Kafedra faoliyatini tashkil etilishi va uning ish tartibi, undagi loyihalar bilan tanishish
Men 2022 yil 15-16-mart kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim va u yerda kafedra faoliyatini tashkil etilishi va uning ish tartibi, undagi loyihalar bilan tanishdim. I.M.Boynazarov menga kafedra faoliyatini tashkil etilishi va uning ish tartibi, undagi loyihalar bilan tanishtirdi. Kafedra ish tashkil etilishi va uning ish tartibi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan 22 turdagi me’yoriy xujjatlarning ahamiyatini tushuntirib berdilar. Kafedrada tashkid etilgan loyihalar va ularning ahamiyatini birma-bir tushuntirib berdilar.
Amaliyot rahbari tomonidan berilgan individual topshiriqlarni bajarish
Men 2022 yil 17-18-19-mart kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim. Menga biriktirilgan amaliyot rahbarim I.M.Boynazarov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 6-oktyabrdagi PQ-4851-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish maqsadida, 2022 yil 9 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va AT-ta’lim tatbiqi muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tishini ta’kidladilar.
Ilmiy-amaliy anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha faoliyat yuritadi:
1-Sho‘ba: Dasturiy ta’minot va mobil ilovalari texnologiyalari;
2-Sho‘ba: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning amaliyotda qo‘llanilishi;
3-Sho‘ba: Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini boshqarish tamoyillari;
4-Sho‘ba: Axborot xavfsizligining nazariy va amaliy asoslari;
5-Sho‘ba: Kompyuterli modellashtirishning matematik usullari;
6-Sho‘ba: Intellektual boshqarish tizimlarini yaratish;
7-Sho‘ba: Ta’limda axborot va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi;
8-Sho‘ba: Informatsion jamiyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari;
9-Sho‘ba: Xorijiy tillarni o‘rganishda axborot texnologiyalarining o‘rni.
Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda menga ilmiy maqola tayyorlashim kerakligini ta’kidladi va menga maqola yozish bo‘yicha tavsiyalarini berdi. Maqolaga qo‘yilgan talablar quyidagicha ekan:
Hajmi to‘liq 2 yoki 3 bet, 1,5 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297mm), Microsoft Word (*.docx) muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftda, matematik formulalar MathType formula muharririda “(1)” shaklda raqamlangan, chizma yoki rasmlar varaqning o‘rtasida joylashtiriladi real o‘lchamlarda 300 nuqta/dyum holatda bo‘lishi, chizma yoki rasmlarning tagida izohlari 12 pt o‘lchamida varaqning o‘rtasidan yoziladi. Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, tashkilotning to‘liq nomi, elekron pochta manzili ko‘rsatiladi.
Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi.
Maqola matni ilmiy, texnik, grammatik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Maqoladagi ma’lumotlar, faktlar va statistik ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar. Maqolada albatta jadval (chizma yoki rasm) lar manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi lozim. Maqola ichidagi havolalar “[1]” kabi tartibda belgilanadi. Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar foydalanish ketma-ketligi bo‘yicha yozilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |