Ankerli mustahkamlagich qo‘llaniladigan konlarda, ularni tiklash
bo‘yicha operatsiyalarni mexanizatsiyalash uchun turli xil o‘ziyurar
qurilmalardan foydalaniladi. «Atlas Kopko» firmasi ankerli mustahkamlagichni
tiklash uchun yuqori unumdorli «Boltek» o‘ziyurar
qurilmasini ishlab
chiqaradi
(8.24-rasm).
Ankerli
mustahkamlagichni tiklash
bo‘yicha qurilma burg‘ilash
mexanizmi, avtopodatchik va anker o‘rnatgichli platforma o‘rnatilgan
manipulyator bilan jihozlangan. Manipulyator qazish joyining har qanday
nuqtasida har qanday burchak ostida burg‘ilash mexanizmini va anker
o‘rnatgichni uzatish uchun strelasimon qurilmadan iborat. Burg‘ilash
mexanizmi sifatida pnevmatik yoki gidravlik perforatorlardan foydalaniladi.
Ularni qazish joyiga berish manipulyatorda o‘rnatilgan avtopodatchikni
(odatda, zanjirli) qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Burg‘ilash tugashida
burg‘ilash mexanizmi bir tomonga olib qo‘yiladi va anker o‘rnatgich yordamida
shpurga ankerni o‘rnatish amalga oshiriladi
(8.25-rasm).
8.24-rasm. Ankerli mustahkamlagichni o‘rnatish uchun«Atlas Kopko» ishlab chiqargan
«Boltek» o‘ziyurar qurilma sxemasi: 1 – rama; 2 – haydovchi kabinasi; 3 – dvigatel bo‘lmasi; 4
– manipulyator; 5 – manipulyatorning tayanch paneli; 6 –manipulyator pozitsioneri; 7
perforatorni siljitish uchun yo‘naltiruvchi platforma; 8 – perforator; 9 – anker o‘rnatgich
tizimining avtopodatchigi; 10 – domkratlar (burg‘ilash qurilmasi uchun tayanchlar); 11 –
perforator platformasi pozitsioneri.
8.25-rasm. Anker o‘rnatgich va burg‘ilash mexanizmi uzeli.
8.29-rasm. «Kabeltek» qurilmasi bilan trosli mustahkamlagichni tiklash ( «Bransvik» koni,
Kanada).
Ankerlarni mustahkamlashda ishlatiladigan mexanizmga bog‘liq holda,
ankerli mustahkamlagichni tiklash bo‘yicha qurilma qo‘shimcha butlanadi
(komplektlanadi). «Svelleks» ankerli mustahkamlagichni
tiklashda qurilma
yuqori bosimli nasos bilan, temir betonli ankerlarni tiklashda esa – sementli
aralashmani tayyorlash uzeli bilan va uni shpurga berish nasosi bilan, polimer
qulfli ankerlardan foydalanishda smolali kapsulani berish qurilmasi bilan yoki
shpurga
suyuq
polimerni
berish
nasosi
bilan
jihozlanadi.
Ankerli
mustahkamlagichni tiklash uchun o‘ziyurar qurilmalardan
foydalanish kovlab
borish tezligini keskin oshirish imkonini beradi.
8.30-rasm. Kontaktli elektrovoz ( «Kiruna» koni, SHvetsiya).
Trosli
mustahkamlashni
tiklash
bo‘yicha
operatsiyalarni
mexanizatsiyalash uchun «Atlas Kopko» firmasi tomonidan «Kabeltek»
qurilmasi loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilmoqda
(8.29-rasm).
«Boltek», «Skeyltek» va «Kabeltek» qurilmalari tom balandligi bo‘yicha
boshqarilishli ishlab chiqariladi, bu qurilmani past qazish joylarida yoki
lahimlarida qo‘llash, burg‘ilovchiga esa ish vaqtida yanada qulay sharoitlar
yaratish imkonini beradi. Er osti ishlaridagi ko‘pgina jihozlar kabi, burilish
radiusini kamaytirish va harakatchanligini yaxshilash
uchun barcha qurilmalar
ikkita sharnirli biriktirilgan qismlardan tayyorlanadi
(8.28-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: