O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Samarqand Davlat Universiteti 5A330101 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)” mutaxasisligi II-bosqich magistranti To’raqulov Jahongirning 2021–2022 o‘quv yili II-semestrda belgilangan Ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha HISOBOTI
Men To’raqulov Jahongir 2021–2022 o‘quv yili 2-semestrda belgilangan ilmiy amaliyot davrida quyidagi ishlarni bajardim:
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi huquqiy hujjatlari va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
Kafedra faoliyatini tashkil etilishi va uning ish tartibi, undagi loyihalar bilan tanishish
Amaliyot rahbari tomonidan berilgan individual topshiriqlarni bajarish
Kafedrada amaliyot rahbari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tavsiyanoma ishlab chiqish
Magistrlik dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq topshiriqlarni aniqlash va ularni bajarish
OTM da tashkil etilgan masofaviy ta’lim platformalarini, jumladan HEMIS axborot tizimi elektron ta’lim muhiti faoliyatini tashkil qilinishini o‘rganish
Talabalarni baholash tizimlarini, kredit-modul tizimini o‘rganish
Professor va katta o‘qituvchilarning dars jarayonlariga qatnashish va dars o‘tish uslublarini o‘rganish
Kefedrada o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda qatnashish
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishni o‘rganish
Hisobot yozish va amaliyot kundaligini rasmiylashtirish ishlarini yakunlash.
Kafedrada ilmiy seminarida hisobotni himoya qilish.
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi huquqiy hujjatlari va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. Men 2022 yil 14-mart kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim. “Dasturiy injiniring” kafedrasida men I.M.Boynazarov bilan uchrashdim. “Dasturiy injiniring” kafedrasining huquqiy hujjatlari bilan tanishib chiqdim:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari.
Nizomlar va yo‘riqnomalar.
Buyruqlar.
Kafedra rejalari.
Ilmiy kengash qarorlari.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari DTS lari.
O‘quv rejalar.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari namunaviy fan dasturlari.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ishchi fan dasturlari.
Talabalar va magistrlar to‘g‘risida ma’lumot.
Fanlar bo‘yicha reyting nazoratlari jadvali va reyting nazoratlari natijalari.
O‘quv yuklamalari.
Ilmiy ishlar.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
Kafedraning hamkorlik aloqalari.
Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari jamg‘armasi.
Topshiriqlar va ijro.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlar to‘g‘risida ma’lumot.
Tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risida ma’lumotlar.
Amaliyotlar.
Bayonnomalar.
Hisobotlar.
Ushbu 22 turdagi me’yoriy hujjatlar bilan bir qatorda va texnika xavfsizlik qoidalari bilan batafsil tanishib chiqdim.