Ko‘llar haqida umumiy ma’lumot


Ko‘llar gidrokimyosi va gidrobiologiyasi



Download 215,21 Kb.
bet9/10
Sana23.07.2022
Hajmi215,21 Kb.
#841066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-ma'ruza. Ko'llar, ko'llarning morfometrik ko'rsatkichlari

Ko‘llar gidrokimyosi va gidrobiologiyasi
Ko‘llar gidrokimyosi va gidrobiologiyasini o‘rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ko‘ldagi suvning sifati uning gidrokimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lsa, ko‘lning mahsuldorligi uning gidrobiologik rejimi bilan bog‘liqdir.
Ko‘llarning gidrokimyoviy rejimi ular suvi tarkibida erigan moddalar miqdorining davriy o‘zgarishlarida aks etadi. Ko‘llar suvi o‘zida erigan tuzlar miqdori hamda ularning tarkibi bilan Dunyo okeani va daryolar suvidan keskin farq qiladi. O‘z navbatida, har bir ko‘l suvi ham boshqasidan minerallashuv darajasi hamda erigan tuzlar tarkibi va miqdori bilan farqlanadi. Shu o‘rinda ko‘llar suvining minerallashuv darajasi 14 mg/l dan 300 g/l gacha oraliqda o‘zgarishini qayd etib o‘tish kifoyadir.
Ko‘llar suvida erigan moddalar va tuzlarning to‘planishi ko‘p jihatdan ulardagi suv almashinuv jadalligi bilan aniqlanadi. Ma’lumki, oqar ko‘llardagi tuz miqdori berk ko‘llarga nisbatan juda kam bo‘ladi. O.A.Alyokin ko‘llar suvini ulardagi erigan tuz miqdoriga bog‘liq holda quyidagi turlarga ajratadi:
- chuchuk ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1 gacha);
- nimsho‘r ko‘llar (1-24,7 );
- sho‘r ko‘llar (24,7-47 );
- o‘ta sho‘r ko‘llar (47 dan katta).
Ko‘llar suvini sho‘rligi bo‘yicha qayd etilgan guruhlarga ajratish shartli bo‘lmasdan, balki ularning har biri suvning ma’lum bir tabiiy-kimyoviy doimiylari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham amaliyotda ulardan foydalanish samarali natijalar beradi.
Ko‘llar suvida mavjud bo‘lgan erigan moddalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- mineral moddalar;
- erigan gazlar;
- organik moddalar.
Suvda erigan mineral moddalar, o‘z navbatida, makrokomponentlar va mikrokomponentlarga bo‘linadi.
Makrokomponentlarga HCO3, CO3, SO4, Cl, Ca, Mg, Na, K ionlari kiradi va odatda ular ko‘llar suvida nisbatan katta miqdorda uchraydi.
Mikrokomponentlar esa juda oz miqdorda bo‘ladi, lekin ularning ko‘pchiligi ko‘llardagi biologik jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan mikrokomponentlarning juda oz qismi ham ko‘ldagi biologik jarayonlarning tezlashishiga yoki aksincha sekinlashishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ularga azot, fosfor, kremniy va qisman temir birikmalari kiradi va ular biogen moddalar deb ataladi.
Erigan gazlarga atmosfera tarkibida mavjud bo‘lgan kislorod (O2), azot (N2), karbonat angidrid (CO2), metan (CH4), vodorod (H2) va boshqalar kiradi. Ular orasida suvda erigan kislorod o‘ta muhim bo‘lib, u ko‘llar faunasi va florasi rivojlanishini ta’minlaydi.

Download 215,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish