonidir.Mexanizatsiyalashtirishning uchta darajasi mavjud:

- qo‘l mehnatining sezilarli ulushini saqlagan holda ishlab chiqarishning alohida jarayonlarini qamrab oluvchi qismi;

- mashinani qo‘l bilan boshqarish saqlab qolingani holda hamma jarayonlaming mexanizatsiyalanuvchi kompleksi;

- avtomatlashtirish - inson ishtirokisiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, nazorat qilish va boshqarishni amalga oshiruvchi

qurilma qo‘llaniladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvarda qabul qilgan “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4102-son qaroriga muvofiq fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, sektorlar doirasida ishlarni tashkil etish sifatini oshirish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish hamda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:



1) sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida sektorlarning “tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;

2) har chorakda kamida bir marotaba Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash hamda sektorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni muhokama qilish;

3) har chorakda kamida bir marotaba Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash hamda sektorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni muhokama qilish;

4) sektorlar rahbarlarining faoliyatini hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib xolisona baholash;

5) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish kabi vazifalar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha komissiyaga topshirildi. Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-son qarorida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish asosiy vazifa etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI” ning Ⅲ ustuvor yo’nalishida, ya’ni “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlaribo’limida alohida to’xtab o’tilgan.

3.3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:



  • tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yana-da mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yana-da optimallashtirish;

  • fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

  • kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

  • global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish.

Xususan, 3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish bo’limida esa:

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;

  • hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish koʻlamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yoʻli bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

  • yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xoʻjalik birlashmalarining mablagʻlarini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;

  • sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;

  • sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Shuni ham aytib o’tish joizki, “Qishloq xo‘jaligi infratuzilmalarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 2020-yil 4-avgustda O‘zbekiston Respublikasi va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida qo‘shimcha 46,2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 800 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari bo‘yicha qarz bitimining imzolandi. Loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSh dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSh dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSh dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 4,5 mln AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratilishi,irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln AQSh dollari. Bunda o‘rmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos o‘rnatish orqali suv chiqarishga 2 mln AQSh dollari, qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha — 4,1 mln AQSh dollari sarflanishi ko’zda tutildi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joizki, men ushbu kurs ish orqali qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish va qayta isloh qilish orqali xom-ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Iqtisodiyotni barcha sohalari, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, moliya tizimi, pul-kredit siyosati, bank tizimi, sanoat va xizmat ko’rsatish sohalari, investitsion siyosat, eksport va import faoliyatlari,qishloq xo’jaligi hamda viloyat, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qaror va farmonlari imzolanib, ularga asosan, shu sohalarni rivojlantirish bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Iqtisodiyotning har bir sohasi katta-kichikligidan qat’iy nazar ularning har birining qay darajada rivojlanishi butun O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmasdan qolmaydi.




Download 41,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish