O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GIDROMETEOROLOGIYA FAKULTETI
GIDROMETEOROLOGIYA VA ATROF MUHIT
MONITORINGI KAFEDRASI
Gidrometeorologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi Ibragimov Jamshidning
Gidrologiya asoslari fanidan
‘’Daryo oqimining yillararo o’zgarishini baholash’’ mavzusida yozgan
KURS ISHI
Bajardi:
Tekshirdi:
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish
Ⅰ BOB. Daryolarning suv rejimi va to’yinish manbalari
1.1. Daryolarning suv rejimi elementlari va davrlari
1.2. Daryolarning to’yinish manbalari va ularni tasniflash
1.3. O’rta Osiyo daryolarini tasniflsh
1.4 Daryolarning to’yinish manbalariga hissalarini aniqlsh
Ⅱ BOB. Daryo oqimi va uning miqdoriy ko’rsarkichlari
2.1. Daryo oqimining hosil bo’lishi va unga ta’sir etuvchi omillar
2.2. Daryo oqimini ifodalash usullari
2.3 Daryo oqimining o’zgaruvchanligi va oqim miqdor
Ⅲ BOB. Daryo oqimini ifodalash usullari va ularni hisoblash
( Amaliy mashg’ulot )
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Ⅰ BOB. Daryolarning suv rejimi va to’yinish manbalari
1.1. Daryolarning suv rejimi elementlari va davrlari
Daryoda oqayotgan suv miqdori ya’ni suv sarfi, suv sathining holati, suvning oqish tezligi, harorati, tiniqligi, suvda erigan moddalar oqimi miqdori va boshqalar ma’lum omillar ta’sirida vaqt davomida o'zgarib turadi. Daryoda mana shu qayd etilgan elementlaming bir-biriga bog'liq holda o‘zgarishi uning suv rejimini ifodalaydi. Suv sarfi (Q) deb, daryoning ko'ndalang qirqimidan vaqt birligi ichida oqib о‘tadigan, suv miqdoriga aytiladi. U m³/s yoki l/s larda ifodalanadi. Suv sathi (H) - ma’lum bir o‘zgarmas, gorizontal holatdagi doimiy “0” tekislikka nisbatan o‘lchanadigan suv yuzasi balandligidir. Suv sathi smlarda ifodalanadi. Suvning oqish tezligi (9) m/s larda ifodalanadi. Uning qiymatini ko'ndalang qirqimning ayrim nuqtalarida, alohida vertikallar yoki butun jonli kesma bo'yicha o'rtacha qiymat sifatida aniqlash mumkin. Yuqoridagilar bilan bir qatorda daryo suvining harorat rejimi, gidrokimyoviy rejimini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Shulami e’tiborga olib, quyida daryolar suv rejimining asosiy elementlari alohida mavzularda yoritiladi.
Daryolar suv rejimining yillik o‘zgarishini bir necha xarakterli qismlarga - ko‘p suvli, ya’ni to'linsuv, kam suvli va toshqin davrlariga ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejimi davrlari deb ataladi. Daryolar suv rejimining davrlari soni turli tabiiy geografik zonalarda joylashgan daryolar uchun turlicha - ikkitadan to to'rttagacha bo'lishi mumkin. Masalan, tekislik hududlarida quyidagi to‘rt davr kuzatiladi: bahorgi to'iinsuv davri (polovodye), yozgi kam suvli davr (yozgi mejen), kuzgi toshqin davri (pavodok), qishki kam suvli davr (kuzgi mejen). Ba’zi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi 93 to‘linsuv davri uzoq muddatga cho‘ziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr kuzatilmaydi.
0 ‘rta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa, asosan, ikkita davr, bahorgi-yozgi to'linsuv davri va kuzgi-qishki kam suvli davr kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |