Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

kurchatoviy
deb nom bergan. Bu orqali Flyorov mashhur fizik-
yadroshunos hamkasbi I.V. Kurchatovning ilmiy nufuziga ishora bermoqchi bo‘lgan. MDH 
hududida 104-raqamli elementni aynan ushbu atama orqali keltirilgan davriy jadvallarni 1997-
yilgacha ham uchratish mumkin edi. Biroq, IUPAC hamda Amaliy va Nazariy Fizika Xalqaro 
Ittifoqi - IUPAPning 1992-yildagi qo‘shma qaroriga ko‘ra, ushbu elementning kashfiyotchisi 
maqomi Berkli va Dubna olimlari o‘rtasida teng huquqda taqsimlanishi belgilab qo‘yildi. 
IUPAC rasmiylarining o‘zi 1994-yilda, ushbu elementga u ilk bora sintez qilingan shahar – 
Dubna sharafiga 
dubniy
deb nom berishni taklif qilishgan. Biroq bu paytga kelib, davriy 
jadvalda 104-elementdan tashqari 105, 106 va 107-elementlar ham allaqachon sintez qilingan 
bo‘lib, ulardan biri uchun dubniy nomi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lgan. Uzoq tortishuvlardan 
so‘ng, 1997-yilda IUPAC 104-element uchun 
rezerfordiy
atamasini tasdiqlagan. Rezerfordiy 
davriy jadvalda gafniyning ostidan joy olgan bo‘lib, o‘ta radioaktiv elementdir.
Davriy jadvaldagi 105-raqamli element ham akademik Flyorov 
boshchiligida, 1970 yilda Dubnada sintez qilingan. Biroq bu safar ham 
ularning kashfiyotiga Berklidagi ilmiy guruh sherik chiqqan. Flyorov 
ilmiy guruhi 105-element uchun Nils Bor sharafiga 
nilsboriy
atamasini 
taklif qilishgan. Amerikaliklar esa Otto Gan sharafiga 
ganiy
deb nom 
berishgan. Avvalgi elementlar misolidan ham ko‘rganimizdek, bu safar 
ham har ikkala ilmiy guruh, kashfiyotchilik maqomi uchun kurashga 
kirishib ketdi. MDH hududidagi kimyo qo‘llanmalarida 1997- yilgacha 105-element nilsboriy, 
ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda esa ganiy deb yuritildi. Bu safar ham nomuvofiqlik 
IUPACning aralashuvi bilan yechildi. Unga ko‘ra, 1997-yildan e’tiboran, 105-raqamli, o‘ta 
radioaktiv element davriy jadvalda 
dubniy
nomi bilan o‘rin oldi.


194 
Dubniy, rezerfordiy va lourensiylarning taqdiri 106-raqamli 
element bilan ham takrorlandi. Uni ilk bora 1974-yilda Berkli ilmiy 
guruhi olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Biroq, endi bu safar Dubnadagi 
ilmiy guruh ham ulardan qolishmadi va mazkur elementni sintez 
qilganini e’lon qildi. Avvalgi safarlarda bo‘lgan bahs, ushbu elementga 
taalluqli bo‘lib qoldi. Biroq, bu safar IUPAC nisbatan qat’iyatliroq 
qaror berdi va kashfiyotchilik maqomini Berkli guruhiga biriktirdi. 
Natijada ushbu elementga AQSHlik olimlar nom berishdi. Unga ko‘ra, 106-raqamli element 
mashhur kimyogar, jami 10 ta transuran elementlarni kashf qilgan Glenn Siborg (1912-1999) 
sharafiga 
siborgiy
deb nomlanadigan bo‘ladi. Ushbu atama 1997-yilda rasman tasdiqlangan. 
Shu tarzda olim Glen Siborg hali o‘zi hayotlik chog‘idayoq o‘z nomini davriy jadvalga 
kiritilgan ilk inson bo‘lgan edi.
1976-yilda endi Dubna ilmiy guruhi birinchi bo‘lib 107-raqamli 
element kashf etilganini e’lon qildi. 5 yil o‘tib, 1981-yilda endi 
Dubnaliklarning kashfiyotiga bu safar olmon olimlari sherik chiqa 
boshlashdi. Darmshtadtdagi Og‘ir Ionlar Institutida Dubna tajribasi 
takrorlandi. Olmon olimlarining yutug‘i shunda ediki, ular yangi 
elementning hosil bo‘lish reaksiyasini 5 marta qayta muvaffaqiyat bilan 
takrorlay olishdi. Dubnaliklar esa bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olishmasdi. Qolaversa, 
Darmshtadt tajribalarida Dubnaliklarning ayrim xulosalari noo‘rin ekani oydinlashib qoldi. 
Shu sababli 1982-yili Dubna va Darmshtadt ilmiy guruhlari o‘zaro kelishib, yangi element 
uchun nom berish huquqini olmon olimlariga havola qilishdi. Har taraflama ma’qullangan 
taklifga ko‘ra, ushbu beqaror radioaktiv elementga Daniyalik mashhur fizik Nils Borning 
nomini berishga qaror qilindi. Biroq, IUPACning 1997-yilgi qaroriga ko‘ra, element nomida 
olimning ham ismi va ham familiyasi bo‘lishi o‘rinsiz ekani e’tirof etildi va 107-raqamli 
elementga 
boriy
atamasi rasman biriktirildi.
Boriyning nomlanish taqdiri uning qo‘shnisi – 108-raqamli 
elementda ham takrorlangan. Uni dastavval Darmshtadt laboratoriyasi 
xodimlari 1984-yilda sintez qilishgan edi. O‘sha yilning o‘zida ayni 
elementni Dubnaliklar ham olishga muvaffaq bo‘lishgan. IUPAC 
belgilagan qarorga ko‘ra, olmonlarning kashfiyoti birinchi bo‘lganligi 
e’tirof etilgan va kashfiyotga nom berish huquqi ham ularga 
topshirilgan. Olmonlar dastavval 108-elementni 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish