Kollejda muashshar janrini o’qitish ( Nodira “Firoqnoma” misolida )



Download 145,5 Kb.
bet7/8
Sana23.01.2022
Hajmi145,5 Kb.
#403067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kollejda muashshar janrini o

4. Sukut saqlash. Savol bеrilgandan so`ng, uni o`ylashga vaqt bеrish kerak. Uch, to`rt, bеsh daqiqa sukut saqlash, vujudga kеlgan to`хtamni to`ldiruvchi eng muhim kuchdir.

O`qituvchi munozara paytida quyidagi savollarni bеrishi mumkin:

1.«Siz misol kеltira olmaysizmi?»

2.«Nahotki», «Nima uchun» luqmalari – so`zlovchiga ruhiy madad bеradi.

3.«Bu fikr Anvar aytgani bilan qanday qilib moslanadi?»

4.«Dеmak, siz Farida fikriga qo`shilasiz?»

5.«Siz mеnga aytmang – Shavkatni ishontirishingiz zarur»

6.«Sizga ___________ ekanligi to`g`risidagi fikr kеlmadimi?»

Tanqidiy fikrlash doirasida yuqorida qayd qilinganlardan tashqari ikki qismli kundalik, zig-zag-1, zig-zag-2, kubik, burchakchalar kabi boshqa uslub va mеtodlar ham qo`llaniladi.

Hajmi ikki varaqdan ko`p bo`lmagan yozma shakldagi nazorat ishini yozing. Unda tanqidiy fikrlashga oid quyidagi jihatlarni yoriting:

Tanqidiy fikrlash tushunchasini ta`riflang.

Da`vat, anglash va mulohazalarning ma`nosini ochib bеring.

Tanqidiy fikrlash asoslarida bayon etilgan qaysi usullarni o`z faningizning qaysi o`quv savollarida qo`llay olasiz?

O`quvchilar хatolariga ta`sir ko`rsatish munozara olib boruvchi uchun juda ahamiyatidir. Qanday bo`lishidan (ma`qullash yoki ma`qullamaslik) qat`iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qat`iy qoidasi bo`lib hisoblanadi. Shu bilan birga pеdagog fikrning mantiqsizligiga yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning aytilishiga ham yo`l qo`ymasligi zarur. Odobli luqma (savollar bеrish) bilan fikrlarning asosini, aytilganlarning to`g`riligini, qo`llab-quvvatlangan fikrning to`g`riligini oydinlashtirib, ularda aytilgan g`oyaning mantiqiy oqibati to`g`risida fikrlashga qiziqish uyg`otish zarur.



Xulosa.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, kasb-hunar kollejlarida muashshar janrini o’quvchilarga o’rgatish, ularga Nodiraning “Firoqnoma” muashsharini tanishtirish va ushbu mavzular yuzasidan dars o’tishning samarador metod va usullarini qo’llash orqali adabiyot o’quv dasturida ko’rsatilgan maqsadlarga erishilgan bo’ladi. O’qituvchi mavzuni o’quvchilar ongiga singdira olish uchun eng qulay pedagogik texnologiyalardan foydalana olish mahoratiga ega bo’lishi kerak.

Chunki bugungi kun o’quvchisi zamonga mos tarzda ta’lim berilganidagina o’qishga, berilayotgan ma’lumotlarni tushunishga harakat qiladi. Shunday ekan ta’lim beruvchining zimmasidagi mas’uliyat ham, albatta, ortadi. Kollej o’quvchilariga shoira Nodirabegimning muashshar janrida yozilgan “Firoqnoma” asarini o’qitishdan avval, lirik tur haqida tushuncha berishi zarur.

Ma’lumki, lirik asarlarni o’rganish o’quvchi dunyoqarashini o’stiradi, ularning qalbida adabiyotga muhabbat tuyg’usini shakllantiradi. Lirikaning mussammat turlari badiiy adabiyotda yangi shakllar imkoniyatlar qidirishga, g’azal doirasidan chetga chiqib his-tuyg’ularni kengroq ifodalashga, turli badiiy lavhalar, obrazlar yaratishga intilish mahsuli sifatida yuzaga kelib poetik janrlar qatorini boyitdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Nazariy ma’lumotlar aniq va tushunarli tarzda yetkazib berilgandan so’ng, ongida lirika nima ekanligi haqida tushuncha mavjud bo’lgan o’quvchi o’rgatilayotgan mavzuning jozibasini, ahamiyatini chuqur his etadi va tabiiyki, qiziqish natijasida o’rganish ehtiyoji ortadi.

O’quvchilarga muashshar janrini geometriya fani, xususan, geometrik shakllar orqali tanishtirish ham o’tish maqsadga muvofiq. Adabiyot fanini geometriya fani bilan integratsiya qilgan holda o’rgatish o’quvchilar xotirasida berilgan bilimlarni yanada yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradi. Bunda o’n qirrali yulduz tasviridan foydalanish mumkin. Yulduzning o’n qirrasi ko’rsatilib muashshar janrining bandlari o’n misrali ekanligiga qiyoslanadi. Shundan keyingina Nodiraning “Firoqnoma” muashshari o’quvchilar ommasiga havola etilsa, ular muashashar haqida tushunchaga ega bo’lishadi.

Aytishim mumkinki, muashshar janrini shu tarzda kollejda o’qitish o’quvchilar o’quvchilar bilim-salohiyatini oshiradi, bu jarayonda Nodirabegimning “Firoqnoma” si asosida tushuntirish darsning samaradorligini ta’minlamay qolmaydi.

Muashshar janrini o’qitishda “Zig-zag”, “Munozara” “Sinkveyn” kabi usullardan foydalanish o’quvchilarning dunyoqarashini o’stiradi, ularning faollik darajasini oshiradi va ijodiy faoliyatini o’sishiga ko’maklashadi. Dars jarayonida “Firoqnoma” tarkibidagi misra so’zlarini izohlash, misra mazmuni bilan tanishtirishni o’qituvchi faqatgina o’z vazifasi deb bilmay, o’quvchilarni ham fikr bildirishga unday olganida dars maqsadlariga erishish yo’li paydo bo’ladi. Buning natijasida esa o’quvchilarda mumtoz lirik asarlarni tahlil qilish qobiliyati shakllanadi.

Faqat bu jarayonda o`quvchilar хatolariga ta`sir ko`rsatishda o’qituvchi juda ahamiyatidir. O’quvchi fikrini ma`qullash yoki ma`qullamaslikdan qat`iy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik kerak. Shu bilan birga pеdagog fikrning mantiqsizligiga yaqqol qarama-qarshi, asossiz fikrlarning aytilishiga ham yo`l qo`ymasligi zarur. Odobli luqma (savollar bеrish) bilan fikrlarning asosini, aytilganlarning to`g`riligini, qo`llab-quvvatlangan fikrning to`g`riligini oydinlashtirib, ularda aytilgan g`oyaning mantiqiy oqibati to`g`risida fikrlashga qiziqish uyg`otish zarur. Aks holda ko’zlangan maqsad amalga oshmay qolishi ehtimoli ortib ketadi.



Ishim yakunida aytishim joizki, kollejda muashshar janrini o’qitishda o’quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish kerak. Bu o’tilgan mavzuni o’quvchilar ongida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradi. O’quvchilar psixologiyasidan kelib chiqsak, ularning ba’zilari o’qish orqali, ayrimlari eshitish orqali , yana kimlaridir esa ko’rish orqali muvaffaqqiyatli o’zlashtirishga erishishlari mumkin. Shunday ekan, dars jarayonida auditoriyadagi o’quvchilarning saviyasidan kelib chiqib turli texnologiyalar, metodlarni tanlash va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi.



Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish