Muashshar janrini o’rgatishda geometrik shakllardan foydalanishning ahamiyati.
Kollejda muashshar janrini o’qitishda o’quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ko’rgazmali qurollardan ham foydalanish mumkin. Bu o’tilgan mavzuni o’quvchilar ongida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradi. O’quvchilar psixologiyasidan kelib chiqsak, ularning ba’zilari o’qish orqali, ayrimlari eshitish orqali , yana kimdirlari esa ko’rish orqali muvaffaqqiyatli o’zlashtirishga erishishlari mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, insonlar ko’rish orqali o’rganganlarida 79 % o’rganar ekanlar.
O’quvchilarga geometrik shakllar tasviri tushirilgan ko’rgazmalar taqdim etiladi. Unda quyidagilar tasvirlangan bo’ladi:
O’qituvchi o’quvchilarni yuqorida berib o’tilgan nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirib bo’lgandan so’ng, geometrik shakllarni ko’rsatadi va ular orqali musammatlar turlarini tushuntirib beradi. Musammatning murabba turi mavjud. U muayyan takrorlanuvchi to’rt misrali she’riy shakl hisoblanadi. To’rtburchak shakli murabba shakliga qiyoslanadi. Natijada o’quvchi murabba janrini oson eslab qoladi va tushunadi. Murabba janri haqida so’z borganda o’quvchi tasavvurida to’rtburchak shakli namoyon bo’ladi. Bu shakl ongda akslanishi natijasida o’quvchi xotirasida to’rtburchakning to’rt tomoni borligi va uning murabba shakliga aloqadorligi haqidagi informatsiya yuzaga keladi. Musammanning muxammas janri esa yulduz tasviri orqali tushuntiriladi. Chunki yulduzning beshta qirrasi bor ( aynan besh qirrali yulduz tasviri olinadi ), muxammaslar ham besh misrali ekanligi bizga noma’lum emas. Muashshar janri bilan tanishtirilayotgan o’quvchilarga ham yuqoridagi kabi shakllar orqali dars o’tish maqsadga muvofiq. O’n qirrali yulduz tasviri ayni mana shu dars uchun mos tanlov deb o’ylayman. Yulduzning o’n qirrasi ko’rsatilib muashshar janrining bandlari o’n misrali ekanligiga qiyoslanadi. Bu Nodiraning “Firoqnoma” muashshari orqali tushuntirib beriladi.
Darsdan asosiy maqsad asosan muashshar janrini o’rganishdan iborat bo’lganligi sababli o’n qirrali yulduz tasviri kattaroq qilib tasvirlanadi. Nodiraning “Firoqnoma” muashsharining bir bandi olinadi . Bandlardagi har bir misra yulduz tasviridagi qirralarga yozib chiqiladi, buni o’quvchilar o’zlari amalga oshirsalar yaxshi samara beradi. Bittadan o’quvchi chiqadi, u bir misrani yulduz qirrasiga yozadi. Masalan, “Firoqnoma” ning birinchi bandidagi birinchi misrani olaylik. “Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak” . O’quvchi shu misrani yozadi va misradagi so’zlarni izohlaydi, misra mazmuni bilan tanishtiradi. Qolgan misralar ham bittadan o’quvchi orqali shu tarzda o’rganiladi. Buning natijasida o’quvchilarda mumtoz lirik asarlarni tahlil qilish qobiliyati shakllanadi.
Ushbu dars orqali integratsiya amalga oshiriladi. Adabiyot fani geometriya faniga integratsiya qilingan holda o’rganiladi.
Aytishlariga qaraganda , musammanlar nomlari qadimgi arab chodirlaridan kelib chiqqan ekan. Avval chodirlar uchamak shaklda mavjud bo’lgan . Arablarning to’rt kishilik chodirlari murabba deb atalgan. Unda asosan kichik oilaviy yig’ilishlar bo’lgan . ko’p insonlar sig’adigan katta chodirlar muashshar eb atalgan. Bunday chodirlarda bayram tadbirlari o’tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |