Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

ottoganiy
deb 
nomlashni ma’qul ko‘rishgan edi. Ular kimni sharaflamoqchi bo‘lganliklarini payqagandirsiz? 
Albatta, bunda mashhur fizik Otto Gan nazarda tutilgan. 1994-yilda IUPAC yuqorida bayon 
qilingan tamoyilga asosan, element nomidan olim ismini chiqarib tashlagan va uni qisqa qilib, 
ganiy
deb nomlash kerakligini belgilagan. Lekin, ko‘p o‘tmay, 1997-yilda IUPACning qarori 
yana bir bora o‘zgardi va uni Germaniyning ichki hududlaridan biri – Xassen yeri nomi bilan 
bog‘lab, 
xassiy
deb atashga rasmiy qaror berdi. Xassen – markazi Darmshtadt shahri bo‘lgan 
federal yerning nomlanishidir.


195 
Kimyoviy elementlarning ochilish xronologiyasiga nazar 
tashlasak, boriy va xassiydan boshlab, ya'ni 1980-yillardan keyin, yangi 
elementlarni kashf qilish borasidagi uloqni Darmshtadt Og‘ir Ionlar 
Laboratoriyasi (OIL) ilib ketganini ko‘ramiz. Chunki, davriy 
jadvaldagi xassiyning o‘ng tarafdagi qo‘shnisi bo‘lgan 109-elementni 
ham aynan Darmshtadt olimlari birinchi bo‘lib sintez qilishga 
erishishgan. Kashfiyot 1982-yilda amalga oshgan bo‘lib, bu safar 
olmonlarning natijasiga na Dubnaliklar va na Berklidagilar soya tashlay olishmadi. Shunga 
ko‘ra, ushbu yangi elementga Darmshtadt ilmiy guruhi nom bergan. IUPAC 1997-yilda rasman 
tasdiqlagan element nomi 
meytneriy
bo‘lib, u mashhur fizik olima ayol – Liza Meytnerni 
sharaflaydi.
Xassiy va meytneriy kashf qilinganidan so‘ng, yangi transuran 
elementlarni ochilishi borasidagi izchillik biroz uzilib qoldi. Zero 
xassiy kashf qilingan 1984-yildan keyin, navbatdagi, 110-element 
ochilgunicha naq 10 yil muddat o‘tib ketdi. 1994-yil 9-noyabrda yangi 
kimyoviy element kashf etilgani haqidagi xabar yana Darmshtadt 
laboratoriyasidan e’lon qilindi. Bu safar ham olmonlarning 
kashfiyotiga sherik chiqmagan va 110-elementga ilmiy guruh o‘z 
laboratoriyasi joylashgan shahar nomini biriktirishga qaror qilgan. IUPAC 1997- yilda rasman 
tasdiqlagan qarorga ko‘ra, 110-element 
darmshtadtiy
deb yuritiladi.
Darmshtadt laboratoriyasini nufuzini yanada yuksaltirgan 
kashfiyot, darmshtadtiy ochilganidan keyin atiga 1 oy o‘tib yuz berdi. 
1994-yilning 8-dekabrida yana ushbu ilmiy dargoh yangi elementning 
kashf qilingani haqidagi xabar bilan olamga jar soldi. Tartib bo‘yicha 
111-element bo‘lgan mazkur kashfiyotga olmonlar o‘zlarining 
mashhur vatandoshlari, yetuk fizik Vilgelm Konrad Rentgenning 
nomini berishga qaror qilishdi. 111-element o‘shandan buyon 
rentgeniy
deb atalamoqda. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bu safargi kashfiyotda olmon 
olimlaridan tashqari uch nafar Dubna YTBI xodimlari, hamda bir nafar Bolgariyalik va bir 
nafar Finlyandiyalik olim ham qatnashgan.
Yuqoridagi hikoyalardan so‘ng, navbatdagi, 112-raqamli 
elementi ham Darmshtadt OIL xodimlari kashf etishganini eshitib 
hayron bo‘lmay qo‘yaverarsiz? To‘g‘ri qilasiz. Zero, 112-element ham 
aynan ushbu ilmiy dargohda ilk bora sintez qilingan. Kashfiyot 1996-
yil 9-fevralda amalga oshgan bo‘lib, unga olimlar tarixda mashhur 
astronom olim – Nikolay Kopernikning nomini biriktirishgan. Hozirda 
112-element 
kopernitsiy
deb ataladi. 
Darmshtadt laboratoriyasining ushbu ulkan ilmiy yutuqlarida, bu yerda shakllantirilgan 
ajoyib ilmiy maktabning o‘rni beqiyosdir. Darmshtadtliklarning dastlabki ikki kashfiyoti – 
xassiy va meytneriyni olimlar Ambruster va Myuntsenberg amalga oshirishgan bo‘lsa, keyingi 
uchta kashfiyot Xoffman va Ninovlar boshchiligida bajarilgan.


196 
Hozirda 112-elementdan keyin keladigan yana 6 ta kimyoviy elementning atomlarini 
sintez qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ulardan birinchisi – 114-elementni 1998-yil dekabrida 
akademik Flyorovning shogirdi Yu. Oganesyan tomonidan sintez qilingan. Dubnadagi YTBI 
da o‘tkazilgan tajribalarda AQSHning Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari ham ishtirok 
etishgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, 114-element Dubna-Livermor hamkorligi mahsuli deyish mumkin. 
Tajribalarga boshchilik qilgan olim Oganesyanning taklifiga ko‘ra, ushbu elementga uning 
ustozi Flyorovning nomi berilgan. IUPAC ham rasmiy tasdiqlagan atamaga ko‘ra, hozirda 114-
element 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish