Bog'liq ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI 2
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV Toshkent sh.,
2003-yil 11-iyun,
261-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
1-ILOVA
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM
1. Mazkur Nizom markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlardagi qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.
2. Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlar va xizmatlarning joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha shakllantiriladi.
3. Tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida obyekt qurilishi qiymati resurslarga xarajatlarni prognozlashtirilayotgan joriy narxlar va tariflarda kalkulatsiya qilishga asoslangan resurs usuli bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Bunda yangidan qurilayotgan, markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha bazaviy narxlardagi smeta hujjatlari tuzilmaydi, resurslar smetalari chiqarish tartibi saqlanib qoladi.
4. Obyekt qurilishining mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi tomonidan aniqlangan boshlang‘ich qiymati tanlov savdolari (tendyerlar) o‘tkazishda yo‘nalish hisoblanadi va pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
5. Tanlov savdolari boshlang‘ich qiymatni oshkor qilmasdan o‘tkazilgan taqdirda u tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha maxfiy axborot hisoblanadi.
6. Tanlov savdolari (tender)da ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar tanlov taklifi narxini mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda va pudrat ishlari bozori konyunkturasidan, shu jumladan ish haqiga xarajatlarni aniqlash imkoniyatidan, korxonada shakllangan mehnatga haq to‘lash shartlari va shaklidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlaydilar.
7. Talabgorning tanlov taklifi (oferta)da ko‘rsatilgan narxi maxfiy axborot hisoblanadi va tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha oshkor qilinmaydi.
8. Obyekt qurilishi boshlang‘ich qiymatini va talabgor narxini belgilangan davrgacha oshkor etishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
9. Obyekt qurilishining shartnomaviy joriy narxi talabgorlarning tanlovdagi narx bo‘yicha takliflaridan maqbul narxni tanlash asosida, buyurtmachining boshlang‘ich narxini va tanlov hujjatlari shartlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
10. “Resurs usuli”ni qo‘llashda fizik ko‘rsatkichlardagi:
asbob-uskunalar nomlari va miqdori;
normativ mehnat sarfi;
mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar nomlari va miqdori;
boshqa xarajatlar va sarflar aniqlanadi.
11. “Resurs usuli” bo‘yicha obyektning joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: