5- ma’ruza tasviriy statistika ko’rsatkichlari



Download 165,5 Kb.
bet1/14
Sana07.01.2022
Hajmi165,5 Kb.
#326864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-Mavzu. TASVIRIY STATISTIKA KO’RSATKICHLARI (Ma'ruza matni)




5- Ma’ruza




TASVIRIY STATISTIKA KO’RSATKICHLARI

REJA:

5.1.

Statistik ko`rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

5.2.

Statistik ko`rsatkichlarning turlari va tasnifi


5.3.

Mutlaq ko`rsatkichlar

5.4.

Nisbiy ko`rsatkichlar

5.5.

Nisbiy ko’rsatkichlarning turlari

5.6.

Nisbiy ko`rsatkichlar orasidagi bog`lanishlar

Tayanch so’z va iboralar: statistik ko’rsatkich, nisbiy miqdor, mutloq miqdor, shartli natura o’lchov, natural o’lchov, qiymat o’lchov, shartli natura koeffitsenti, dinamika nisbiy miqdori, intensiv nisbiy miqdor.

    1. . Statistik ko`rsatkichlarning mazmuni va ahamiyati

Xodisa va jarayonlarni statistik tasvirlashda yuqorida ko‘rib chiqqan metodlarimiz bilan bir qatorda raqamli tasvirlash metodlari keng qo‘llaniladi. Sonli ma’lumotlar qatorini tasvirlash statistik ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.

Statistik ko‘rsatkichni olimlar har xil tushunishadi. Masalan, I.P.Suslovning fikricha statistik ko‘rsatkichlarni statistika tushunchalar2 emish N.Soatov statistik ko‘rsatkichni o‘rganilayotgan hodisa va jarayonni me’yoridir3 deb hisoblaydi, Merestini fikricha statistik ko‘rsatkich-hodisa tasvirini adekvat ifodalovchi miqdorlardir. Oxirgi tarifga juda ko‘pchilik qo‘shiladi.

Xo`sh, statistik ko`rsatkichlar nima? U qanday mazmunga va tuzilishga ega? Statistik ko`rsatkichlarning qanday turlari mavjud? Ular ommaviy hodisa va jarayonlarni bilishda va tahlil qilishda, turmushimizda, iqtisodiyotni boshqarishda qanday ahamiyatga ega? Statistik ko`rsatkichlar tizimi deganda nima tushuniladi va u qanday tartibda tuziladi? Ushbu bob mana shu masalalarga bag`ishlangan va qo`yilgan savollarga javob beradi.

Ko`rsatkich so`zi quyidagi lug`aviy ma`nolarga ega: 1) ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, ishora; 2) biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa.

Falsafiy jihatdan statistik ko`rsatkich o`rganilayotgan hodisa va jarayonning (yoki xossalarning) me`yoridir. Hodisaning sifati bilan miqdorining o`zaro bog`liqligi, ajralmas birligi uning me`yori deb ataladi. «Me`yor - deb izohlaydi buyuk faylasuf olim Gegel - sifat aniqligiga ega bo`lgan miqdor..., u ma`lum miqdorki, u bilan biror muayyan narsa bog`langan». Statistik ko`rsatkichlar me`yor ekanligiga ishora qilib, Gegel yozgan edi: «Statistikada qo`llanadigan sonlar faqat o`zlarining sifat natijalari bilangina qiziqarlidir. Quruq raqamlar bilan ishlash ... oddiy qiziquvchanlik predmeti hisoblanadi, u na nazariy va na amaliy jihatdan diqqatga sazovor emas».1

Statistik ko`rsatkichlar deb ma`lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o`zaro bog`lanishlarini ifodalovchi me`yorlar yuritiladi. Statistik ko`rsatkich o`rganilayotgan birliklar (obyektlar) to`plami yoki guruhining xossalarini umumlashtirib tavsiflaydi. Shu jihatdan u yakkama-yakka belgilardan farq qiladi. Masalan, har bir kishining yashash umri belgi sanaladi. Mamlakat yoki mintaqa aholisining o`rtacha yashash umri statistik ko`rsatkichdir.

Iqtisodiy ko`rsatkich iqtisodiy hayotda ro`y berayotgan u yoki bu hodisa yoki jarayonning sifat-miqdoriy aniqligidir. Sifat deganda hodisaning ichki qiyofasi (aniqligi) yoki uning rivojlanish qonuni bilan bevosita bog`liq bo`lgan mohiyati tushuniladi. Sifat hodisaning turli-tuman jihatlari, xossalari, muhim belgilarining birikmasida ayon bo`ladi.

Statistik ko`rsatkich – ommaviy hodisa va jarayonning me`yori, ya`ni uning sifat va miqdor birligini ifodalash shakli (tavsifnomasi).

Miqdor - hodisaning tashqi qiyofasi (aniqligi) bo`lib, uning u yoki bu xossasining o`lchami, soni, ro`yobga chiqish darajasi shaklida ko`rinadi.




Download 165,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish