Nodiraning “Firoqnoma” muashshari tahlili.
FIROQNOMA
Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Yordin ayru menga ko'p mojaro aylar falak,
G'am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak,
Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak,
Hasrat-u dard-u aiamga mubtalo aylar falak,
Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak,
Gul bila buJbulni bebarg-u navo aylar falak,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog'i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O'ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig'a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g'am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Yordin ayru ko'nguldur tiyra-u oshufta hoi,
Oftobim necha kun bo'ldiki, ko'rguzmas jamol,
Furqat ichra badri tobon zaTidin bo'ldi hilol,
G'am yuki oxir alifdek qomatimni qildi dol,
Ey xush, "ul soatki erdim mahrami bazmi visol,
Dardi hijron ibtilosin aylamas erdim xayol,
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol,
Boqdi ul sarvi ravon, men qolmisham behush-u lol,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Qaydasen, yorim, so'rog'ingda ko'ngul ovoradur,
Kechalar to subh ashkim kavkabi sayyoradur.
Sarvi qaddingga ko'zum mushtoqi bir nazzoradur,
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javru zulmidin yurakda benihoyat yoradur,
Emdikim sabr aylamakdin jaybi toqat poradur,
Yig'lamay naylayki, g'am jonimni o'rtab boradur,
Chora topmay dardig'a bu notavon bechoradur,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko'ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag'irlik yor faryodimg'a parvo qihnadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O'tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Benavomen, qaydasen, ey shahriyori muhtaram?
Sharbati vaslingni topmay qon yutarman dam-badam,
Sarv yanglig' qomatimni bori mehnat qildi xam,
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam,
Sendin ayrilg'och g'izoli hush mendin qildi ram,
Dard - yor-u g'ussa - hamdam, g'am - farovon, aysh
Bilmagan bo'lsam visoling davlatini mug'tanam,
Hajr etak ushlab, giribonimni mahkam tutti g'am,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Nola qildim, yorning vasli muyassar bo'lmadi,
Toleim rahbarlig' aylab, baxt yovar bo'lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo'lmadi,
Ko'zlarim mehri jamolidin munavvar bo'lmadi,
Menga hamdam bir kun ul xurshid manzar bo'lmadi,
Bir nafas diydoridin jon bahraparvar bo'lmadi,
Kimdur ul kim keldi dunyoga mukaddar bo'lmadi,
Hajr dardidin parishonhol-u abtar bo'lmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Menga ul kunkim vafog'a ahd-u paymon ayladi,
No'shdoruyi labi dardimg'a darmon ayladi,
So'ngra qilg'on va'dalarni barcha yolg'on ayladi,
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi,
Vasl xonidin nasibim dog'i hijron ayladi,
Loladek bag'rimni dog'i furqati qon ayladi,
Xotiri jam'imni bu hasrat parishon ayladi.
Men qolib g'urbatda, shohim azmi javlon ayladi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Sen qilib azmi safar, men dard ila mahjurman,
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman,
Vasling istab, ofiyat sarmanzilidin durman.
El gumon aylarki, bu davlat bilan masrurman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man,
Mug'tanam bilmay visolingni agar mag'rurman,
Emdi ko'zgu aksidek hayratda nomaqdurman,
Qilmangiz man'i fig'onim, yordin mahjurman,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ey mug'anniy, nag'masoz et Komila guftoridin, -
Kim kelur bo'yi vafo ushshoq aro ash'oridin.
Rishtayi jonimg'a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig' yoridin,
Toshni suv qildi ta'siri fig'on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dill afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qitur osoridin,
Bo'lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Shoira tarjimayi holidan yaxshi bilamizki, u hayotining so'nggi yigirma yilini umr yo'ldoshidan ayrilganidan keyingi hijron azobida o'tkazdi. Bu uning she'rlariga ta'sir qilmay qolmadi. Hatto, firoqnoma asarlar bitish, boshqacha aytganda, she'rlarida hijronni kuylash shoira ijodining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Nodira firoqnomalarini, shartli ravishda, ikki qismga bo'lish mumkin:
Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.
Maxsus «Firoqnoma» muashshari.
Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida, xususan, g'azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki, tasavvufiy talqinga ko'ra, inson bu hayotda AUohga intilib, umr bo'yi uni bunyod etgan oliy zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg'unlashib ketgan.
«Firoqnoma» shoiraning hijron mavzuida bitilgan maxsus asari hisoblanadi. U muashshar janrida, ya'ni bar bandi o'n misradan iborat bo'lgan shaklda bitilgan. O'n banddan, ya'ni jami yuz misradan iborat bu asarning har bandi:
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun, -
misralari bilan tugallanadi.
Bu ikki satr asarning bosh motivini belgilab bergan. Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo'rtib turibdi.
Muashsharning har bandi o'n misradan iborat bo'lgani uchun she'rni bandma-band ko'rib, tahlil qilib o'tgan ma'qul. Amalda o'n misrali band besh baytli bir kichik g'azal hajmini tashkil etadi. Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko'rsatib, muashsharning har bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Banddagi o'n misraning oidingi sakkiz satri o'ziga xos qofiya (ba'zilari, hatto, qofiya va radif) tizimiga bo'ysundirilgan.
Birinchi bandda «aylar falak», ikkinchi bandda «aylar meni», beshinchi bandda «qilmadi», yettinchi bandda «bo'lmadi», sakkizinchi bandda «ayladi» so'zlari radifga olingan. Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi.
Birinchi bandda lirik qahramon aybnifalakka qo'yadi. Sakkiz rnisraning ham «aylar falak» radifi biian tugashi shundan. Falak - mumtoz she'riyatimizdagi an'anaviy timsollardan biri. O'zi, asli, falak osmonni, koinotni anglatadi. Inson taqdirini falakjismlarining harakatlari belgilaydi, degan qarash bo'lgan. Munajijimlik ilmi shu asosda kelib chiqqan. Shuning uchun astronomiya bilan astrologiya fanlarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak. Astronomiya - osmon jismlari qonuniyatlarini o'rganadigan fan. Astrologiya esa osmon jismlari harakatlaridan kelib chiqib, kishilar taqdirini belgilash, fol ochish, bashorat qilish bilan shug'ullangan. Hozirgi paytda ommalashib ketgan yulduzlar bashorati (goroskoplar) - amalda ana shu astrologiya mahsullari.
Shoirlar taqdirni falakka. bog'lab tushuntirishga moyil bo'ladi. Falakni dunyo deb ham, tarix - zamon deb ham, taqdir deb ham tushunish mumkin. Kengroq ma'noda falak timsoli zamirida Alloh ko'zda tutiladi. Chunki, taqdir bevosita Yaratganning o'zidan-ku.
Tilimizda, mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham «falakning gardishi», «charxi falak», «charxi dun» degan va boshqa shu kabi so'z birikmalariga ko'p duch kelamiz. Eski tasavvurda doimiy ravishda davom etib turadigan tarix muntazam aylanishda bo'lgan gardish yoki charxga qiyoslangan.
Shoira lirik qahramoni oh chekib, falakning unga behad jabr-u jafo ko'rsatib, ayriliqda qismatini dard-u balo ayiashi, boshiga ko'p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini qahraboga aylantirgani, ya'ni sarg'aytirgani, shu tariqa g'am-hasratga mubtalo etganidan noliydi, bu ayriliq gul bilan bulbulni «bebarg-u navo» qitganini aytib, fig'on chekadi.
Shuning uchun ham band xulosasi bo'lib kelgan ikki bayt mantiqan juda asosli.
Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor. Endi muallif, hatto, «charxi ham ishlatadi. Lirik qahramon ana shu falak yoxud charx jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham. Biroq buning iloji yo'q: q dardi uni beqaror ayiaydi. Aqlimni yig'ib oiay («kasbi hushim) desa, junun (so'zma-so'z - jinnilik, aqlni yo'qotib qo'yish) uni beixtiyor qiladi. Hajr o'ti («dog'i») uni firoq qo'lida («ilkida») zor etadi, oxiri, majnunshior, ya'ni jinnisifat qilib qo'yadi.
Bu va keyingi barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi. Shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi.
Uchinchi bandda link qahramon yori bilan birga o'tkazgan davrlarini eslaydi, u kezlari hijron dardini xayoliga ham keltirma-ganini aytadi. U paytdagi hijronlar nuqson emas, qaytanga, kamo-lot belgisi yanglig' tushunilgan:
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol.
Misrada «nuqson» va «kamol» tushunchalari bir-biriga tazod qilingan.
To'rtinchi bandning o'ziga xosligi shundaki, lirik qahramon boshiga tushgan ayriliq kulfatini endi bevosita o'sha yo'qotib qo'ygan yorining o'zi bilan hasratlashishga o'tadi, band «qaydasen, yorim», deya unga murojaat qilish bilan boshlanadi. Lekin link qahramon «aybdor»ni unutgani yo'q, uni endi «charxning qari kampiri» («pirazoli charx») deb yozg'iradi, uni oshiqni o'ldirguvchi, jabr-u zulmidan yurakda yara paydo qilguvchi sifatida qoralaydi:
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur, Javr-u zulmidin yurakda benihoyat yoradur.
Beshinchi band:
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi, -misrasi bilan boshlanadi. Buning diqqatga molik tomoni shuki, shoira lirik qahramoni yorini «sultonim» deyayotibdi. Shu yerda bevosita Umarxon ko'zda tutilayotgani sir emas. Keyingi misralarda talmih san'ati asosida Sharq adabiyotida hijron azobini chekkan ma'lum-u mashhur oshiq-ma'shuqlar bir-bir tilga.olinadi:
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O'tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi.
Oltinchi bandning ilk misrasidanoq yorga bevosita murojaat davom etadi:
Benavomen, qaydasen, ey shahriyori muhtaram?
pu undaTrria ham Umarxonga qaratilgani ma'lum.
Bandning iiy jihatdan ikki go'zal misrasi mavjud.
Birinchisi:
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam.
Ikkinchisi:
Dard - yor-u g'ussa - hamdam, g'am - farovon, aysh - kam.
Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi,
iztirobning kuchi bilan qog'ozga tushadi.
Yettinchi bandning hasbi hoi, ya'ni bevosita muallif tarjimayi holi bilan bog'liq jihati yanada kuchliroq. Shoira «rahbar», «baxt», «davlat», «iqbol» so'zlarini shunday ustalik biJan ishlatadiki, bir qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan, zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol o'rnini bosmaydi-ku, degan o'kinch ifodalangan:
Toleim rahbarlig' aylab, baxt yovar bo'lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar boimadi.
Nodiraning eri vafotidan keyin taxtga o'tirgan yosh o'g'li yonida turib davlatni boshqarish ishlarida faoi ishtirok etganini yaxshi bilamiz. Lekin bu unga tatimaydi. Bu yerda shunga nozik ishorani sezish qiyin emas.
Sakkizinchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va'da berib, so'zida turmaganlikda qoralanadi. Avval va'da berib, so'ng unga vafo qilmaganiga sabab nima ekan - yo ahd-u paymonidan pushaymon qildimi:
So'ngra qilg'on va'dalarni barcha yolg'on ayladi,
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
Bu bandda ham yorni «shohim» deyish orqali shoira o'z hayotiy dardini kuylayotganini bildirib o'tgan:
Men qolib g'urbatda, shohim azmi javlon ayladi.
To'qqizinchi band hasbi hol ifodasi jihatidan ajralib turadi. Unda yettinchi banddagi yori vafot etib, davlatga ega bo'lishdan o'ng vasli afzalligi g'oyasi kuchaytiriladi. Biroq bu yerda so'z nazokatiga qoyil qoladigan nuqtalar bor. Shoira misralarni marjondek tizar ekan, jumlaiarni shunday tuzadiki, yuzaki qaraganda bir gap, zimdan e'tibor qilsangiz, boshqa gap chiqaveradi. Maqsad esa ana o'sha ishoralarda yashirin. Bandning ikkinchi misrasida:
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman, -deyilgan. Demak, oshiq ma'shuq lablari mayi yodi bilangina mast - shuni ham bir katta davlat, ya'ni baxt bilib yuribdi. El-ulus esa uni shu davlat bilan masrur, ya'ni xursand deb hisoblaydi. Holbuki, yorsiz kechayotgan saltanat saltanatmi:
El gumon ayirarki, bu davlat bilan masrurman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man.
Muashsharning oxirgi - o'ninchi bandi, an'anaviy tarzda, mug'anniyga, ya'ni qo'shiqchi-sozandaga murojaat bilan boshlanadi. Xuddi g'azalning aksariyat hollarda oxirgi bayti -maqta'sida (ba'zan maqta'dan oldingi baytda) shoir o'z taxallusini qistirib o'tgani kabi, muailif Komila taxallusini ham tilga oladi. Shundan ma'lum bo'ladiki, bu asarini shoira Nodira yoki Maknuna emas, aynan Komila taxallusi bilan bitgan.
Bandning yana birjihati shuki, unda yana charx timsoli eslanadi. Bu bandlar bandlarga ma'no-mantiq tarafidan uzviy bog'lanib turganidan dalolat beradi.
Banddagi uchinchi jihat - bu oh-nola chekish motivi kuchayganligida ko'rinadi. Aytiladiki, link qahramon kutilmaganda bir oh cheksa, charxning bori imorati kuyib, kul bo'ladi. Oh-nola chekish esa tasavvufiy adabiyotda ishqning komil bo'lganiga ishora hisoblanadi. Shuni bilganimiz uchun shoira asarda bekorga aynan Komila taxallusini tanlamagani ayonlashadi. Bu bilan lirik qahramon, ishqim komil boia boshladi, demoqchi2.
Bu fikrlarga ishonch hosil qilish uchun bandni yana bir qayta o'qish zarur:
Ey mug'anniy, nag'masoz et Komila guftoridin, -
Kim kelur bo'yi vafo ushshoq aro ash'oridin,
Rishtayi jonimg'a payvand ayia sozing toridin.
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig' yoridin,
Toshni suv qildi ta'siri fig'on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo'lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ko'rib o'tilganidek, she'rda banddan bandga o'tilgani sayin oshiqaning ma'shuq sog'inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchaygandan-kuchayib boraveradi. Eng muhimi, asarda hasbi hoi xususiyati bo'rtib turibdi. Ya'ni satrlar mag'zida aynan Nodiraning o'zini, uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob-iztiroblarini hisetamiz.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat, vafo g'oyasini kuchli targ'ib qilishidan kelib chiqadi.
Bu asar bilan Abdulla Oripovning «Ayol» she'ri o'rtasidagi bog'liqlikni ham sezgan bo'lsangiz kerak. Ikkala asarda ham Sharq ayollariga xos umr yo'ldoshiga sadoqat ruhi ustun.
“Firoqnoma” muashsharini o’rganishning samarador metodlari
Kasb-hunar kollejlarining “Adabiyot” fani o’quv dasturida Nodira hayoti va ijodini o’rganish uchun ikki soat vaqt ajratilgan. Shu soatlar davomida Nodira lirikasining o’ziga xos xususiyatlari , asarlari va ularning yetakchi mavzulari , uning “Firoqnoma” asari, muashshar janrining o’ziga xos xususiyatlari haqida o’quvchi-talabalarga chuqur ma’lumot berilishi nazarda tutilgan. Darsni FSMU texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin. Mazkur metodga ko’ra mashg’ulotni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib ham, yakka tartibda ham olib borish mumkin. Men o’quvchilarni guruhlarga bo’lishni ma’qul ko’rdim. Har bir guruhga “FSMU” texnologiyasi aks etgan qog’ozlar tarqatiladi.
F – Fikringizni bayon eting .
S – Fikr bildirishga sabab ko’rsating.
M – Ko’rsatilgan sababni isbotlovchi misol keltiring.
U – Berilgan fikrlarni umumlashtiring.
O’quvchilarga qo’yilgan bu talablar mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin holda bayon etishga hamda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga , darsdan kutilgan maqsad o’rganilayotgan mumtoz badiiy asarlarning janrini, ularning asosiy belgilarini aniqlash, berilgan topshiriq yuzasidan shaxsiy va umumiy fikrlarni bildirish , xulosalar chiqarish hamda erkin holda bahslashishga yordam berishdan iboratdir. Shu texnologiya asosida dars olib boriladi.
Dars shu tarzda tushuntirilib, tahlil qilingandan so’ng o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
«Firoqnoma»ning janrini aniqlang, bu turning o'ziga xos band, qofiya va radif tizimini tushuntirib bering.
Asarning bosh mavzu yo'nalishini belgilang.
Har bir bandning mustaqil badiiy qurilmasi, ohangdorlik tizimi haqida so'zlang.
Asardagi radifli va radifsiz bandlarni ajrating, radifning bandlar ohangi va tasirchanligini kuchaytirishdagi o'rnini tushuntirib bering.
«Firoqnoma»ning hasbi hol xususiyatini nimalar orqali isbotlab berasiz? Aynan qaysi bandlar bu jihatdan alohida ajralib turadi?
Asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib bering.
«Firoqnoma»ning Nodira qalamiga mansub boshqa lirik asarlardagi hijron motivlaridan ajralib turadigan jihati nima?
Shoira badiiy mahoratini yorqin namoyon etib turgan misralarni ajratib ko'rsating va ulardagi mahorat sirini aniqlang.
Asardagi «falak», «charx», «davlat», «oh» kabi timsollarning an'anaviy hamda shu asarga xos jihatlari nimalarda deb bilasiz?
Nega shoira bu asariga aynan Komila taxallusini qo’llashni ma'qul ko’rgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |