Kon mashinalari va komplekslari haqida ma’lumotlar reja: Ruda va jinslarni maydalash uchun jihozlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana22.10.2022
Hajmi3,89 Mb.
#855450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza-8

(8.3-rasm). 


8.3-rasm. Pnevmoshinali yurishdagi burg‘ilash qurilmasi sxemasi: 1 

rama; 2 

dvigatel; 3 – 
haydovchi kabinasi; 4 - burg‘ilash shtangi; 5 - manipulyatorlar; 6 - manipulyatorning tayanch 
paneli; 7 - pozitsioner; 8 - perforatorni ko‘chirish uchun yo‘naltiruvchi platforma; 9 - 
perforatorlar; 10 - domkratlar ( burg‘ilash qurilmasi uchun tayanchlar).
Burg‘ilash qurilmalari avtopodatchikli burg‘ilash mexanizmi o‘rnatilgan
manipulyatorlar bilan jihozlangan. Manipulyator burg‘ilash mexanizmini 
qazish joyining har qanday nuqtasida har qanday burchak ostida uzatish uchun 
strelaga o‘xshash qurilmadan iborat 
(8.4-rasm). 
Burg‘ilash mexanizmlari 
sifatida pnevmatik yoki gidravlik perforatorlardan foydalaniladi 
(8.5-rasm). 
Ularni qazish joyiga berish manipulyatorda o‘rnatilgan avtopodatchikni 
qo‘llash bilan amalga oshiriladi 
(8.6-rasm) 
(odatda, zanjirli). Burg‘ilash 
jarayonini jadallashtirish va qo‘l mehnati ulushini kamaytirish uchun
manipulyatorlarda burg‘ilash shtanglarini uzaytirish tizimi o‘rnatiladi 
(8.7-
rasm). 
Tom balandligi bo‘yicha boshqariladigan qurilmalar ishlab chiqarilmoqda, 
bu qurilmani past qazish joylarida yoki lahimlarida qo‘llash, burg‘ilovchiga esa 
ish vaqtida yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi. 
Burg‘ilash qurilmalari bilan 5 m gacha chuqurlikdagi shpurlar yoki 85 mm
diametrli 10 m chuqurlikdagi quduqlar burg‘ilanadi. Ulardan foydalanish 
burg‘ilash 
jarayonini 
to‘liq 
mexanizatsiyalashtiradi. 
Bundan 
tashqari, 
burg‘ilovchining mehnat sharoiti engillashadi, perforator titrashi ta’siri bo‘lmaydi 
va qazish joyida shovqin, chang, tuman ta’siri kamayadi, chunki burg‘ilovchi 
burg‘ilash jarayonini masofadan turib boshqaradi. Burg‘ilovchining mehnat 
unumdorligi keskin oshadi. Burg‘ilash qurilmalarini 6-8 m
2
kam bo‘lmagan 
ko‘ndalang kesim maydonli qazish joylarida qo‘llash mumkin. Burg‘ilash 
qurilmalari - murakkab mashinalar, agar ular to‘liq smenaga ish maydoni bilan 
ta’minlansa, ularni qo‘llash samarali, shuningdek, agar ularning yuqori darajali 
xizmat ko‘rsatishi ta’minlansa. 


 8.4-rasm. «Atlas Kopka», SHvetsiya. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan 
manipulyator ko‘rinishi
Burg‘ilash qurilmalari ikkita yoki uchta va undan ortiq manipulyatorlardan 
qilinadi 
(8.8-rasm). 
Manipulyatorlarda perforatorlar kabi savatlar ham 
o‘rnatilishi mumkin, ular quyidagilarni amalga oshiradi: burg‘ilash shtangini 
almashtirish, portlash tarmog‘ini montaj qilish, portlashdan so‘ng shipni ko‘rib 
chiqish va b. 
Quduqlarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladigan aylanma-zarbli harakatli 
burg‘ilash qurilmalari (dastgohlar) quvvatli kolonkali perforatorlardan deyarli 
farq qilmaydi. Dastgohlar shunday tuzilganki, bunda quduqlarni burg‘ilashni 
har qanday yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Ko‘pincha bunday dastgohlar 
elpig‘ichli quduqlarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladi. Quduq diametri - 165 mm 
gacha va burg‘ilash chuqurligi 100 m. gacha. Turli ko‘rinishli qilinadi, gusenitsali 
shassiga (SBU-70 dastgohlari, Rossiya) yoki g‘ildirakli shassiga (PBU-80M, 
Rossiya, «Simba», SHvetsiya) ega. 


8.5-rasm. «Atlas Kopko», SHvetsiya firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab 
chiqariladigan «KOP» ko‘rinishli gidravlik perforator: a – umumiy ko‘rinishi; b 
– 
asosiy 
uzellari.
Er osti konlarida cho‘ktirma pnevmozarbli zarbli-aylanma harakatli
NKR-100M 
burg‘ilash 
dastgohlari 
keng 
tarqalgan. 
CHo‘ktirma 
pnevmozarblilar 
Rossiyada 
40-yillarda 
ishlab 
chiqarilgan. 
Bunday 
dastgohlarning o‘ziga xosligi shundaki, zarbli mexanizm (pnevmoudarnik) 
bevosita burg‘ilash koronkasi orqasida bir yo‘la joylashgan va burg‘ilashda u 
bilan birga quduqlarga cho‘ktiriladi 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish