ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI 2-KURS BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI 10-20 GURUH TALABASI KOMILOV YUSUFJONNING QURILISHDA BAHONI SHAKLLANTIRISH VA SMETA ISHI FANIDAN TAYYORLAGAN
mUSTAQIL ISHI
Bajardi: Komilov yusufjon
Tekshirdi: ASQAROVA M
Mavzu; MARKAZLASHTIRILGAN KAPITAL QUYILMALARHISOBIGA RO‘YOBGA CHIQARILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHDA SHARTNOMAVIY JORIY NARXLARGA O‘TISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor munosabatlarini rivojlantirish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining pirovard natijalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi 2003-yil yakunlari bo‘yicha mazkur nizomlarga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
3. Belgilab qo‘yilsinki, qurilishning titul ro‘yxati:
birinchi moliyaviy yilda kapital qo‘yilmalar hajmlari va ularni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, qurilishning ikkinchi va keyingi yillari uchun ular aniqlashtirilgan holda qurilishning barcha davriga tuziladi hamda investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi;
qurilishlarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq ro‘yxati, o‘tkazilgan tanlov savdolari (tendyerlar) va tuzilgan shartnomalar shartlari asosida qurilishning har bir yakka tartibdagi obyekti bo‘yicha investor (buyurtmachi) tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi;
obyekt qurilishining unda tasdiqlangan qiymati doirasida kreditlash uchun asos hisoblanadi.
4. Obyektlar qurilishi uchun joriy narxlarni asoslangan holda belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2003-yilning III choragidan boshlab “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlariga ularning so‘rovlariga ko‘ra mintaqalar bo‘yicha “qurilish” tarmog‘ida o‘rtacha ish haqining vujudga kelgan miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ayrimlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |