Szp=T x Sch Kss, bunda:
T – tender hujjatlari tarkibida yoki ishga tushirilgan obyektlarga o‘xshash kishi-soatlarda aniqlanadigan obyekt qurilishining normativ mehnat sarfi;
Sch — ishchilarning o‘rtacha soatlik ish haqi, obyekt qurilishi qiymatini hisoblab chiqishda mintaqa bo‘yicha quruvchilarning o‘rtacha statistik oylik ish haqi darajasidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi;
Kss — ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
O‘rtacha soatlik ish haqi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Sch = Zms: F, bunda:
Zms — oldingi 12 oy uchun statistika ma’lumotlari asosida bir oy uchun hisoblab chiqilgan mintaqa bo‘yicha quruvchilarning o‘rtacha yillik ish haqi, oyiga so‘m;
F — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha soatlarda ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi.
15. Obyekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari qiymati joriy narxlarda quyidagi formula bo‘yicha qabul qilinadi:
Sem = EM x Spr, bunda:
EM — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soatlardagi hajmi;
Spr — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soat/so‘mlardagi joriy narxlari.
Mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlarini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining metodik tavsiyalari asosida aniqlash tavsiya qilinadi.
16. Pudratchining boshqa xarajatlari (Pp) zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori konyunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy to‘lovlar va ajratmalardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
17. Buyurtmachining boshqa xarajatlari va sarflari (Pz) loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov savdolari (tender) o‘tkazish, texnik nazorat xarajatlaridan, obyekt qurilishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Buyurtmachi obyekt qurilishi qiymati tarkibida obyekt qurilishini tashkil etish, unga xizmat ko‘rsatish, kuzatib borish, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni ham hisobga olishi kerak.
(18-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
19. Buyurtmachining boshqa xarajatlari obyekt qurilishi qiymatini shakllantirishda belgilangan miqdorlarda obyektning shartnomaviy qiymatiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishining boshlang‘ich narxlari shakllantirilishi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
21. Obyekt qurilishi muddati bir kalendar yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narx Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |