Ko‘llar haqida umumiy ma’lumot


Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa kolloidlar



Download 215,21 Kb.
bet10/10
Sana23.07.2022
Hajmi215,21 Kb.
#841066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-ma'ruza. Ko'llar, ko'llarning morfometrik ko'rsatkichlari

Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa kolloidlar (parchalanish mahsulotlari-aminokislotalar, kislotalar, spirtlar, uglevodlar) va suspenziyalar (tirik, o‘lik organizmlar, ularning qoldiqlari) ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ko‘llarida minerallashuv darajasi suv balansi elementlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda yil davomida o‘zgarib turadi. Shu bilan birga, o‘lkamizning tog‘li hududidagi ko‘llarning ko‘pchiligi oqar ko‘llar bo‘lgani uchun, ularda erigan tuzlar miqdori juda kichik bo‘ladi. Aksincha, tekislikdagi ko‘llarda sarflanish asosan bug‘lanish hisobiga bo‘ladi va natijada ularda minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi.
Ko‘llar gidrobiologiyasi va ularning mahsuldorligi. Ko‘llar biogen elementlar bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- oligotrof ko‘llar;
- evtrof ko‘llar;
- mezotrof ko‘llar.
- distrof ko‘llar;
Oligotrof ko‘llar (grekcha "oligos"- kam va "trofos"- to‘yinish, oziqlanish)da biogen elementlar, asosan, azot va fosfor birikmalari kam miqdorda bo‘ladi. Natijada, bunday ko‘llarda hayot (flora va fauna) sust rivojlangan, shu tufayli suvi tiniq bo‘ladi. Ko‘l tubi cho‘kmalarida ham organik moddalar kam uchraydi.
Evtrof ("ev"- grekcha yaxshi, ko‘p) ko‘llar to‘yintiruvchi va biogen moddalarga boy bo‘lib, suv o‘tlarining, ayniqsa, yoz vaqtlarida jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ularning suvi tiniq bo‘lmay, yashildan qo‘ng‘ir tusgacha bo‘ladi. Ko‘l tubidagi loyqa cho‘kmalari suv o‘tlari va suvda yashaydigan jonivorlar qoldiqlaridan tarkib topgan organik moddalarga boy bo‘ladi.
Mezotrof ("mezo"- grekcha o‘rta, oraliq) ko‘llarda to‘yintiruvchi elementlar miqdori oligotrof va evtrof ko‘llar oralig‘ida bo‘ladi.
Distrof ("dis"- grekcha etishmaydi) ko‘llar botqoqli hududlarda uchraydi. Ularda vodorod ko‘rsatkichi - pH=4-6 oralig‘ida bo‘ladi, ya’ni kislotalilikni namoyon qiladi. Ma’lumki, pH = 7 da suv neytral xususiyatni, pH>7 da ishqoriylikni, pH<7 sharti bajarilganda esa kislotali xususiyatlarni namoyon etadi. Bunday ko‘llar suvi tiniq emas, rangi sariq yoki qo‘ng‘ir, loyqa cho‘kmalarga boy bo‘lib, botqoqlikka aylanganda torf cho‘kmalari hosil bo‘ladi.
Ko‘llardan inson ehtiyoji uchun olinadigan xom ashyolar, oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ular mahsuldorligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Keyingi yillarda ko‘llar va umuman, suv havzalari mahsuldorligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘llar mahsuldorligini baholashda baliqchilik alohida o‘rin tutadi. Ko‘llarning baliqchilik bo‘yicha mahsuldorligi yalpi tutilgan yoki ko‘lning har gektar yuzasiga to‘g‘ri keladigan miqdori bilan belgilanadi. Bunda quyidagi mezonlar qabul qilingan:
- mahsuldorligi kam ko‘llar (gektaridan 30 kg gacha tutiladi);
- mahsuldorlgi o‘rtacha ko‘llar (30-60 kg/ga);
- mahsuldorligi yuqori ko‘llar (60 kg/ga dan katta).
Umuman, ko‘llar mahsuldorligini oshirish yoki uni ma’lum bir me’yorda saqlab turish uchun tegishli tadbirlar belgilanib, bu sohadagi barcha harakatlarni ilmiy asosda olib borish lozim.

Download 215,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish