Labaratoriya ish №2
Mavzu:Yonilg‘i, moylash materiallarini zichligini aniqlash.
I.Ishdan maqsad:Yonig‘i va moylash materiallarining turlari va zichligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish.
II.Umumiy ma’lumotlar
YoMMlarning turi (benzin, dizel yonilg‘isi, motor, transmissiya moyi va boshqalar), bir turdagi neft mahsuloti tarkibida u yoki bu uglevodorod guruhlarining ko‘pligi haqida uning zichlik kattaligi boyicha fikr yuritish mumkin. Masalan, bir hil sharoitda alkanlaramatiklarga nisbatan kamroq zichlikka ega bo‘ladi, neftlar esa oraliq holatni egallaydi.Shuningdek zichlik neft mahsilotlarning yuqori malekulyarlik darajasini ham ifodalaydi.Past haroratda qaynovchi fraksiyalar yuqori haroratda qaynovchilarga nisbatan kamroq zichlikka ega bo‘ladi.
Benzinlarning uchuvchanligi ularning zichligiga bog‘liq bo‘ladi.Shuning uchun ham davlat standarti (GOST) bo‘yicha benzinning sortini belgilashda uning zichlik ko‘rsatkichini aniqlash shartligi alohida ko‘rsatiladi.
YoMMlarning zichligini aniqlash usuli
YoMMning sifati tekshirilayotganda mutloq va nisbiy zichlik, ko‘pincha nisbiy zichlik aniqlanadi. YoMMning mutloq zichligi 200 s haroratdagi YoMMning zichligining 40s haroratdagi distillangan suv zichligiga nisbatidan iborat bo‘ladi, 40s haroratdagi distillangan suv zichligi 1g/sm3 ga teng.
1-rasm. Neftedensimetr (a) va areometr (b)
Bu holda tadqiq qilinayotgan YoMMning harorati areometr botirilgan huddi shu idishning o‘zida zichlikni aniqlash bilan bir vaqtda o‘lchanadi.
2-rasm. YoMM mahsulotlarining zichligini aniqlash uchun qurilma
Bunda zichlik rasmda ko‘rsatilganidek tahlil qilinayotgan YoMMning zichligi yuqori sathning 0-0 chizig‘idan boshlab hisoblanadi.
III. Kerakli jixozlar
1.Elektron tarozi. yoki,
2.Silindirsimon idish.
3.Neftedensimetr.
4.Areometr.
5. Ko‘rgazmali vositalar.
6.Uslubiy ko‘rsatma.
IV. Ishini bajarish tartibi
1.Silindrsimon idishga quyilgan bir necha hil YoMM zichligini standart neftedensimetr yoki termometrli areometrdan foydalanib aniqlash.
2.Laboratoriya ishi 2-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yordamida .
3.Benzin zichligini aniqlash.
4. Dizel yonilg‘isi zichligini aniqlash.
5. Motor moyi zichligini aniqlash.
VI.Laboratoya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlash:
Yonilg‘lar va moylar bo‘yicha malumotlar.
O‘lchanayotgan ko‘rsatgich YoMMning ishlatish hususiyatlari to‘g‘risida malumotlar.
Laboratoriya ishi o‘tkazilgan qurilmaning sxemasini chizish.
Mavzu yuzasidani internet ma`lumotlari.
O‘tilgan laboratoriya mavzusi bo‘yicha talabaning qisqacha xulosasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |