‘ ‘
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
G’.E. ZAXIDOV, M.T. ASQAROVA, Z.A. DJUMAYEV, L.F. AMIROV, H.A. HAKIMOV
MAKROIQTISODIYOT
DARSLIK
TOSHKЕNT – 2019
Makroiqtisodiyot. Dasrlik. G’.E.Zaxidov, M.T.Asqarova, Z.A. Djumayev, L.F.Amirov, H.A. Hakimov. - Т.: 2019. - 290 bet.
Ushbu darslikda makroiqtisodiyot fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, darslikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish masalalari, tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to‘lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. Darslik oliy ta’limning 230000 – “Iqtisod” ta’lim sohasida tahsil olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibi “Makroiqtisodiyot” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturiga mos keladi.
представленном учебнике изложены основные понятия, проблемы проведения макроэкономической политики. В учебнике рассмотрены сущность макроэкономических показателей и методы их расчета, виды моделей макроэкономического равновесия, фискальные и монетарные политики регулирования макроэкономикой страны, факторы экономического роста,
теоретические основы и методы проведения внешнеторговой политики, платежный баланс, валютный курс. Учебник предназначен для студентов высшего образования, обучающихся по направлению 230000 – “Экономика”. Содержание учебника соответствует учебной и рабочей программе “Макроэкономика”.
In this textbook basic concepts, issues of macroeconomics and bases of macroeconomic policy are stated. The textbook includes themes such as methods of calculating macroeconomic indicators, various models of macroeconomic equilibrium, fiscal and monetary directions of macroeconomic policy, economic growth matters, theoretical bases and methods of foreign trade policy, balance of payment and currency rate. The textbook is designed to the students who study in 230000 – “Economics” specialty of higher education, its structure corresponds educational program and working educational program of “Macroeconomics” subject.
© G’.E.Zaxidov, M.T.Asqarova, Z.A. Djumayev, L.F.Amirov, H.A. Hakimov, 2019
KIRISH
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotganligiga bog‘liq.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi
respublikamizda olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan, iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning muhim sharti hamdir.
Shu boisdan Davlatimiz rahbari iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, “Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas. Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etishimiz lozim.
Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bogʻliqdir. Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz. Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni
3
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim” – deb ta’kidladilar.1
Bugun jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday murakkab vaziyat davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqib, amalga oshirishni taqozo etayotir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi2da milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirishda eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalarning belgilab berilgani bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bunda asosiy maqsad – mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga erishishdan iborat. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar xalqimiz farovonligi yanada yuksalishiga, bu tarmoqdagi mahsulotlar eksporti oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar izchil va tizimli davom ettiriladi. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish borasida keng qamrovli islohotlar aniq mexanizmlar bilan qat’iy amalga oshiriladi.
Bugun davlatimiz va xalqimizni o‘ylantirayotgan eng muhim masalalardan biri – milliy valyutamiz va ichki bozordagi narxlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatiga Murojaatnomasi, 28.12.2018, www.uza.uz
2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2017 yil 8 fevral.
4
barqarorligini ta’minlash. Bu borada, Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, endi har chorakda mas’ul tashkilotlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tahliliy ma’lumotlari tayyorlab boriladi.
Inflatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish ham ko‘zda tutilmoqda. Naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikning oshirilishi ichki bozorda narx shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish imkonini beradi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish, keyinchalik 2020-yilda uni bekor qilish rejalashtirilgan.
Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir.
“Makroiqtisodiyot” fani bo‘yicha taqdim etilayotgan ushbu darslik yuqoridagi vazifalarni hal etishda ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |