Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

toshqotgan
hayvonlar 
aynan shu jarayon, ya'ni, uglerod atomlarini kremniy atomlari bilan almashinishi tufayli shu 
holga kelishgandir. Natijada, bunday jasad chirishdan to‘xtab, keyingi million yillar 
mobaynida ham yaxshi saqlanishi mumkin bo‘ladi. Bunday toshqotgan jasadda, o‘sha 
hayvonning anatomik tafsilotlari katta aniqlik bilan saqlanadi. Tirik organizmlarning 
toshqotgan jasadlarining paydo bo‘lish jarayoni fanda 
petrifikatsiya
deyiladi. Arizona 
sahrosidan topilgan ko‘plab qadimgi daraxtlar va hayvon qoldiqlari aynan toshqotgan holda 
bo‘lgan. Arizonadagi o‘sha hududni hozirda geologlar toshqotgan o‘rmon deb nomlaydilar.
Uglerod atomi singari, kremniy atomlari ham uzundan uzoq zanjirlar hosil qilish 
xossasiga egadir. Lekin, kremniy atomlarining o‘zaro bog‘lari bo‘shroq ekanligi sababli, 
bunday zanjirlarning uzilishi ham juda oson bo‘ladi. Biroq, agar, kremniy va kislorod 
atomlarini to‘g‘ri joylashtirib zanjir hosil qilinsa, unda nafaqat uglerod zanjirlaridek uzun, 
balki, undan ham pishiqroq zanjir hosil bo‘ladi. Bunday zanjirga keyin uglerod va vodorod 
atomlarini ham bog‘lash orqali ajoyib xossalarga ega modda -
silikon
[R
2
SiO]

olinadi (bunda 
R – organik guruh, masalan, etil, metil, yoki, fenil guruhi bo‘ladi).
Silikonning turi juda ko‘p bo‘lib, silikonlar XX-asr boshidan buyon insoniyat turmush 
tarzida keng qo‘llanila boshlangan. Silikonlar zanjir uzunligi va uglerod tutuvchi organik guruh 


58 
turiga qarab bir necha xil tarkibiy ichki guruhlarga bo‘linadi. Silikonlarning bir turidan lok-
bo‘yoq mahsulotlari va moylash materiallari tayyorlanadi. Silikon moylash materiallarining 
oddiy tabiiy moylardan afzallik tarafi shundaki, silikon moylari tashqi harorat o‘zgarishlariga 
u darajada ta’sirchan bo‘lmaydi. Shuningdek, silikonlardan turli gidravlik suyuqliklar, suv 
o‘tkazmaydigan plyonkalar, sintetik rezina va ho kazolar tayyorlanadi.
Silikonlarning ko‘p turi suv o‘tkazmaslik xossasiga ega. Silikon bilan ishlov berilgan 
qog‘oz salfetkalar suv shimmasligi bilan ko‘pchilikka ma’qul keladi. Bunday salfetkada 
ko‘zoynaklarni ortish, yoki, nozik shishali buyumlarni, masalan, teleskop linzalarini artish 
mumkin. Bunday artishda, shishaning sirti juda yupqa silikon qatlami bilan qoplanib qoladi. 
Natijada, ko‘zoynak issiq joyda terlab qolmaydi va o‘z egasiga xalaqit bermaydi. Silikonning 
bu xossasidan shuningdek qayiq va shunga o‘xshash, suv bilan ko‘p muomalada bo‘ladigan 
narsalarning sirt qoplamalariga ishlov berishda foydalaniladi.
Bizni o‘rab turgan barcha kremniy atomlari boshqa biror element bilan birikma holida 
bo‘ladi. Bu birikish asosan kislorod atomi bilan bo‘ladi. Kremniyning kislorod bilan birikmasi 
kremniy dioksidi
(SiO
2
) ko‘rinishida bo‘ladi. Bu birikmani yana 
kremnez
deb ham yuritiladi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu holatda ham kremniy o‘zini xuddi uglerod singari 
tutmoqda. Siz bir atom uglerod va ikki atom kisloroddan tashkil topgan uglerod dioksidi (CO
2

haqida ko‘p eshitgansiz. Lekin, bu birikmalarning fizik jihatdan katta bir tafovuti mavjud: 
uglerod dioksidi – gaz; kremniy dioksidi esa – qiyin eriydigan qattiq moddadir.
Biz har kuni to‘qnash keladigan oddiy toshlarning va tuproqning tarkini 12% atrofida 
aynan kremniy dioksididan iborat bo‘ladi. Kremniy dioksidi o‘z navbatida yana boshqa 
moddalar bilan ham birikmalar hosil qiladi. Bunday birikmalarni mutaxassislar 
silikatlar
deb 
yuritishadi. Silikatlar tarkibidagi kremniy dioksidining miqdori 48% gacha bo‘ladi. Bundan 
esa, Yer qobig‘ining 60% ga yaqini u yoki bu darajada aynan kremniy dioksiddan tashkil 
topgan bo‘ladi deb xulosa qilinadi.
Davriy jadvaldagi ko‘plab elementlar va ularning birikmalari, u yoki bu miqdorda 
albatta tirik organizmlar tarkibida uchraydi. Biroq, kremniy bu borada istisno qilinuvchi 
elementlardan biridir. Tabiatda shunchalik keng tarqalganligiga qaramay, birorta tirik 
organizmda kremniy yoki uning birikmalari aniqlanmagan. Buning sababini esa, olimlar 
kremniy dioksidi va silikatlarning suvda erimasligi bilan izohlaydilar. Tirik organizmlar u 
yoqda tursin, kremniyli birikmalar dengiz va okean suvlarida ham mavjud bo‘lmaydi. Shu 
sababli ham, olimlar hayot quruqlikda emas, balki, aynan okeanda paydo bo‘lgan degan fikrni 
ma’qullaydilar.
Tabiatda uchraydigan eng toza kremniy dioksidi shaffof va pishiq modda bo‘lib, siz uni 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish