Kon mashinalari va komplekslari haqida ma’lumotlar reja: Ruda va jinslarni maydalash uchun jihozlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana22.10.2022
Hajmi3,89 Mb.
#855450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza-8

Kondagi ko‘tarish komplekslari 
ko‘tarma mashinalarni, ko‘tarma idishlar va 
arqonlarni, koper va koperli shkivlarni o‘z ichiga oladi. 
Ko‘tarma idishlar sifatida kletlar va skiplardan foydalaniladi. Kletlar – bir-
ikki qavatli savatlar, ular kishilarni, jihozlar, materiallarni ko‘tarish-tushirish, ruda 
va rudali massani ko‘tarish, shuningdek, katta bo‘lmagan konlarda, skipli 
ko‘tarilish bo‘lmaganda, vagonetkalarda bo‘sh jinslarni yuzaga ko‘tarish uchun 
mo‘ljallangan. Skiplar – 2 dan 25 m

gacha sig‘imli to‘g‘ri burchakli ko‘ndalang 
kesimli cho‘zilgan metall koroba, rudani, rudali massani va bo‘sh jinslarni 
ko‘tarishda qo‘llaniladi. Ular yuqoridan dozatorlar bilan yuklanadi, yuzada yoki 


pastdan ochiladigan ostdan yoki ag‘darish vositasida bo‘shatiladi. Skiplar yoki 
kletlarni ko‘tarish maxsus ko‘tarma mashinalar bilan amalga oshiriladi. Skiplar 
yoki kletlar shkiv (novli g‘ildirak) orqali oshirib tashlangan arqon vositasida 
ko‘tarma mashina bilan birlashtirilgan. SHkivlar stvollar ustidagi metalli va temir 
betonli minoralar- koperlarga o‘rnatiladi 
(8.39-rasm).
Suv chiqarib tashlash jihozi, odatda, stvol oldi qo‘rasi lahimlariga 
o‘rnatiladi. Kon uchastkalaridan suv stvolga er osti lahimlari suv to‘plagich 
ariqlari bo‘ylab o‘z oqimi bilan oqadi va suv to‘plagichlarda yig‘iladi. Suv 
to‘plagichlardan suv suv to‘plagichlar yaqinida nasos stansiyalarida joylashgan 
nasoslar bilan yuzaga tortib olinadi. 
Konlarda, asosan, markazdan qochirma nasoslar qo‘llaniladi. Ular radial 
parrakli ishchi g‘ildirakka ega, aylanganda suv markazdan qochirma kuchlar 
ta’siri ostida nasos markazidan uning chetidagi bosimli quvurga tushadi. Nasos 
markazida zaryadsizlanish yuzaga keladi va u erga suv to‘plagichdan suv 
so‘riladi. SHaxta nasoslari suvni 300-500 (1000 gacha) m. balandlikka haydashi 
mumkin. Agar haydash balandligi yuqori bo‘lsa, unda oraliq qatlamlarda 
qo‘shimcha nasoslar o‘rnatiladi. 
Ventilyasiya uchun jihozlar. Xavfsizlik qoidalariga muvofiq, er osti 
sharoitlarida ishlashda toza havo sarfi har bir ishlovchiga kamida 6 m
3
/min 
tashkil etishi lozim. SHaxtaga havo yuzadan asosiy amollatish ventilyatorlari 
bilan zich yopilgan stvollar va shtolnyalar bo‘ylab haydaladi. Ventilyatorlar 
markazdan 
qochirma 
yoki 
o‘qli bo‘ladi. Markazdan qochirma 
ventilyatorlardan farqli ravishda, o‘qlilarda havo aylanuvchi valga o‘tkazilgan 
parraklar bilan itariladigan ventilyator o‘qi bo‘ylab harakatlanadi. 
 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish