1966 yilda M.Flinn tomonidan asosida protsessorda ishliv beruvchi oqim yoki elementlar ketma –ketligi (buyruqlar va ma’lumotlar ) tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikatsiyasi taklif qilingan.Ma’lumotlar va buyruqlar oqimi soniga asoslanagan ushbu klassifikatsiyalar tizzimi 4 ta asosiy guruhga bo’linadi.
Har bir turdagi arxitekturalarning xususiyatlarini lo’rib chiqamiz:
SISD ( single instruction stream/ single data stream) .Tizimlarning barchasi bir protsessorli va bir mashinali variantlarni qamrab oladi.Barcha klassik strukturadagi EHM ushbu turga tegishli bo’ladi.Bu turda hisoblashni parallellashtirish ijrochi qurilmalar o’rtasida mikrobuyruqlar oqimini konveyerlashtirish va parallellashtirish yo’li bilan ta’minlanadi.Bu turga fon neyman arxitekturalari kiradi,ularda faqat bitta malumot oqimi bo’lib,buyruqlarga ketma ket ishlov beriladi va har bir buyruq bitta malumot oqimi bitta amaalni bajaradi.
SIMD (single instruction stream/ multiple data straeam) arxitekturasi vektorli va matritsali ishlov berish strukturalarini yaratish uchun mo’ljallangan.Ushbu arxitekturadagi mashinalar vector elementlar orqali bitta amalni bir vaqtning o’zida bir nechta malumotlar ustida bajaradi.Bunday turdagi tizimlar odatda bir xil elementlar asosida quriladi,yaani tizimga kiruvchi protsessor elementlari bir xil bo’ladi va ularning barchasi bir xil ketma ketlikdagi buyruqlar bilan boshqariladi.Bunda har bir protsessor o’zining malumotlr oqimiga ishlov beradi.Bunday chiziqli bo’lmagan,algebraic differensial tenglamalrni yechish,maydon nazariyasi va boshqa ko’plab masalalar kiradi.
MISD (multiple instruction stream/single data stream) arxitektura o’ziga xos protsessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan,yani bunda ishlov berish natijalari zanjir tarzda bir protsessordan boshqa protsessorga uzatiladi.Bunday hisoblashga ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’ladi.Zamonaviy hisoblash mashinalarida bu qoida parallel ishlovchi tizimda turli xil funksional bloklar tomonidan amllarni bajarish sxemasiga asoslangan.Bunda har bir qism umumiy siklda o’zining vazifasini bajaradi.Bunday turdagi hisoblash tizimlarida konveyerlar protsesorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi.