O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomli
Andijon Davlat Universiteti
Filologiya fakulteti
O’zbek adabiyoti kafedrasi
Mavzu: Kollejda muashshar janrini o’qitish
( Nodira “Firoqnoma” misolida )
.
Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) ta’limi yo’nalishi
4-bosqich “B “ guruh talabasi
Bekmirzayeva Muhayyoning tayyorlagan
Kurs ishi
Ish rahbari: K. Shahobov
Andijon-2016
Kollejda muashshar janrini o’qitish
( Nodira “Firoqnoma” misolida )
Reja:
Kirish
Lirik tur. She’rning shakliy tuzilishlari haqida.
Nodiraning “Firoqnoma” muashshari tahlili.
“Firoqnoma” muashsharini o’rganishning samarador metodlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohotlari – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Davlat tili haqida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda o‘qituvchiga bog‘liq. Bugungi kunda barcha narsalar qatori ta’lim berishning yangi usullari joriy qilina boshlandi. Shulardan eng asosiysi o‘quvchilarga yangi pedagogik texnologiya asosida dars berish masalasi.
Kollejda muashshar janrini o’quvchilarga o’rgatish, ularga Nodiraning “Firoqnoma” muashsharini tanishtirish va ushbu mavzular yuzasidan dars o’tishning samarador metod va usullarini qo’llash kurs ishimning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuning uchun bu ishga zo’r qiziqish bilan yondashdim. Ushbu ishda birinchi navbatda lirik turning asosiy xususiyatlariga ozgina to’xtalib o’tdim. Adabiyotda she’r shakllari mavjud bo’lib, musammatlar shular jumlasidandir. Musammatlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmay turib, muashsharlarni o’quvchilarga tushuntirib bo’lmaydi. Shuning uchun musammat shakllariga nisbatan kengroq to’xtaldim. Turli adabiyotlardagi turli fikrlarni kiritib o’tdim. Muashshar janrini o’qitishda , uni adabiyot darslarida o’rganishda turli metod va samarali usullarda haqida ko’proq to’xtalib o’tdim.
Kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan “Adabiyot” o’quv fani o’rta umumiy ta’limga tuzilgan dasturning uzviy davomidir. Ta’limning bu bosqichida adabiyotdan o’rta maktablarda berilgan mavzularni to’ldirish, maktab davrida anglab yetish qiyin bo’lgan adabiy-badiiy matnlar ustida ishlash ko’nikmalarini o’stirish maqsadlari ham ko’zda tutiladi. Adabiyot darslarida shoir va yozuvchilarning hayoti, ijtimoiy muhitni o’rganish bilan bir qatorda ularning ijodi ham o’rganiladi. O’qituvchi bularni o’quvchi ongiga singdirish uchun eng qulay pedagogik texnologiyalardan foydalana olish mahoratiga ega bo’lishi kerak. O’quvchilarga muashshar janrini o’qitishda ularga lirik tur haqida tushuncha berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |