(8.9-rasm).
Koronka bo‘ylab zarb kuchi
quduq chuqurlashuvi bilan o‘zgarmaydi. Xorijda ham cho‘ktirma pnevmozarbli
dastgohlar burg‘ilash uchun tayyorlanadi va qo‘llaniladi
(8.10-rasm).
SHaroshkali burg‘ilashli dastgohlar beso‘naqayligi, tuzilishi va xizmat
ko‘rsatishi murakkabligi sababli cheklangan qo‘llanilishga ega. Bunday
dastgohlar bilan burg‘ilash uchun 140-200 kN bosimli kuchlanish lozim, bu
gidroyuritma vositasida yaratiladi. Konlarda BSH-145M sharoshkali burg‘ilashli
ko‘chma dastgohlar qo‘llaniladi.
8.6-rasm. Burg‘ilashda perforator podatchiki ko‘rinishi, «Atlas Kopko», SHvetsiya
8.6-rasm. Burg‘ilash shtangini uzaytirish tizimi ko‘rinishi, «Atlas Kopko»,
SHvetsiya.kompaniyasi ishlab chiqargan
8.8-rasm. «Rokket Bumer»o‘ziyurar burg‘ilash qurilmalari ( «Atlas Kopko», SHvetsiya firmasi
ishlab chiqargan): a – uchta manipulyatorli; b – bitta manipulyatorli.
8.9-rasm. CHo‘ktirma pnevmozarbli burg‘ilash qurilmasi sxemasi: 1 – burg‘ilash koronkasi; 2 –
cho‘ktirma pnevmozarbli; 3 – burg‘ilash shtangi; 4 – beruvchi mexanizm (pnevmotsilindr); 5 –
aylanuvchi mexanizm; tirgakli kolonka.
SHpurlar
va
quduqlarni
zaryadlashni
mexanizatsiyalash
uchun
qurilmalar, asosan, shpurda (quduqda) donadorlangan PMni joylashtirish uchun
qo‘llaniladi
(8.2-bo‘limga qarang).
Zaryadlar shpur yoki quduqqa shlanglar
bo‘ylab PM beradigan siqiq havo vositasida amalga oshiriladi. Har bir zaryadli
qurilma o‘zining sarflash bunkeriga ega, undan PM zaxiralari to‘ldiriladi. Katta
bo‘lmagan o‘lchamli qazish joylarida va zaryadlashning kam hajmlarida
«Kurama» ko‘chma zaryadli qurilmadan foydalaniladi. Ko‘p sonli shpurlar va
quduqlarni zaryadlash uchun ko‘chma (o‘ziyurar emas) va o‘ziyurar zaryadli
qurilmalar qo‘llaniladi. Relsli yurishdagi yoki sirpang‘ichlardagi «Vaxsh»,
«ZP», «Ulba», UZDM ko‘chma qurilmalari, shuningdek, g‘ildirakli yurishdagi
o‘ziyurar ZMKD va PMSHZ eng ko‘p tarqalgan. Zaryadli qurilmalar bir
daqiqada 100 kg gacha PM unumdorlikli 50-250 m masofada qazish joyiga
shlanglar bo‘ylab PM tashishi mumkin.
KPV va KPN mexanizatsiyalashgan komplekslar
(8.31-bo‘limga qarang)
ko‘tarma devoriga qattiq mahkamlangan rels bo‘ylab harakatlanadigan o‘ziyurar
polkadan ( ishchi maydonli kabina va uning ustida himoya to‘sqichli) iborat
( 8.31,
8.34.g-rasmlarga qarang).
Bu maydondan ishchilar teleskopli perforatorlar bilan
burg‘ilaydi va shpurlarni zaryadlaydi, portlashdan so‘ng massiv bilan kuchsiz
bog‘langan va to‘satdan tushishga qodir bo‘lgan to‘siqlar- jinslarning alohida
bo‘laklari qazish joyidan yig‘ib olinadi (tozalanadi). Bunday komplekslarni
qo‘llash qazish joyiga ko‘tarilishni va undan kishilarni, materiallarni, burg‘ilash
va boshqa jihozlarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi. KPV yoki
KPN turidagi komplekslar ba’zan qazib olishda rudani maydalash uchun ham
qo‘llaniladi.
8.10-rasm. CHo‘ktirma pnevmozarb tuzilishi ( firma «Atlas Kopko», SHvetsiya).
8.11-rasm. Burg‘ilash qurilmasi «Simba», firma «Atlas Kopko».
Ruda konlarini qazib oluvchi konlarda, mexanik maydalash, asosan kovlab
borish va qazish kombaynlaridan – jinslarni emiruvchi organ va yuklaydigan
qurilma bilan jihozlangan gusenitsali yoki shinali yurishdagi o‘ziyurar
mashinalardan foydalaniladi. Kovlab borish kombaynlari qazish joyidan rudani
etkazish va tashish vositalari mavjud kompleksda ishlaydi va o‘zidan oldingi
cheklangan ko‘ndalang kesimli lahimni qazish bilan olib boradi. Bunday
kombaynlarning ishchi organi freza yoki qirralari qirquvchi shnek shakliga ega, u
manipulyatorga o‘rnatilgan, uning vositasida qazish joyining barcha maydoni
ketma-ket qazib olinadi (KMP kombaynlari rangli metall konlari uchun va KMSH
- marganets konlari uchun). Ular 60 Mpa gacha qattiqlikdagi jinslarda va
rudalarda qo‘llaniladi. Dumaloq ko‘ndalang kesimli ko‘tarmalarni kovlash borish
uchun qattiq jinsli konlarda qazish joyini birdaniga butun kesimi bo‘ylab
emiruvchi sharoshka ko‘rinishidagi ishchi organli kovlab borish kombaynlari ham
qo‘llaniladi (1KV1, 2KB kombaynlari va «Robbins» qurilmasi)
( 8.32.,. 8.34.d,e-
rasmlar).
8.12-rasm. Mexanizatsiyalashgan qazib olish kompleksi (ICHB «Belaruskaliy» Soligorsk sh.,
resp. Belarus): 1
–
qazish kombayni frezasi; 2
–
mexanizatsiyalashgan ko‘chma
mustahkamlagich.
Qazish kombaynlari kombayndan, qazish joyi konveyeridan va
mexanizatsiyalashgan ko‘chma to‘suvchi mustahkamlagichdan iborat bo‘lgan
mexanizatsiyalashgan qazib olish komplekslari tarkibiga kiradi
(8.12-rasm).
Ular rudalarni uzun qazish joyili (lavalar bilan) qazib olish uchun qo‘llaniladi.
Qazish kombayni qazish joyi konveyerining ramasiga o‘rnatiladi va tortuvchi
zanjirlar vositasida qazish joyi bo‘ylab siljiydi. U qattiq qotishmalardan bo‘lgan
tishli barabanlar ko‘rinishidagi yonlama ishchi organ bilan jihozlangan,
kombayn qazish joyi bo‘ylab harakatlanishida undan 1 m.ga yaqin qalinlikdagi
qirindilarni
yig‘ishtirib oladi. Bunday turdagi mexanizatsiyalashgan
komplekslar marganetsli, kaliyli va b. yumshoq rudalarni qazib olishda
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |