ínkor bog'lovchilari
245-§. Eski o'zbek tilida asosan rte..., ne... ínkor bog‘lovchisi
qo‘llangan. Bu bog‘lovchi uyushgan bo'laklar yoki qo‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplar oldidan takrorlanib kelib, inkor m a’nosini
ifodalaydi: Tay átg‘uncha ne malik qáldi, ne cherik qáldi (QR). N e
parí oxshar seqá husn ichre, ne uns-u malak (Atoiy). Ne keyin
yámb, ne ilgári yürüb, sezni bir yerga qoyalmay... kelürlár (B N ).
Ne áta oglhm tápii u ld a m //n e og'ulg'a átadin qáldi g ‘am (S H N ).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ne she’r irtifáye túpadur, ne sháir / / ne fa zl e ’libare túpadur, ne
fazil (M unis).
Ergashtiruvchi bog'lovchilar
246-§. Q adim gi turkiy yodgorliklar tilida qo‘llangan ergashtiruvchi bog‘lovchilar juda kam sonni tashkil etadi: kim, qalti, qah,
abam, abay, birek (biriik), teb / / teyü (teyin / / tiyin), am üchün,
am tj. Bular h am asosan qadimgi turkiy tili yodgorliklarida
qo‘Ilangan b o ‘Iib, O 'rxun-Enasoy yodgorliklarida ayrimlarigina
uchraydi. Bu bog‘lovchiIarning ko‘pchi!igi keyinchalik iste’moldan chiqqan.
H ozirgi tu rk iy tillardagi, shu ju m la d a n , o ‘zbek tilidagi
ergashtiruvchi bog‘Iovchilarning aksariyati m a’lum davrlarda eron
tillaridan yoki arab tilídan o‘zlashtirilgan. Bulaming ayrimlari XI—
XII asrlarga oid yodgorliklarda ham qo‘llangan b o lib , ko'pchiligi
keyingi davrlarga oid manbalarda uchraydi.
247-§. Eski o ‘zbek tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilardan kim,
ki faol iste’m olda b o ‘lgan. Kim asli turkiy b o ‘lib, ki eron tillaridan
o‘zlashtirilgar\.
Kim bog‘lovchisi turli ergash gaplarni bosh gap bilan bog‘lash
uchun xizmat qiladi. Masalan:
1. Ul tág'larda rasmdurkim, tdshlarda abyát... bitib qazurlar (BN).
2. Erklik va insaniyat uldur kim, muqabalasida qulluq-u
xidmatkarhq, balkeyekjihathq-ujan siparhq qilg'ay (Navoiy, MQ).
3. Buyla m a ’ni kim, metjá boldi ayan / / áyládim qushlar tili
birla bayán (N avoiy, LT).
4. Nechiik aytur erdiyiz ani kim, qümaz ermishtiyiz (Tafsir).
5. Ul gimnaziya báshhg‘ig‘a payg(ám yubardük kim, ... kirib
ushbu madrasam tamásha qilsak ekán deb (Furqat).
6. Vah, nedindür kim, yubarmas-sen navázish námai...(Munis).
7. Yetti-sekiz qadam qihb edim kim, üch piyada kelib qoshuldi
(BN).
8. Men ul shart birle musulmán bolur-men kim, meni álsaq (QR).
9. Andaq qil kim, sor¡ra pushaymán bolma (BN).
www.ziyouz.com kutubxonasi
10. Bu pari sozdà korgiizür mojiz / / kim qdur elni nuqtasi àjiz
(Navoiy, SS).
Keltirilgan misollarning birinchisida kim bogMovchisi ega ergash
gapni bosh gap bilan bog‘lab kelgan, ikkinchisida — kesim ergash
gapni, uchinchisida — aniqlovchi ergash gapni, to'rtinchisida —
to ‘ldiruvchi ergash gapni, beshinchisida — maqsad ergash gapni,
oltinchisida — sabab ergash gapni, yettinchisida — payt ergash
gapni, sakkizinchisida — shart ergash gapni, to'qqizinchisida —
hol ergash gapni, o ‘ninchisida — natija ergash gapni bosh gap
bilan bog‘lab kelgan.
Eski o'zbek tilida kim boglovchisining vazifasi keng bo‘lib,
ergash gapli qo‘shm a gaplarning deyarli barcha turlari tarkibida
ishtirok etgan. Bundan tashqari, kim bog‘lovchisi eski o‘zbek tilida o'zlasbtirm agaplartarkibida ham keng qo‘J)angan, ya’ni muallif
gapini ko'chirm a gap bilan bog‘lash vazifasini bajargan. Masalan:
Ba’zi dedilür kim, yâzg‘a âlg‘aybiz (BN). Xün hukmi qüdi kim,
hech kim mendin qâlmasun deb (Sh.tar.).
Ki bog‘lovchisining yozuv yodgorliklarda qo‘llanishi X III—
XIV asrlardan boshlab uchraydi. Lekin uning faol qo‘llanishi XV
asrdan boshlab kuzatiladi. Bu bog'lovchi vazifasiga ko‘ra kim bog‘-
lovchisiga o‘xshaydi. Farq shundaki, ki sh e’riy asarlarda faol
qo‘llangan bo‘lib, nasriy asarlarda kam uchraydi, kim esa ikkala
janrda ham keng q o ‘ilangan.
Eski o‘zbek tilida ki ham kim bog‘lovchisi kabi turli ergash
gaplarni bosh gap bilan bog‘lash vazifasida q o cIlangan. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |