Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Yodda tutish kerak! Versinia Haemophiles va Campilobacter
turlarini bo‘yash uchun ba’zan safronin yoki neytralrot o‘rniga
suyultirilgan karbolfuksinni ishlatish tavsiya etiladi.
Har safar bo‘yashdan keyin surtmani suv quyib, yaxshilab
yuvib olish lozim. Bu JSSТ tomonidan tavsiya etilgan standart


135
usuldir (Qarang: WHO, Manual Technigues for a Health
Laboratory, WHO, Geneva, 1980, WHO, Management of
Patients with Sexually Transmitted Diseases, WHO Technical
Report Series, 810. WHO, Geneva, 1991.)
Gram usulida bo‘yalgan vaginal yoki uretral surtmani
mikroskopda tekshirish. A. Zaruriy materiallar: yaxshi bo‘yalgan
surtma; 40x va 100x obyektiv (moy immersiyasi) hamda 10x okularli
mikroskop; immersiya moyi; linzalar uchun salfetkalar (obyektiv
ishlatilganidan keyin undagi moyni artib olish uchun).
B. Т e k s h i r i s h t e x n i k a s i :
1. Surtmaga tomizgichni tekkizmasdan bir tomchi moy
tushiriladi (surtmaga tomizgich tegadigan bo‘lsa, bakteriyalar
undan boshqa surtmaga ham o‘tib qolishi mumkin). Moy surtma
yuzasiga tarqatiladi, u qoplagich oyna vazifasini bajaradi.
2. Materialning bo‘yalgani va yuzaga bir tekis tarqalganini
tekshirib ko‘rish uchun 40x obyektivdan foydalanib turib, surtma
3 minut davomida qarab chiqiladi.
3. Immersiya moyi qo‘shiladi va moy immersiyasiga mo‘ljallangan
100x obyektivdan foydalanib, surtma nam holida 10 daqiqa
davomida asta-sekin va sinchiklab tekshiriladi.
4. Тopilgan barcha bakteriya va hujayralar aniqlanib, natijalar
yozib olinadi (quyidagi «Identifikatsiya»ga qaralsin).
Identifikatsiya. Grammusbat bakteriyalar to‘q ko‘k rangda
bo‘ladi; grammanfiy bakteriyalar och qizil yoki pushti rangda
bo‘ladi; achitqi hujayralari to‘q ko‘k rangga bo‘yaladi; yiring
hujayralarining yadrolari (degeneratsiyaga uchragan polimorf yadroli
leykotsitlar) qizil rangga bo‘yaladi; epitelial hujayralar qizil yoki
pushti rangga bo‘yaladi (shikastlangan hujayralar, ya’ni juda ko‘p
sondagi bakteriyalar o‘rab olganligi uchun chegaralarini aniq ajratib
bo‘lmaydigan epitelial hujayralar bo‘lishi mumkin).
Natijalarni yozib olish sistemasi. Immersiyali bitta ko‘ruv
maydoni xususida quyidagilar qayd qilinadi:
— bakteriyalar soni: arzimas miqdorda, kam, o‘rtacha, ko‘p;
— Gram usulida bo‘yalishi: grammusbat yoki grammanfiy;
— bakteriyalar morfologiyasi: kokklar, diрlokokklar, tayoq-
chalar, kokkobatsillalar, agar bo‘lsa hujayra ichidagilari;
— leykotsitlar soni;
— zamburug‘lar va epitelial hujayralar borligi (bir qancha
bakteriyalar bilan o‘ralib turgan epitelial hujayralar bo‘lishi mumkin).


136
D. Normal natijalar. Surtmada bitta immersiyali ko‘ruv
maydonida yirik grammusbat tayoqchalar va kamida 5 ta leykotsit
bo‘ladi. Bitta-ikkita epitelial hujayralar uchrashi mumkin.
E. Patologiyasi. 1. Ayollarda. Vaginitlar bilan og‘rigan ayollar
surtmasi:
— grammusbat yirik zamburug‘ hujayralari C.Albicans yoki
boshqa turdagi Candida bo‘lishi mumkin;
— bitta ko‘ruv maydonida mayda grammanfiy tayoqchalar bilan
qoplangan epitelial hujayralar, bir qancha grammanfiy va
grammo‘zgaruvchan tayoqchalar va kokkobatsillalar, grammanfiy
bukik tayoqchalar, 5 ta leykotsit va bundan kam (shu bilan birga,
leykotsitlar butunlay bo‘lmasligi ham mumkin) — bunday man-
zara bakterial vaginitning tiрik belgisidir. U G.vaginalis qo‘zg‘atgan
bakterial vaginitning sezgir va o‘ziga xos belgisi deb qaraladi.
So‘zakka gumon qilingan ayollar surtmasi:
— polimorf yadroli leykotsitlar, grammanfiy diрlokokklar
bo‘lishi so‘zak deb gumon qilish uchun asos bo‘ladi;
— bachadon bo‘ynidan olingan surtma tekshirilganida bitta
immersiyali ko‘ruv maydonida 10 tadan ortiq polimorf yadroli
leykotsitlar topilishi ko‘pchilik hollarda gonokokk (Neisseria
gonorrhoeas) yoki xlamidiya (Chlamiydia trachomatis) qo‘zg‘atgan
shilimshiq yiringli pervitsit belgisi bo‘lib hisoblanadi.
2. Erkaklarda. So‘zakka gumon qilingan erkaklardan olingan
surtmalarda:
— ichida diрlokokklar bo‘lmagan 4 ta yoki 5 ta polimorf yadroli
leykotsitlar borligi uretrit belgisidir;
— erkaklarda 10 tadan ortiq polimorf yadroli leykotsitlar va
yiringli ajralmalar bo‘lishi ko‘pchilik hollarda so‘zak belgisidir.
Uretradan olingan surtmalarda polimorf yadroli leykotsitlar ichida
joylashgan grammanfiy kokklar bo‘lishi ham so‘zakning ishonchli
belgisi bo‘lib hisoblanadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish