Bog'liq ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI 2
O3 = (S — O1 — O2 — Pp — N2) x K2 bunda: O3 – uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
C – obyektning tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha aniqlangan joriy narxlardagi qiymati;
O1 va O2 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
N2 – qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
K2 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Qurilishning keyingi yillari uchun obyekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.
4. K koeffitsiyentni — qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang. a) mehnat xarajatlari (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘zgarishi);
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son) b) elektr energiyasi (“O‘zbekenergo” kompaniyasi);
v) yonilg‘i-moylash materiallari (“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi);
g) metall (“O‘zmetkombinat” birlashmasi);
d) sement (sement zavodlari);
e) qum (zavod-karyerlar);
j) yig‘ma temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);
z) yog‘och-taxta materiallar (birja narxlari);
i) g‘isht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt bo‘yicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan paytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.
5. Mazkur Nizomga muvofiq aniqlangan pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati ushbu qurilish obyekti bo‘yicha tanlov savdolari (tender) o‘tkazgan tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi obyektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narxi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 7. Mazkur Nizomga rioya etilishi va obyekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narxlar to‘g‘ri aniqlanishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
O‘zaro hisob-kitob qilishda narxni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan ko‘rsatkichlar asossiz qo‘llanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga obyektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjetida tiklanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
3-ILOVA