Kafedrada amaliyot rahbari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tavsiyanoma ishlab chiqish Men 2022 yil 24-25-mart kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim. U yerda kafedrada amaliyot rahbarim I.M.Boynazarov bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tavsiyanoma ishlab chiqdik. I.M.Boynazarov mening ilmiy tadqiqot ishlarimni ko‘rib chiqib, ikki kun mobaynida o‘zining tavsiyalarini berdi. Dissertatsiyaning barcha muhim qismlariga o‘z fikr va mulohazalari hamda tavsiyalarini berdi.
Magistrlik dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq topshiriqlarni aniqlash va ularni bajarish Men 2022 yil 26-28-29-mart kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim. Kafedrada biriktirilgan I.M.Boynazarov hamda kafedradagi professor-o‘qituvchilar magistrlik dissertatsiya mavzusi bilan bog‘liq topshiriqlarni berdilar. Bu topshiriqlarni ularning yordamlari bilan to‘laqonli bajarishga xarakat qildim va kerakli tavsiyalarni oldim.
OTM da tashkil etilgan masofaviy ta’lim platformalarini, jumladan HEMIS axborot tizimi elektron ta’lim muhiti faoliyatini tashkil qilinishini o‘rganish Men 2022 yil 30-31-mart hamda 1-aprel kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim. Kafedrada bu uch kun mobaynida OTM da tashkil etilgan masofaviy ta’lim platformalarini, jumladan HEMIS axborot tizimi elektron ta’lim muhiti faoliyatini tashkil qilinishini o‘rgandim.
Masofaviy ta’lim jarayonini ta’lim tizimini boshqaruvchi dasturiy (LMS-Learning Management System) tizimlaridan foydalangan holda tashkil etish mumkin.
Oliy taʼlim jarayonlariniboshqarish axborot tizimi (HEMIS).
Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv va statistika" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan. HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu platformada ish tartibini tashkil etish va uni boshqarishni o‘rgandim.