Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

berkliy
, 98-element uchun esa 
kaliforniy
atamalarini biriktirishdi.
1954-yilda 99- va 100-raqamli elementlar ham kashf etildi. 
Ushbu kashfiyotni Kaliforniya Texnologiya Universiteti hamda Los-
Alamos Milliy Laboratoriyasi birgalikda amalga oshirishgan. Mazkur 
elementlar uchun atom fizikasi sohasida buyuk ilmiy yangiliklarni 
amalga oshirgan olimlar – Albert Eynshteyn hamda, Enriko 
Fermilarning nomini biriktirish ma’qul ko‘rildi. Shunga binoan, 99-
raqamli elementni 
eynshteyniy
, 100-elementni esa 
fermiy
deb 
nomlanadi.
Bir yil o‘tib, 101-element ham kashf qilindi. Ushbu kashfiyot 
muallifi yana o‘sha Giorso bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, ushbu element 
nomlanishi orqali, kimyoviy elementlar davriy jadvalini kashf qilgan 
olimning o‘zini sharaflashga qaror qilindi va unga 
mendeleyeviy
atamasi biriktirildi. Vanihoyat 1957 yilda Stokgolmdagi Nobel fizika 
institutida faoliyat olib borgan ilmiy guruh 102-elementi ham olishga 
muvaffaq bo‘lishdi. Ular ushbu element uchun institut nomini, ya'ni, 
nobeliy
atamasini berishdi. O‘z navbatida institut nomining o‘zi ham, 
mashhur ilmiy mukofot ta’sischisi, portlovchi moddalar bo‘yicha 
yetuk ekspert Alfred Nobel sharafiga atalgandir.
103-raqamli elementni 1961-1965 yillarda Dubna shahrida 
joylashgan Yadroviy Tadqiqotlar Birlashgan Instituti (YTBI) ilmiy 
xodimlari, aniqrog‘i, akademik G.N. Flyorov (1913-1990) 
boshchiligidagi ilmiy guruh tarafidan kashf qilingan. Shuningdek, 103-
element Flyorovdan mustaqil ravishda AQSHning Lourens nomidagi 
Milliy Laboratoriyasida ham aynan o‘sha vaqtda olingan edi. Shu 
sababli XX-asrning 70-yillarida ushbu elementning dastlabki 
kashfiyotchisi borasida xalqaro bahs avj oldi. AQSH ham, Sobiq 
Ittifoq ham o‘z ilmiy guruhining natijasi birinchi bo‘lganini 
ta’kidlashardi. Siyosiy qutblarga ajralgan holdagi qarama-qarshilik 
sharoitida ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi har qanday raqobat, 
jumladan ilmiy sohadagi yutuqlar ham keskin siyosiylashtirilishi 
kuzatilgan bir davrda, ikki mamlakat o‘rtasida ushbu element 
kashfiyotchisi sifatida xalqaro e’tirofga erishish uchun kurash yuzaga 
1
Ayzek Azimovning ushbu asari ilk bora 1957-yilda chop etilgan bo‘lib, 1974-yilda to‘ldirilgan va qayta nashr 
etilgan. Tabiiyki, Azimov bu kitobda, o‘sha vaqtgacha kashf etilgan kimyoviy elementlar haqidagina hikoya 
qilgan. 2018-yil, 1-sentyabr holatiga ko‘ra, Mendeleyev kimyoviy element davriy jadvalida 118 ta element qayd 
etilmoqda. Azimovning ushbu kitobi chiqqan 1974-yildan keyingi davrda kashf etilgan elementlar haqida quyida 
kitobning asl matniga qo‘shimcha tarzida hikoya qilamiz. 


193 
keldi. Sobiq Ittifoq olimlari bu element uchun mashhur ingliz olimi – Ernst Rezerford sharafiga 
rezerfordiy
deb nom berishni taklif qilishgan. Okean ortidagilar esa, siklotronni ixtiro qilgan 
mashhur fizik – Ernest Lourens sharafiga, 
lourensiy
deb nomlashni taklif qilishgan. Har ikkala 
siyosiy qutb vakillari o‘z mamlakatlarida, hamda, geosiyosiy ta’sirlari ostida bo‘lgan boshqa 
davlatlarda ushbu element uchun o‘zlari taklif qilgan atamani qo‘llay boshlashgan. Shu sababli 
XX asrning 70-80 yillarida, davriy jadvaldagi 103-elementni rezerfordiy (Rf) yoki, lourensiy 
(Lr) tarzida ifodalangan darslik, jadval va qo‘llanmalarni uchratish mumkin edi. 
Nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun Amaliy va Nazariy Kimyo Xalqaro Ittifoqi – IUPAC 
maxsus qaror chiqarishiga to‘g‘ri keldi. Unga ko‘ra, 103-raqamli element, ya'ni so‘nggi 
aktinoidga lourensiy nomi biriktirildi. Transuran elementlarning aksariyati singari lourensiy 
ham tabiatda mavjud emas va uni faqat sun’iy sintez qilinadi. 
104-raqamli elementning kashf etilishida ham lourensiyning taqdiriga 
o‘xshash hodisa yuz bergan. Uni ham birinchi bo‘lib, 1964-yilda 
Dubnadagi YTBIda, akademik Flyorov ilmiy guruhi sintez qilgan. 1969-
yilda 
ushbu 
elementni 
Berklidagi 
Kaliforniya 
Texnologiya 
Universitetida ham olingani e’lon qilindi. Lourensiydan farqli ravishda, 
bu safar Dubnalik olimlarning ilmiy yutug‘i yaqqol edi. Ular kashfiyotni 
okean ortidagilardan naq 5 yil erta uddalashgandi. Shu sababli 104-
elementga Flyorov ilmiy guruhi 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish